Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


Aholi geografiyasi alohida fan sifatida nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan qator vazifalarni bajaradi



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə4/67
tarix02.01.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#39284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Aholi geoo

Aholi geografiyasi alohida fan sifatida nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan qator vazifalarni bajaradi:


    • Nazariy vazifalari: aholi geografiyasining nazariy masalalarini takomillashtirib borish (aholi takror barpo bo‘lishi jarayonlari va qonuniyatlarini o‘rganish, tabiat bilan uzviy bog‘liqligini tadqiq etish, aholi joylashuvi va jamiyat rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganish)

    • Amaliy vazifalari: dunyo va uning hududlari, chet davlatlar, mamlakatimiz aholisi soni, tarikibi, takror barpo bo‘lishi, hududiy joylashuvi, migratsiyasi, shahar va qishloqlarning rivojlanishi, ular bilan bog‘liq muammolar bilan mutahassislar, davlat tashkilotlari va kitobxalarni tanishtirish; aholini hisobga olish, mehnat balanslarini; aholi migratsiyasi prognozini tuzish; aholiga xizmat ko‘rsatish, bolalar muassasalari joylashuvi va qurilishini ilmiy asosda rivojlantirish va x. k.

O‘zbekistonda aholi geografiyasining eng muhim vazifalaridan biri uni o‘rganishda, shu sohada mutahassislar tayorlashda jaxon miqyosidagi dasturlarga amal qilish, ilmiy, tarixiy, mantiqiy yondashishdir. Shuningdek, O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va demografik taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan qishloq va shaharlarda xalq xo‘jaligi tarmoqlarini to‘g‘ri, ilmiy joylashtirish; aholiga moddiy va maishiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish; Respublika demografik vaziyatidan kelib chiqqan holda, mehnat resurslaridan mumkin qadar to‘g‘ri va oqilona foydalanish; yangi avlod uchun kerakli ishlab chiqarish muassasalarini to‘g‘ri joylashtirish; (bunda Respublikaning har bir hududi geografik va demografik xususiyatlarini nazarda tutmoq lozim) ham aholi geografiyasining muhim vazifalariga kiradi. Shuni alohida, ta’qidlash joizki, (XXI asr boshida) Respublikaning mustaqil iqtisodiy taraqqiyoti davrida aholi migratsiyasida, mehnat resurslari tarkibi, shakllanishi va joylashuvida, oila tarkibida, keskin o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Ushbu jarayonlarni ularning sabablari, muammolari kutilayotgan oqibatlarini hududlar bo‘yicha mukammal o‘rganish, aholi ro‘yxati o‘tkazish aholi geografiyasining ham asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Ana shulardan kelib chiqqan holda bugungi kunda aholi geografiyasi qo‘yidagi aniq vazifalarni bajarish lozim:

  1. Ma’lumki XX asrning oxirgi choragi va XXI asr boshlariga kelib yer kurrasining qator hududlarida ekologik nomutonosiblik muammosi kuchayib bomoqda. Bu muammoning kelib chiqishi bir tomondan ilmiy texnik rivojlanishning avj olishi, tabiiy resurslardan ayovsiz foydalanilishi natijasida suv, havo va tuproq tarkibining buzilishi bo‘lsa ikkinchi tomondan 1960 – 1970 yillarda kuzatilgan “demografik revolyusiya” natijasida dunyo aholisi sonining keskin ko‘payib borishi bilan bog‘liqdir. Bugungi kunga kelib ekologik nomutonosiblik jarayoni geografiyasi kenganyib, jaxondagi juda ko‘p davlatlarda shu jumladan O‘zbekistonda ham aholi salomatligi, tabiiy resurslardan foydalanish borasida muammolar tug‘dirmoqda. Ushbu muammolarni ijobiy hal etish, Respublikaning har bir viloyati, tumanlarida, ayniqsa ekologik vaziyatining xozirgi holati, kelajakda sodir bo‘lishi kutiliyotgan oqibatlarni o‘rganish, chora-tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha mukammal ilmiy tadqiqotlar o‘tkazib borishini taqozo etadi. Bunday tadqiqotlarni o‘tkazish barcha aholi o‘rganuvchi fanlar qatori aholi geografiyasining ham dolzarb vazifasidir.

  2. Sobiq SSSRning parchalanishi va bozor iqtisodiyotining shakllanishi Respublikada moddiy boyliklar ishlab chiqarishi strukturasini ma’lum darajada o‘zgarishiga, bu esa o‘z navbatida mehnat resurslari bandligiga ta’sir etdi. Ularning bandlik darajasi, sohalarida e’tiborli o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bular aholi geografiyasi oldida mehnat resurslarining moddiy ishlab chiqarishda bandligini o‘rganish bilan bir qatorda ularning aholiga xizmat sohasida bandligini, shuningdek o‘lkada, rekreasiya, savdo, yarmarka, bozor, din, ma’lumotlilik, mutahassilar tayyorlash geografiyasini o‘rganishdek muhim vazifalar qo‘yadi.

  3. Hozirgi kunga kelib O‘zbekistonda aholi migratsiyasi jadallashdi. Qishloqdan shaharga, tomon migratsion oqim kuchaydi. Ayniqsa mehnat yoshidagi aholi, yoshlar Rossiya, Koreya, Tursiya, AQSh, Angliya kabi davlatlarga ishlab kelish, o‘qish uchun ketmoqdalar. Shuningdek aholini Respublikani shahar joylariga, asosan Toshkent shahriga kelib ishlash (savdo-sotiq, qurilish, maishiy xizmat sohalarida) holatlari keng tus olmoqda. Shunisi e’tiborliki, bugungi kunda ham tashqi, ham ichki migratsiyasida ayollar ishtiroki ham kuchaymoqda. Toshkent shahriga yaqin bo‘lgan Toshkent viloyatiga qarashli (Qibray, G‘azalkent, O‘rta Saroy .... – tumanlarida) tumanlarga Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlaridan gurux, qavmlarning oilasi bilan ko‘chib kelib alohida qishloq bo‘lib yashayotgan hollari ham uchramoqda. Yuqorida qayd etilgan jarayonlar aholi ko‘chib ketgan, va ko‘chib kelgan hududlarda aholi va mehnat resurslari, oila-qishloq, tarkibiga, aholi takror barpo bo‘lish jarayonlariga, aholi punktlari shakllanishiga transport hamda aholiga hizmat ko‘rsatish umuman moddiy va nomoddiy ishlab chiqarig tizimiga o‘ziga hos ta’sir ko‘rsatadi, muammolar tug‘diradi. Aholi migratsiyasini juda kichik tuman doirasidan ilmiy, amaliy tahlil etish, o‘rganish ularni omillari, muammolarini aniqlash ham aholi geografiyasining hozirgi davrdagi muhim vazifalaridandir. Yuqorida qayd etilgan vazifalarni bajarishga aholi geografiyasi iqtisodiy, tabiiy geografiya, demografiya, iqtisod, etnogeografiya, tibbiyot, sosiologiya kabi aholishunoslik fanlari natijalaridan uslublaridan foydalangan holda, ular bilan uzviy bog‘liq holda tadqiqot olib borishi lozim.

Aholi geografiyasi o‘z tadqiqotlarida tizim-tarkibiy, geografik, iqtisodiy, sosiologik va tarkibiy yondashuvga asoslanadi, statistik, demografik, matematik, kartografik uslublardan foydalanadi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin