Arab tilidagi gazetalar sarlavhalari tahlili


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 362,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix18.07.2023
ölçüsü362,93 Kb.
#136824
növüАнализ
1   2   3   4   5   6   7
arab-tilidagi-gazetalar-sarlavhalari-tahlili

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(5), May, 2023 
303 
jumalist, yozuvchi, muharrir uchun alohida mas’uliyat yuklaydi. Gazetaning nomi 
aniq, ommabop. sodda, ravoa hamda ko‘p sonli auditoriyaga tushunarli bo‘lishida 
ixcham, e’tibomi torta olishidagi sarlavhalarning alohida o‘rni bor. Sarlavha qisqa
ko‘pincha atigi bir necha so‘zdan iborat bo‘lib, matn nomini ifodalaydi. Mana shu 
matn nomi aks etgan so‘z yoki ifodadan biz matn mohiyatini ham anglab olishimiz 
mumkin. Chunki, sarlavha maqolaning yarimi deganidir. 
Gazeta sarlavhasi o‘ziga xos funksiyalarni bajaradi va bu vazifalar gazetaning 
taqdiriga ta’sir o‘tkazish xususiyatiga ega. Sarlavhalar asosan uch vazifasi farqlanadi. 
Bular: maqolaga nom berish, maqolaning mazmunini anglatish hamda reklama qilish 
vazifalaridir. Shuningdek, ayrim o‘rinlarda sarlavha tashviq qilish, ishontirish, 
izohlash, bayon qilish vazifalarini bajarishi ham mumkin. Gazeta sarlavhalari sodda 
va ravon bo‘lish bilan bir qatorda axborotning mazmuni haqida ham tushuncha 
berishi lozim. Bu talab gazeta sarlavhalarining xilma-xil tuzilishdagi turlarini
to‘liqsiz va atov gap ko‘rinishlarini yuzaga keltirib chiqargan ayrim tuzilmalarning 
ishlatilishini faollashtirgan. Masalan:
ميلعتلا ايجولونكت يف ةدئار ةكلمملا :وكسينويلا
6
 
 (YUNESKO: Saudiya Arabistoni Qirolligi ta’lim texnologiyasida yetakchi)
)(
 
ةدحتملا ةكلمملا عم نواعتلا زيزعت
7
 
(
Birlashgan Qirollik bilan aloqalarni rivojlantirish
) (so‘z birikmasi) 
berilgan sarlavhalardan anglashimiz mumkinki, maqola asosan, axborot berish 
shaklida ifodalangan. 
Ayrim hollarda sarlavhaning ta’sirchanligini oshirish yoki uni tiniqlashtirish 
uchun sarlavha osti izohi bilan ifodalanadi. Bu orqali ham gazetxon mazmunni 
chuqurroq anglaydi. Natijada, materialni o‘qishga yanada rag‘bati ortadi. 
Sarlavhaning mazmun ifodalash jihatidan ahamiyati eng muhimlardan sanalgani bois, 
odatda, ko‘pchilik mualliflarning maqola yozishdan ko‘ra unga sarlavha tanlashda 
kattaroq qiyinchiliklarga duch kelishiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Arab tilidagi 
matbuot nashrlarida, odatda, leksik tarkib til imkoniyatlaridan imkon qadar to‘liq 
foydalanishga e’tibor qaratiladi. Sinonimlar va antonimlardan keng foydalaniladi. 
Gazeta sarlavhalari ifodasi, odatda, ikki xil tushuniladi: 
1) Umumiy sarlavha (ya’ni gazeta nomi); 
2) Gazetadagi maqola va materiallarga qo‘yiladigan sarlavhalar. 
Istalgan 
matbuot 
nashrining 
dastlabki 
sahifasida, 
odatda, 
boshqa 
sahifalardagiga nisbatan kamroq material beriladi. Shuningdek, eng asosiy deb 
hisoblangan materiallar o‘rin oladi. Chunki ushbu sahifada gazeta nomi bilan bir 
6
“Al bilad”(Saudiya Arabistoni) gazetasi 18.09.2022dagi sonidan 
7
“Al bilad”(Saudiya Arabistoni) gazetasi 18.09.2022dagi sonidan 



Yüklə 362,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin