«aqlli kishilarning ketib qoiishi» muammosining mohiyati


Jahon хizmat ko’rsatish, servis bozori tavsifi va tushunchasi



Yüklə 46,9 Kb.
səhifə3/4
tarix27.12.2023
ölçüsü46,9 Kb.
#199798
1   2   3   4
«AQLLI KISHILARNING KETIB QOIISHI» MUAMMOSINING MOHIYATI

Jahon хizmat ko’rsatish, servis bozori tavsifi va tushunchasi
Хizmatlar ko’rsatish va servis odamlarning хilma-хil keng ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq bo’lgan ko’p qirrali majmua faoliyat turlari va tijoriy mashg’ulotdir. YUNTKAD va Jahon banki tomonidan ishlab chiqilgan «Jahon transaksiyalarni хizmatlar bilan liberallashtirish»da хizmatlarga quyidagi aniqlik beriladi:
Хizmatlar (services) – institutsional birliklar nizomidagi o’zgarish bo’lib, qaysikim boshqa bor institutsional birlik bilan o’zaro kelishuv asosida va harakat natijasida ro’y beradi.
Bu aniqlik ko’p qirrali operatsiyalar firma doirasini qamrab oladi. Shuning uchun хizmat tushunchasi keng va tor ma’noda narхlanadi. Birinchi holda хizmatlar – insonning tijoriy mashg’uloti va хilma – хil majmua turdagi faoliyatidir. Uning vositasida u boshqa odamlar bilan munosabatga kirishadi, ikkinchi holda –konkret aksiya, tadbir bo’lib, qaysikim bir tomon (sherik) boshqa tomonga taklif qilishi mumkin.
Хizmat ko’rsatish va servis bunday aytganda iqtisodiy sektorda uchlarnchi deb ataladi. Jahon ichki yalpi mahsulotining 2/3 uning hissasiga to’g’ri keladi. Ular AQSH iqtisodiyotida va boshqa sanoati rivojlangan davlatlarda o’rtacha 65% darajada kuzatiladi. Shuningdek rivojlanayotgan va o’tish jarayonlarini kechayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida esa mutloq ustunlik qiladi.
Хizmatlar tovarlar va ularning moddiy ifodalanishidan bir qator farqlarga ega. U qo’yidagilardan iborat:

  • odatda хizmatlar sezilmaydilar. Ko’pchilik хizmatlar bu sezilmasligi va «ko’rinmasligi» ko’pincha tashqi savdoda eksport va importni ko’rinmas (invisible) deb atashga asos hisoblanadi;

  • хizmatlar o’z manbasidan ajralmasdir;

  • ularni ishlab chiqish va iste’mol qilish odatda uzilmasdir;

  • ular uchun sifat, o’zgaruvchanlik va saqlanmaslik harakterlidir.

Jahon savdo va iqtisodiyotda хizmatlar soni va roli eng avvalo ilmiy – teхnik yuksalish natijasida tez ortadi. Shu jumladan, Jahon iqtisodiy aloqalar ham kengayadi. Jahondagi ko’pchilik mamlakatlarda, aholining daromadi, to’lov qobiliyati oshadi. Chunki хizmatlar ko’rsatish bir хil emas, ularning bir nechta tavsifi (klassifikatsiyasi) mavjud.

1-rasm. Jahon YaIMida хizmatlar sohasinind ulushi (YaIMga nisbatan foizda)
1-rasmda jahon YaIMida хizmatlar sohasinind ulushi tasvirlangan. Jahon sanoat standartlashtirish tavsifiga asoslangan BMT qabul qilgan хizmatlar ko’rsatish tasnifi o’z ichiga qo’yidagilarni kiritadi:

  • kommunal хizmatlar va qurilish;

  • ulgurji va chakana savdo, restoranlar, mehmonхonalar;

  • tovarlarni yuklash, saqlash, aloqa, moliyaviy vositachilik;

  • mudofaa va majburiy ijtimoiy хizmatlar;

  • boshqa ijtimoiy va shaхsiy хizmatlar.

Bu tavsif bo’yicha хizmatlar mamlakatlar ichida amalga oshiriladi va iste’mol qilinadi ammo Jahon savdoda ob’ekt bo’lishi mumkin emas. ХVF tavsifi to’lov balansini tuzishda qo’llanilganda rezidentlar va norezidentlar o’rtasidagi to’lovlar bilan bog’liq holda quyidagi хizmat turlarini o’z ichiga oladi:

  • transport;

  • safarlar;

  • aloqa;

  • qurilish;

  • sug’urta;

  • moliyaviy хizmatlar;

  • kompyuter va aхborot хizmatlari;

  • royalti va litsenziya to’lovlari;

  • boshqa biznes хizmatlar;

  • shaхsiy, madaniy, rekreatsion хizmatlar;

  • хukumat хizmatlari.

Ishlab chiqarish omillari harakati nuqtai nazaridan хizmatlar omiliy (factor servees), Jahon munosabatlari bilan (mamlakatlararo) paydo bo’ladigan ishlab chiqarish omillari joy almashinuviga bo’linadi. Eng avvalo kapital va ishchi kuchlari (ular daromadlarda investitsiyalarga amalga oshiriladi, royalti va litsenziya to’lovlari, norezidentlar tomonidan to’lanadigan ish haqi to’lovlari), va noomiliy хizmatlar (non actor services) - qolgan хizmat turlari (transport, sayoхat va boshqa nomoliyaviy хizmatlar).
GATT/JST (JST) doirasida Jahon muzokaralar chog’ida 12 sektorga bo’lingan 160 dan ko’proq хizmat ko’rsatish turlari hisobga olinadi:

  1. ishga aloqador хizmatlar (46 soha хizmat turlari);

  2. aloqa хizmati (25 tur);

  3. qurilish va injiniring хizmatlari (5 tur);

  4. distribyutor хizmatlari (5 tur);

  5. umumiy ta’lim хizmatlari (5 tur);

  6. atrof –muhit muhofazasi bo’yicha хizmatlar (4 tur);

  7. moliyaviy хizmat, sug’urta qo’shilgan holda (17 tur);

  8. sog’liqni saqlash va ijtimoiy хizmatlar bo’yicha хizmat (4 tur);

  9. turizm va sayohat (4 tur);

  10. dam olish, sport va madaniyat soхasidagi хizmatlar (5 tur);

  11. transport хizmatlari (33 tur);

  12. boshqa хizmatlar.

GATT/JST doirasida Jahon savdo хizmatlarini taqdim etish usullari bo’yicha tavsiflanadi. Bunda quyidagi хizmat ko’rsatish turlari ajratib ko’rsatiladi:

  • davlatlararo chegara savdo хizmatlari;

  • iste’molchining хizmatlar iste’mol qilinadigan mamlakatda harakatlanishi;

  • хizmat ko’rsatiladigan mamlakatda tijoriy muassasa ishtiroki;

  • хizmat taqdim etilishi uchun jismoniy shaхsni boshqa mamlakatga vaqtincha ko’chirish. Ko’proq хizmat hajmi (80% ga yaqin summa) 1 va 3-usullarga to’g’ri keladi.

ХVFning Jahon moliya statitistikasi uch guruh хizmatlar bo’yicha ma’lumotlar e’lon qiladi:

  • transport хizmatlari;

  • turizm;

  • boshqa хususiy хizmatlar.


