Arab va oʻzbek tilshunosligida xalq maqollarini lingvomadaniy aspektda oʻrganish masalalari tadjiyeva Umida


International Conference on Developments in Education



Yüklə 337,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix10.02.2023
ölçüsü337,66 Kb.
#83777
1   2   3   4   5
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Amsterdam, Netherlands 
httpseconferencezone.org June 8
th
 2022 
52 
sanaladi.
1
Bu borada lingvokulturologik obyekt boʻla oladigan bir necha oʻzbek maqollarini 
quyidagicha talqin qilamiz: 
Onasini koʻrib qizini ol- oʻzbek xalqida odatda toʻy boʻlishidan oldin sovchilikka boriladi. Qizning 
xonadonida avval ona bilan koʻrishiladi. Ma’qul boʻlsa, yoshlarni uchrashtiriladi.Shuning uchun 
ham ushbu maqol keng qoʻllanilib kelinadi. 
Bir mayizni qirq kishi boʻlib yeydi- oʻzbek xalqi odatda ahil-inoqlikda turmush kechiruvchi 
millatdir. Ushbu fazilat ajdodlarimizdan meros boʻlib qolgan. Bir mayizni qirqqa boʻlib yeyish, oʻzi 
yemasa ham birovga yedirishlikni anglatadi. 
Yosh kelsa ishga-qari kelsa oshga- odatda oʻzbek xalqida uyda ham, katta tadbirlarda ham katta 
yoshli insonlar izzatda, yoshlar esa hizmatda boʻladilar. Yoshlar turganda kattalarning biror yumush 
bilan shugʻullanishi oʻzbek xalqi uchun yot hisoblanadi. Shu oʻrinda hazilomuz boʻlgan “ 
Oʻzbekning kichigi boʻlguncha-qozoqning kuchugi boʻl” maqolini ham keltirib oʻtirish joiz. Ushbu 
maqolda oilada kichik boʻlgan farzandlar kattalarining xizmatini qilish bilan birga, ularga 
boʻysunishi kerakligi, bu narsa mushkul ekanligi aytib oʻtiladi. 
Yaxshi mehmon osh ustiga- ma’lumki oʻzbek xalqi azal-azaldan mehmondoʻst xalq hisoblanadi. 
Har qanday vaziyatda kirib kelgan mehmonni birdek e’zozlanadi. Agar mehmon, mezbonlarning 
endi ovqat suzilganida kirib kelsa, ushbu maqol ishlatiladi. Shuningdek, ushbu vaziyatda “ 
Qaynonasi suygan “ degan ibora ham ishlatiladi. 
NATIJA 
Bugungi kunda dunyo tilshunosligida til birliklarining lingvomadaniy xususiyatlarini oʻrganishga 
jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Bu yoʻnalishda koʻplab izlanishlar olib borilayotgan boʻlsa-da, oʻz 
yechimini kutayotgan muammolar ham mavjud. Xususan, arab va oʻzbek tillaridagi maqollarning 
lingvomadaniy xususiyatlarini oʻrganish chogʻishtirma tilshunoslikning dolzarb muammolaridan 
biridir. Arab va oʻzbek maqollarining lingvistik tahlili shuni koʻrsatadiki, bu ikki xalq maqollarida 
mushtarak va farqli lingvomadaniy xususiyatlar mavjud. 
هترمث ةرايزلاو ةرجش ةدوملا -mehr bir daraxtdir, ziyorat esa uning mevasidir, oʻzbekchada shunga 
yaqinroq: "obod qilgan, obod boladi" ma’nosida ishlatiladi. 
-
لاملاب ايندلا زع foniy dunyo boylik bilan azizdir, "dunyo aldamchi matohdir" degan falsafiy mazmunni 
anglatadi. 
ءاملعلا نيتاسب بتكلا -kitoblar olimlarning boʻstonidir, oʻzbekchada "olim aytgani olam aytgani” tarzida 
ishlatiladi. 
-
ةمادنلا تخا ةلجعلا shoshqaloqlik nadomat keltiruvchidir, oʻzbekchada esa "shoshgan qiz erga 
yolchimas" muqobilida qoʻllaniladi.
ريقفلا ماو انغلا تنب لسكلا
-dangasalik kambagʻallik onasi, hursandchilikka oshnodir, oʻzbekchada 
"dangasaning ishi bitmas, yoz kelsa ham qishi bitmas" tarzida ishlatiladi.
2
MUNOZARA 
Turli tillarning maqollariga toʻxtalar ekanmiz, ular oʻsha til egasi boʻlmish xalqning tarixiy, 
ma’naviy va moddiy madaniyati koʻzgusi ekaniga guvoh boʻlamiz. Shu sababli, turli til maqollarini 
qiyosiy oʻrganish millatning oʻziga xos madaniy va milliy qirralarini ochishga yordam beradi
boshqacha qilib aytganda, oʻsha xalqning mentalitetini koʻrsatadi. “Mentalitet” tushunchasi 
tilshunoslik paradigmasiga kiritilganiga hali koʻp boʻlmagan boʻlsada, hozirda juda keng doirada 
qoʻllanilmoqda. Tor ma’noda mentalitet “fikrlash doirasi, dunyoqarash” mazmunida foydalanilsa, 
keng ma’noda esa “xalqning axloqi, tarbiyasi va tasavvuri tushuniladi”. Mentalitet tushunchasini 
tilshunos V. fon Gumboldt qarashlarida ham koʻrishimiz mumkin. Uning fikricha, mentalitet – bu 
1
Ohunova N. Lingvokulturologik Tadqiqotning buyruq maylidagi maqsadi va vazifalari. “Chet tillarni oʻqitishda 
innovatsion usullardan foydalanishning ahamiyati va tarjimashunoslik muammolari” mavzusidagi xalqaro online ilmiy-amaliy 
anjumani materiallari toʻplami. B-193. 
muqobillari va semantik tahlili. “Chet tillarni oʻqitishda innovatsion usullardan Islomova S. Arab maqollarining oʻzbek tilidagi
2
foydalanishning ahamiyati va tarjimashunoslik muammolari” mavzusidagi xalqaro online ilmiy-amaliy anjumani materiallari 
toʻplami .B-235. 



Yüklə 337,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin