Ibn Xaldun dastlab birgalikda “ishlab chiqarish” faoliyatiga katta e’tibor berdi, jamiyat moddiy qiymatlar “ishlab chiqaruvchilar” jamoasidan iborat deydi. U “Odamning kelib chiqishida mehnatning o`rni”ni ochib berishga harakat qilgan. Hunarmandchilik, fan va san’atning rivoji bevosita “mehnat unumdorligining o`sishi” bilan bog`liq deydi. “Oddiy” va “murakkab” mehnat farqlangan, mehnat bo`lmasa, buyum ham bo`lmas edi, degan muhim xulosa chiqariladi. Olim fikrlarida “zaruriy” va “qo`shimcha mahsulot”, “zaruriy va qo`shimcha mehnat” tushunchalari farqlanadi. U “tovarning iste’mol qiymati” va “qiymat” tushunchalarini ta’rifladi. Zamon va makonda o`z zamondoshlaridan ancha ilgari bu g`oyalarni berdi.”

G’arbiy Yevropadagi iqtisodiy g`oyalarga qisqacha tasnif
. G’arbiy Yevropada feodalizm jamiyati uch bosqichni bosib o`tdi: ilk feodalizm (V-X asrlar), rivojlangan feodalizm (X-XV asrlar) va feodalizmning yemirilish davri (XVI-XVIII asrlar). Dastlabki davrda dehqonchilik xo`jalikning asosi edi, aholi o`rtasida keskin tabaqalanish ham mavjud emas edi.
Yuzaga kelgan buyuk Frank davlatida ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilib, feodalizm munosabatlari shakllanishi (quldorlik formatsiya shaklida tarkib topmadi – “Sali haqiqati”, 481-614) qonunlar to`plamida aks etgan. Bunda eski jamoa munosabatlari himoya qilinadi (umumiy mulkchilik), ammo ayrim xo`jaliklarning mustaqilligi ham, xususiy mulkchilik ham qo`llab-quvvatlanadi, sinfiy ajralish asta-sekin namoyon bo`la boshlaydi.