Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(5), May, 2023 304
qatorda uning nashr ko‘rsatkichi, sanasi, qachondan boshlab nashr etilayotgani hamda
nashr muassisi bo‘lgan tashkilot nomi kabi ma’lumotlar o‘rin oladi. Shu bilan birga,
ma’rifatga, adolatga chaqiruvchi turli chaqiriqlar ham shu sahifada bo‘ladi.
Gazeta sarlavhasining vazifalari xususida turli tadqiqot va ilmiy risolalarda
turlicha fikrlar yangraydi. Bunda ayrim ixtiloflar ham mavjud. Ammo ko‘pchilik
olimlar sarlavhaning asosan uchta: atash (nominativ), xabar berish (informativ),
ma’lum qilish (reklama) vazifasi mavjud, ular o‘rtasida raqobat va o‘zaro bogliqlik
bor, deb hisoblashadi. Gazeta sahifalarini tahlil qilish orqali sarlavhalar quyidagi
vazifalarni bajarishi mumkinligini ko‘rishimiz mumkin:
1) atash;
2) farqlash;
3) xabar berish;
4) reklama qilish;
5) ishontirish;
6) ko'rsatma berish;
7) tashviq qilish;
8) murojaat qilish;
9) ixcham izoh va boshqalar.
ىصقلأا دجسملا ةكرعم 8
(Masjid ul-Aqso jangi) Ifoda shakliga ko‘ra, sarlavhalar so‘z, so‘z birikma va gap shaklida berilishi
mumkin. So‘z sarlavhalar gazeta matnlarida deyarli uchramaydi. So‘z birikma va gap
shaklida ifodalangan sarlavhalar arabcha gazetalarning asosiy sarlavhalarini tashkil
qiladi. Umuman olganda arabcha sarlavhalar, odatda, ةلمجلا )gap( shuningdek, ةلمج هبش
(so‘z birikma) bo‘lishi mumkin.
XULOSA Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, gazeta sarlavhalari turli maqsadlarni
amalga oshirishga xizmat qiluvchi eng muhim matnlardan biri hisoblanadi. Arab
tilidagi gazetalarda ham barcha tillardagi singari sarlavhalarning o‘ziga xos
xususiyatlari mavjud. Bu borada ulkan manbaga ega bo‘lgan arabcha gazetalarning
o‘ziga xos xususiyatlarini turli arab davlatlarida turli shakllarda ko‘rishimiz mumkin.