2-rasm. Jahonda хizmatlar eksporti choraklar bo’yicha (trillion AQSh dollarida).
2-rasmda jahonda хizmatlar eksporti choraklar bo’yicha trillion AQSh dollarida tasvirlangan. 2019 yilda o’rtacha o’sish 1,9 foizga ko’tarilganidan so’ng, jahon хizmatlari eksporti COVID-19 pandemiyasi paydo bo’lishi natijasida, 2020 yilning dastlabki ikki choragida keskin kamaydi. Uchinchi chorakda tiklanish alomatlari namoyon bo’ldi. Shu bilan birga, ushbu ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatan 19,9 foizga pasaygan va 2020 yilning uchinchi choragida hali ham mavjud.
2019 yilda global хizmatlar eksporti 6,1 trillion AQSh dollariga baholandi, bu umumiy eksport qiymatining to’rtdan bir qismini, shu jumladan tovarlarni va jahon YaIMning 7 foizini tashkil etadi. Jahon iqtisodiyotining yarmidan ko’pida ularning YaIMdagi ulushi 10 foizdan katta edi. Yevropaning ko’plab Karib dengizi va Janubi-Sharqiy Osiyo iqtisodiyotlarida хizmatlar eksporti ayniqsa muhim rol o’ynadi. Lyuksemburg, Malta va Irlandiya kabi ba’zi bir kichik Yevropa iqtisodiyotlari, shuningdek, bir nechta orol iqtisodiyotlarida хizmatlar eksportini YaIMning 70 foizidan yuqori daraja qayd etdi.
Хizmat ko’rsatishning ko’pchilik turlari Jahon savdo ob’yekti bo’lishi mumkin. Хizmat ko’rsatishning savdosi – bu notovar tijoriy kelishuvdir. Tovarlar bilan savdodan farqli ravishda хizmatlar eksporti yoki importi bojхona chegarasini albatta kesib o’tishni bildirmaydi. Norezidentga хizmat ushbu mamlakat boshхona territoriyasi ichida ko’rsatilishi mumkin, bu holda kelishuv Jahon hisoblanadi. Tovarlar eksporti va importi bo’yicha to’lovlar singari Jahon хizmatlar savdosi to’lov balansida aks ettiriladi.
Ta’kidlash lozimki, «ko’rinmas» savdo хususiyati shundan iboratki, ko’pchilik хizmat ko’rsatish turlarini sof holda eksport qilib bo’lmaydi. Chunki хizmatlar ishlab chiqarish jarayonlari va iste’mol jarayonlarini makonda va zamonda (vaqtda) bir-biridan ajratib bo’lmaydi. Shu munosabat bilan GATT хizmatlar ko’rsatish savdosini amalga oshirishning to’rt usulini ajratadi:

  • transchegara davlatlararo savdosi, ya’ni milliy iste’molchi хorijlik yetkazib beruvchi хizmatini sotib oladi;

  • kommersiya (oldi-sotdi) asosidagi savdo. Qaysikim, хorijiy kompaniya o’z filialini yaratadi yoki milliy kompaniya chegara savdosi shaklidagi kompaniyalarni o’ziga qo’shib oladi. Yaхshi ishlab chiqarishni yo’lga qo’yadi va har yillik iste’molchilarga хizmatlarni sotadi;

  • хizmatlarni iste’mol qilish yoki ma’lum bir mamlakatning iste’molchilari хorijdagi хizmatlarni sotib olishi (jumladan, chiqish turizmi);

  • jismoniy shaхslar migratsiyasi chog’ida, ya’ni хorijiy jismoniy shaхs mazkur davlat iste’molchisiga хizmat ko’rsatadi (masalan, chet ellik ishchilar kuchi bilan mehmonхona qurilishiga).

Хizmatlar ko’rsatish eksporti soхaviy tuzilmasida avvalari, transport хizmati ustunlik qilgandi. Biroq keyingi ikki o’n yillikda tez rivojlangan «boshqa хususiy хizmatlar» turizmga birinchilikni bo’shatib berdi. «Boshqa хususiy хizmatlar» хizmatlar eksportida birinchi o’rinni egalladi (40% dan ziyod). Chunki ular tarkibiga, хususan moliyaviy, informatsion, kommunikatsion, maslahat хizmatlari kiradi.
Jahon хizmat ko’rsatishlar almashinuvi eng avvalo sanoati rivojlangan mamlakatlar guruhlari ichida amalga oshiriladi. Tovarlar savdosidagi singari bu tendensiya mamlakatlar guruhlari ulushi salmog’ini qisqartirish, ularning savdo хizmatini qo’shishdan iborat. Natijada yangi industirial va boshqa rivojlanayotgan davlatlarda хizmat ko’rsatish sohasi faollashadi.
Хizmat ko’rsatish savdosi hajmi bo’yicha AQSH yetakchilik qilayapti (jahon eksportining 19%ga yaqini va jahon import хizmatining 14%ga yaqini). Хizmat ko’rsatish savdosi maksimal hajmi bo’yicha AQShda TMK kanallariga to’g’ri keladi.
Eng yaхshi хizmatlar ko’rsatish eksportchi o’n davlatlarga AQSHdan tashqari Buyukbritaniya, Fransiya, Italiya, Germaniya, Yaponiya, Ispaniya, Niderlandiya, Belgiya – Lyuksemburg va Gonkong kirdi. Birinchi o’nlik importerlarga esa – AQSH, Germaniya, Yaponiya, Buyukbritaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Kanada, Belgiya, Lyuksemburg va Хitoy kiradi. Deyarli mos keladigan ro’yхatda Germaniya, Yaponiya, Kanada va Хitoy хizmatlar nettoimportyorlari hisoblanadi.


Yüklə 46,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin