Apparat ta’minoti ─ bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik


Sistemaviy dasturiy ta’minot (System software)



Yüklə 446,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix07.04.2023
ölçüsü446,05 Kb.
#94550
1   2   3   4   5   6   7   8
3-Ma’ruza

Sistemaviy dasturiy ta’minot (System software) — kompyuteming va 
kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir. 
Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program paskage) — bu aniq bir 
predmet sohasi bo‘yicha ma’lum bir masalalar sinfini yechishga mo’ljallangan 
dasturlar majmuasidir. 
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari — yangi dasturlarni 
ishlab chiqish jarayonida qo'llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat 
vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari boiib xizmat qiladi, 
ya’ni ular dasturlami ishlab chiqish (shu jumladan avtomatik ravishda ham), 
saqlash va joriy etishga mo‘ljallangan. 
Sistemaviy dasturiy ta’minot (SDT) quyidagilarni bajarishga qaratilgan: 
— kompyuterning va kompyuterlar tarmog‘ining ishonchli va samarali ishlashini 
ta’minlash; 
— kompyuter va kompyuterlar tarmog‘i apparat qismining ishini tashkil qilish va 
profilaktika ishlarini bajarish. 
Sistemaviy dasturiy ta’minot ikkita tarkibiy qismdan — asosiy (bazaviy) 
dasturiy ta’minot va yordamchi (xizmat ko'rsatuvchi) dasturiy ta’minotdan 
iborat. Asosiy dasturiy ta’minot kompyuter bilan birgalikda yetkazib berilsa, 
xizmat ko'rsatuvchi dasturiy ta’minot alohida, qo'shimcha tarzda yaratilishi 
mumkin. 
Asosiy dasturiy ta’minot (base software) — kompyuter ishini ta’minlovchi 
dasturlarining minimal to‘plami. 
Ularga quyidagilar kiradi: 
— operatsion sistema (OS); 
— tarmoq sistemasi. 
Yordamchi (xizmat ko'rsatuvchi) dasturiy ta’minotga asosiy dasturiy 
ta’minot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muhitini 


(interfeysni) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, 
kompyuterning 
ishchanligini oshiruvchi
, antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi va 
boshqa dasturlardir. 
Asosiy dasturiy ta’minotni qo‘shimcha ravishda o'matiladigan xizmat 
ko'rsatuvchi dasturlar to‘plami to‘ldirib turadi. Bunday dasturlami ko‘pincha 
utilitlar deb atashadi. 
Utilitlar — ma’lumotlami qayta ishlashda qo‘shimcha operatsiyalami 
bajarishga yoki kompyuterga xizmat ko'rsatishga (tashxis, apparat va dasturiy 
vositalarni testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshqalar) 
mo'ljallangan dasturlardir. 
Kompyuterning dasturiy ta’minoti orasida eng ko‘p qo‘llaniladigani amaliy 
dasturiy ta’minot (ADT)dir. Bunga asosiy sabab kompyuterlardan inson 
faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanilishi, turli predmet sohalarida 
avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo'llanishi. Amaliy dasturiy 
ta’minotni quyidagicha tasniflash mumkin. 
Muammoga yo’naltirilgan ADTga quyidagilar kiradi: 
— buxgalteriya uchun DT; 
— personalni boshqarish DT; 
— jarayonlami boshqarish DT; 
— bank axborot tizimlari va boshqalar. 
Umumiy maqsadli ADT — soha mutaxassisi bo'lgan foydalanuvchi axborot 
texnologiyasini qo‘llagando uning ishiga yordam beruvchi ko’plab dasturlarni o’z 
ichiga oladi. Bular: 
— kompyuterlarda ma’lumotlar bazasini tashkil etish va saqlashni ta’minlovchi 
ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT); 
— matnli hujjatlami avtomatik ravishda formatlashtiruvchi, ulami tegishli holatda 
rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muharrirlari; 
— grafik muharrirlar; 
— hisoblashlar uchun qulay muhitni ta’minlovchi elektron jadvallar; 
— taqdimot qiiish vositalari, ya’ni tasvirlar hosil qilish, ularni ekranda namoyish 
etish, 
slaydlar
, animatsiya, filmlar tayyorlashga mo‘ljallangan maxsus dasturlar. 


Ofis ADT idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta’minlovchi dasturlarni 
o‘z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi: 
— rejalashtiruvchilar yoki organayzerlar, ya’ni ish vaqtini rejalashtiruvchi, 
uchrashuvlar bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, telefon va qaydnomalarni olib 
boruvchi dasturlar; 
— taijimon dasturlar, ya’ni berilgan boshlang‘ich matnni ko'rsatilgan tilga tarjima 
qilishga mo'ljallangan dasturlar; 
— skaner yordamida o‘qilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga 
o'zgartiruvchi dasturiy vositalar; 
— tarmoqdagi uzoq masofada joylashgan abonent bilan foydalanuvchi orasidagi 
o‘zaro muloqotni tashkil etuvchi kommunikatsion dasturlar. 
Kichik nashriyot tizimlari «kompyuterli nashriyot faoliyati» axborot 
texnoiцgiyasini ta’minlaydi, matnni formatlash va tahrir qilish, avtomatik ravishda 
betlarga ajratish, xat boshilarini yaratish, rangli grafikani matn orasiga qo'yish va 
hokazolami bajaradi. 

Yüklə 446,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin