Apparat ta’minoti ─ bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik



Yüklə 446,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix07.04.2023
ölçüsü446,05 Kb.
#94550
  1   2   3   4   5   6   7   8
3-Ma’ruza



Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iborat. Bular apparat ta’minot 
(hardware) va dasturiy ta’minot (software) lardir. 
Apparat ta’minoti ─ bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik 
qismlari va qo’shimcha (atrof) qurilmalaridir. 
Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muhim qisimi bo’lib, u 
ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish 
uchun zarur bo’lgan hujjatlarni o’z ichiga oladi. Dasturiy ta’minotsiz har qanday 
kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi. 
Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasidagi bog’lanish qanday 
amalgam oshiriladi? Avvalo ular orasidagi bog’lanish interfeys deb atalishini bilib 
olishimiz lozim. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o’zaro bog’lanish 
─ bu, apparat 
interfeysi
, dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish esa ─ dasturiy 
interfeys
apparat qismlari va dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish 
─ apparat ─ dasturiy interfeys deyiladi. 
Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda 
uchinchi ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim. 
Inson 
kompyuterning ham apparat
, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda 
bo’ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o’zaro muloqoti 
─ foydalanuvchi interfeys deyiladi. 
Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy 
ta’minotlarni uchta kategoriya bo’yicha tasniflash mumkin: 
─ sistemaviy dasturiy ta’minot; 
─ amaliy dasturiy ta’minot; 
─ dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari. 
Sistemaviy dasturiy ta’minot (System software) ─ kompyuterning va kompyuter 
tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir. 
Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program package) ─ bu aniq bir predmet 
sohasi bo’yicha ma’lum bir masalalar sinfini mo’ljallangan dasturlar majmuasidir. 
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari ─ yangi dasturlarni ishlab 
chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat 
vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib xizmat qiladi, 
ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish (shu 
jumladan
, avtomatik ravishda ham), 
saqlash va joriy etishga mo’ljallangan. 


Komyuterning dasturiy ta’minoti orasida eng ko’p qo’llaniladigani amaliy dasturiy 
ta’minot (АДТ) dir. Bunga asosiy sabab ─ kompyuterlardan inson faoliyatining 
barcha sohalarida keng foydalanishi, turli predmet sohalarida avtomatlashtirilgan 
tizimlarning yaratilishi va qo’llanilishidir. 
Amaliy dasturiy ta’minotni quyidagicha tasniflash mumkin. 
Muammoga yo’naltirilgan АДТ ga quyidagilar kiradi: 
─ bugalteriya uchun ДТ; 
─ personalni boshqarish ДТ; 
─ jarayonlarni boshqarish ДТ; 
─ bank axborot tizimlari va boshqalar. 
Umumiy maqsadli АДТ ─ soha mutaxassisi bo’lgan foydalanuvchi axborot 
texnologiyasini qo’llaganda uning ishiga yordam beruvchi ko’plab dasturlarni o’z 
ichiga oladi. Bular: 
─ kompyuterlarda ma’lumotlar bazasini tashkil etish va saqlashni ta’minlovchi 
ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (МББТ); 
─ matnli hujjatlarni avtomatik ravishda bichimlashtiruvchi, ularni tegishli holatda 
rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muxarrirlari; 
─ grafik muxarrirlar; 
─ hisoblashlar uchun qulay muhitni ta’minlovchi elektron jadvallar; 
─ taqdimot qilish vositalari, 
ayni tasvirlar hosil qilish
, ularni ekranda namoyish 
etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga mo’ljallangan maxsus dasturlar. 
Ofis АДТ idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta’minlovchi dasturlarni o’z 
ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi: 
─ 
rejalovchi yoki organayzerlar
, ya’ni ish vaqtini rejalashtiruvchi, uchrashuvlar 
bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, telefon va yozuv kitoblarini 
olib boruvchi 
dasturlar

─ tarjimon dasturlar, ya’ni berilgan boshlang’ich matnni ko’rsatilgan tilga tarjima 
qilishga mo’ljallangan dasturlar; 
─ skaner yordamida o’qilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga binoan 
o’zgartiruvchi dasturiy vositalar; 


─ tarmoqdagi uzoq masofada joylashgan abonent bilan foydalanuvchi orasidagi 
o’zaro muloqotni tashkil etuvchi kommunikatsion dasturlar. 
Kichik 
nashriyot 
tizimlari 
“kompyuterli 
nashriyot 
faoliyati” 
axborot 
texnologiyasini ta’minlaydi, matnni bichim solish va tahrirlash, avtomatik ravishda 
betlarga ajratish, xat boshlarini yaratish, rangli grafikani matn orasiga qo’yish va 
hokazolarni bajaradi. 
Multimedia 
dasturiy vositalari 
dasturiy mahsulotlarning nisbatan yangi sinfi 
hisoblanadi. U ma’lumotlarni qayta ishlash muhitining o’zgarishi, lazerli 
disklarning paydo bo’lishi, ma’lumotlarning tarmoqli texnalogiyasining 
rivojlanishi natijasida shakllandi. 
Sun’iy intellekt tizimlari. Bu sohadagi izlanishlarni to’rt yo’nalishga bo’lish 
mumkin: 
─ ijodiy jarayonlarni imitatsiya qiluvchi tizimlar. 
Ushbu yo’nalish kompyuterda o’yinlarni (shaxmat, shashka va h.k) avtomatik 
tarjima qilishni va boshqalarni amalga oshiradigan dasturiy ta’minotni yaratish 
bilan shug’ullanadi. 
─ Bilimlarga asoslangan intelektual tizimlar yaratilishi hisoblanadi. Shu tufayli 
sun’iy intellekt tizimlarini ma’lum va kichik sohalarning eksperti sifatida tan 
olinishi va qo’llanishi mumkin. 
─ EHM larning yangi arxitekturasini yaratish. 
Bu yo’nalish sun’iy tafakkur mashinalari (beshinchi avlod EHM lari)ni yaratish 
muammolarini o’rganadi. 
─ Intelektual robotlar. 

Yüklə 446,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin