Arab va oʻzbek tilshunosligida xalq maqollarini lingvomadaniy aspektda oʻrganish masalalari tadjiyeva Umida


International Conference on Developments in Education



Yüklə 337,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix10.02.2023
ölçüsü337,66 Kb.
#83777
1   2   3   4   5
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Amsterdam, Netherlands 
httpseconferencezone.org June 8
th
 2022 
53 
“xalqning nafaqat tilida, balki adabiyoti, dini va boshqa ma’naviy jabhalarida ham oʻz aksini topgan 
xarakteridir”. Shunday ekan, yuqorida aytib oʻtilganidek, bu “milliy xarakter” xalqning dini, 
siyosati, urf – odatlari, ijtimoiy qatlami, turmush tarzi, tarixi va hatto geografik oʻrni bilan ham 
chambarchas bogʻliq.
3
Oʻzbek xalq maqollari ham, arab xalq maqollari ham turli tillar bilan 
chogʻishtirma metod orqali oʻziga hos boʻlgan lingvomadaniy xususiyati chuqur oʻrganilgan. 
Quyida uning oʻzbek va ingliz maqollarining chigʻishtirish orqali lingvomadaniy xususiyati aks 
etgan na’munani koʻrib chiqamiz:
Inglizcha: “The nearer the Church, the farther from God” maqolini oʻzbek tiliga tarjima qilsak - 
cherkovga yaqinlashgan sari Xudodan uzoqlashar- ma’nosini beradi. Bu oʻzbek tilida: “Besh vaqt 
namozini tark etmas, Harom-xarishni farq etmas” maqoli orqali ifodalanadi. Inglizcha maqoldagi 
“Church” soʻzi oʻzbekcha tarjimada “cherkov” soʻzini beradi. “Cherkov” soʻzi asli oʻzbekcha soʻz 
emas, lekin oʻzbek tilida boshqa tillardan oʻzlashgan termin sifatida mavjud. “Cherkov” xristian 
diniga mansub boʻlgan insonlarning shu dinga xos boʻlgan rasm-rusumlarini bajaradigan joy 
hisoblanadi. Oʻzbek tilida bu soʻzga nisbatan ekvivalent sifatida “masjid” soʻzini keltirsak boʻladi. 
Agar ikki xalqning dinidan kelib chiqadigan boʻlsak, oʻzbek xalqining koʻpchilik qismi islom 
diniga, ingliz xalqi deyarli xristian diniga sigʻinadi. Xristian dinida cherkov xristianlar uchun eng 
muqaddas joy sanaladi va yuqorida ta’kidlab oʻtganimizdek, xristian diniga xos urf-odatlar, 
an’analar oʻsha joyda oʻtkaziladi.Islom dinida musulmonlar uchun islom diniga oid rasmrusumlarni 
oʻtkazish uchun cherkovni aytolmaymiz. Chunki musulmonlar islom 46 diniga xos urf-odatlarni 
bajarish maqsadida masjid, madrasa kabi ulugʻ va muqaddas dargohlarga tashrif buyurishadi. 
“Cherkov” va “masjid” soʻzlari har ikki tilda xalq uchun bir xil vazifani bajaruvchi soʻzlar boʻlishiga 
qaramasdan, ular oʻziga xos foydalanish funksiyalariga egadir. Bu oʻrinda xalq oʻziga xos va mos 
boʻlgan termindan foydalanadi. Shuning uchun ham maqolning oʻzbekcha variantida “cherkov” 
soʻzi ishlatilmadi.
4
Arab mamlakatlarida xalq maqollarining lingvomadaniy jihatdan oʻrganilishiga kelsak, shuni aytib 
oʻtish kerakki, insonlarning maqol va matallarga munosabati qiziqish va hurmatga toʻla. Misr 
yozuvchisi Xanna al-Faxuri arab aforizmlariga bagʻishlangan "Dono soʻzlar va maqollar" kitobida 
shunday yozadi : "Arablar, umuman boshqa sharqiy xalqlar doimo oʻzlarida mavjud boʻlgan dono 
soʻzlar va maqollaraga moyil xalq hisoblanadi. Ular soʻzlarini oʻzlari bilan zaxiralashadi, 
qilmishlarini tushuntiradilar, sochib yuborishadi, qaygʻu va xursandchilikda ularni hayotidagi 
barcha voqealar toʻgʻrisida maqolar orqali soʻzlaydilar. Shuning uchun maqollar va matallar 
kundalik tajribaning oʻziga xos zaxirasi, hayot qonuni, keksalikning bezagi, uy ishlarini, qabilaviy 
ishlarni tashkil qilishda barcha insonlar uchun qoʻllanma boʻladi.Oʻtgan asrning boshlarida P.Dixon 
ta’kidlaganidek, «Arablar har doim shoirlarning va boshqa "soʻz odamlari" ning maqollari va 
soʻzlarini nutqlarida keltirganlar, bundan koʻrinadi ular hikoya qilishni yoqtirganlar va bundan zavq 
olganlar. "
5
Quyida arab va oʻzbek xalq maqollarining oʻziga hos va mushtarak jihatlarini aks ettiruvchi ba’zi 
maqollardan namunalar keltirib oʻtiladi: 
Arab xalqi oʻzbek xalqi kabi Vatanini e’zozlaydi, unga yuksak ehtirom koʻrsatadi. Bu holat ularning 
maqollarida ham bevosita aks etgan: 
6
ناميلاا نم نطولا بح- ya’ni “ Vatanni sevmoq iymondandir. Ushbu maqol oʻzbek xalqida ham 
mashxur. Ze’ro musulmon xalqlari uchun iymon Islom dinining birinchi sharti sifatida e’tiqodning 
belgisi xisoblanadi. Vatanni sevmoqlikning iymon bilan bogʻlanishi musulmon xalqi uchun 
Vatanning Islom dini kabi muqaddas ekanligini anglatadi. Quyidagi maqolga e’tibor qaratamiz:
3
Karamatova K.M., Karamatov H.S. Proverbs–Maqollar– Пословицы. – T.: Mehnat, –2000. –B.62 
4
Karamatova K.M., Karamatov H.S. Ўша манбаъ –B.63 
5
МаксудовУ. Юқорида кўрсатилган манбаъ,ст-108. 
6
نطولا نع لاثمأ و مكح.www.mashdoo3.com. 



Yüklə 337,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin