APLIKATSIYA XAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA REJA: 1.Applikatsiyada qirqishni har xil usullarini bajarish.
2. Mazmunli va bezakli applikatsiyalar.
APPLIKATSIYADA QIRQISHNI HAR XIL USULLARINI BAJARISH Applikatsiya xalq amaliy san’atida keng o’rin tutadi. Applikatsiya so’zining ma’nosi, qirqib olib yopishtirish demakdir. Bu usulda qo’g’oz, mato, charm, somon, qurutilgan barglar, urug’lar, tashlandiq buyumlar, simlar, iplardan foydalanib xar xil ishlarni bajarish mumkin.
Applikatsiya- badiiy asarlar yaratishning eng soda va oson usulidir, bunda tasvirning asosi saqlanadi. Bu applikatsiyadan faqat bezash maqsadlardagina ko’rgazmali qurollar, turli o’yinlar uchun qo’llanmalar, o’yinchoqlar, bayroqlar, sovg’alar, devoriy gazetalar, stendlar, ko’rgazmalar va kostyumlarni tayyorlashdagina emas, balki kartina, panno, naqshlar va shu kabilarni yaratishda xam keng foydalaniladi.
Applikatsiya bundan 2500 yil muqaddam ko’chmanchi xalqlarda paydo bo’lgan. Applikatsiya bilan kiyim bosh, turar joylar bezatilgan. Applikatsiya turli xalqlarda turli materiallardan tayyorlangan. Masalan: yakutiyaliklar applikatsiya ishida po’stloqdan foydalanishgan. Xanti-mansi, evenk va boshqa shimol xalqlari aplikatsiyada teri, sukno, moynadan foydalanganlar.
Qozoq, qalmoq, osetin, buryat va boshqa xalqlar applikatsiyadan milliy kiyim, uy-ro’zg’or predmetlarni bezashda foydalanishgan. Gazlamadan aplikatsiya materiali sifatida ancha keyinroq foydalanila boshlandi. Gazlama parchalarini fon xizmatini o’tovchi materialga tikib naqsh yaratilgan. Gazlamadan yasalgan applikatsiya bilan kiyim-bosh, uy-ro’zg’or predmetlari bezatilgan.
Hozirgi kunda applikatsiya har bir xalq san’atida juda keng tarqalgandir. Applikatsiyaning eng yosh turi flaristikadir. 1960-yilda dunyoda birinchi flaris rassomlar jamiyati tashkil etganlar.
Applikatsiya bilan shug’ullanishda bolalar dunyoqarashini uyg’un rivojlantirishda katta axamiyatga ega. Applikatsiya bolalar ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi, fantaziyani boyitadi, kuzatuvchanlik,diqqat va tasavvurni faollashtiradi, irodani tarbiyalaydi, qo’l mehnati,shaklni his qilish, chamalash va rangni sezish qobiliyatini o’stiradi.
Applikatsiya qilish usuli bilan guruh xonalari, mexmomxona, oshxonalar, bolalar ayvonchalari bezaladi. Bolalar bog’chasida applikatsiya yasashda :
- Kichik guruhga tayyor qirqilgan shakl beriladi
- O’rta guruhdan boshlab bolalarga qaychi beriladi va ishlash
mustaqil olib boriladi.
Applikatsiyada qog’oz asosiy rolni bajaradi. Applikatsiya ishini bajarishda xar xil yelim ishlatilavermaydi. Yelimni uy sharoitida arzon va oson usulda tayyorlash xam mumkin. Bu yelim kleyster deb ataladi. U kraxmaldan quyidagicha tayyorlanadi: bir choy qoshiq kraxmal, 5 choy qoshiq sovuq suvda aralashtirib olinadi, so’ng yarim stakan suv solib past olovda qaynaguncha kovlab turiladi, qaynashga yaqin qolganda olovdan olinadi va sovitiladi, so’ngra ishlatiladi. Applikatsiya ishini bajarish uchun tayyorgarlik ko’rish lozim. Bu quyyidagicha bajariladi: syujet tanlash, xomaki chizma; rangli qog’ozlarni tayyorlash; fon tanlash. Applikatsiya ishining ish qurollari: qaychi, yelim, kalka, pichoqcha, chizg’ich, qoraqalam, moyqalam, kopirovka, flamasterlardan iborat.
Applikatsiya ishlari oddiydan tortib mazmunli, kantili, dekorativ, qo’lda yirtish orqali mozaika usulida tabiat materiallaridan ( barg,urug, danak, piyoz po’sti, shisha siniqlari tashlandiq similar, va iplar) ham bajariladi. Applikatsiya tayyorlashda odiiy va murakkab qirqish usulidan foydalaniladi. Oddiy qirqish usulibilan yaxlit shakl hosil qilinadi va qirqilgan shakl quyidagicha teng va tekis qirqiladi. Qog’ozni 5-6 qavat qilib buklab turib qirqishga murakkab qirqish usuli deyiladi.
Bu usulda qirqishga 1-ta shakl 5-6 martaga ko’payib chiqiladi. Quyida bir necha murakkab qirqish usullarini keltiramiz:
Applikatsiya yaratishda asosiy e’tibor uning umumy kompozitsiyasiga qaratilishi kerak. Yaxshi o’ylangan kompozitsiya, ya’ni tasvirlash lozim bo’lgan narsalarni joylashtirish – applikatsiya muvoffaqiyatining garovidir.
Eng oddiy applikatsiya bu geometrik shakllardan applikatsiya qilinadigan naqshli applikatsiyadir. Avval naqshning xomaki nusxasi tuziladi, so’ngra kerakli detallar (geometrik shakllar) o’lchami va miqdori hisoblanadi. Detallar tayyorlanib ma’lum tartibda joylashtiriladi va yopishtirishni qaysi detaldan boshlab kerakligi aniqlanadi.