Apparat taʼminoti


Apparat taʼminotini ishlab chiqish



Yüklə 107,5 Kb.
səhifə2/2
tarix02.05.2023
ölçüsü107,5 Kb.
#105868
1   2
2-мавзу (амалиёт)

Apparat taʼminotini ishlab chiqish — turli xil hisoblash jarayonlarini amalga oshiradigan, elektronika va mexanik tizimlar elementlarini yaratish va optimallashtirishni oʻz ichiga olgan kompleks ishdir. Ushbu elementlar va obʻektlar oʻrtasidagi aloqa odatda apparat interfeysi orqali amalga oshiriladi.[9]
Apparat vositalarini ishlab chiqish odatda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi[9] : 1. apparat elementlarining sxemalarini ishlab chiqish; 2. apparat elementlarini amalga oshirish (bosma plata yoki ularning kombinatsiyasi shaklida); 3. apparat elementlarini laboratoriya sharoitida sinovdan oʻtkazish; 4. tizimni integratsiya qilish; 5. apparat vositalarini real sharoitlarda sinovdan oʻtkazish.
Apparat taʼminotini ishlab chiqish jarayonining birinchi bosqichi [10] eng muhimi hisoblanadi, chunki uskunani toʻgʻri loyihalashtirish nafaqat loyiha byudjetini qisqartiradi, balki bir qator mumkin boʻlgan buzilishlar va toʻxtab qolishlarning oldini oladi.
Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish bilan bogʻliq oʻxshashliklar [11] koʻrinib turibdi:

  • Model

Foydalanuvchilar mahsulotlar bilan turli yoʻllar bilan oʻzaro aloqada boʻlishadi, mahsulotlar boshqa mahsulotlar bilan oʻzaro bogʻlangan boʻladi va mahsulotlar kiritilgan maʼlumotlarni hisobga olgan holda, chiquvchi maʼlumotlarni ishlab chiqaradi .

  • Talablar

Unda funktsional (foydalanuvchiga qaratilgan) va funktsional boʻlmagan (foydalanuvchiga qaratilmagan) talablar mavjud.

  • Murakkabligi

Mahsulot spetsifikatsiyalarining har qanday taqdimoti har doim daraxt koʻrinishidagi tuzililmaga olib keladi, chunki asosiy xususiyatlar kichikroqlarga boʻlinadi. [12]
Yüklə 107,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin