Arab va oʻzbek tilshunosligida xalq maqollarini lingvomadaniy aspektda oʻrganish masalalari tadjiyeva Umida


International Conference on Developments in Education



Yüklə 337,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix10.02.2023
ölçüsü337,66 Kb.
#83777
1   2   3   4   5
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Amsterdam, Netherlands 
httpseconferencezone.org June 8
th
 2022 
54 
.نطولا اذه لجا نم ايحي نأ لمجلاا نكل و ,هنطو لجا نم ناسنلاا تومي نأ ليمج-Bu maqolda inson Vatani uchun
7
jonini fido qilsa qanday ham yaxshi lekin u oʻsha Vatan uchun yashasa undan xam yaxshi ekanligi 
ta’kidlangan. Maqol orqali inson oʻz Vatani uchun jonini-da ayamasligi, u uchun xattoki oʻlimni 
boʻyniga olishi yaxshi fazilatdir, Vatani uchun kurashish xar bir fuqaroning burchi ekanligini anglab 
yetishi lozimligi ta’kidlanadi, lekin bundan xam afzalroq narsa Vatan uchun yashashdir , ya’ni 
yashab turgan oʻlkaning gullab yashnashiga xissa qoʻshish, u yerdagi qonun-qoidalarga boʻysunish 
va qadriyatlarni xurmat qilish, Vatan uchun munosib farzand boʻlib yetishish koʻzda tutiladi.
Arab tilida Vatan va din tushunchalari yonma-yon qoʻllangan maqollar koʻp uchraydi. Masalan: 
.نطولا ينعم لا و نيدلا ينعم ممهفي مل هنأ ملعإف...ينيد لجأ نم ينطوو يحضأ فوس :لوقي نم عمست امدنع- 
8
. Ushbu maqol 
quyidagi ma’noni anglatadi: Agar biror bir kimsaning dinim uchun Vatanimni qurbon qilaman 
degan gapini eshitsang, bilginki u din nimaligini ham, Vatan nimaligini ham bilmas ekan.) Ushbu 
maqolda Vatanning naqadar muqaddas ekanligini, u insonning dini bilan bir pogʻonada turishini, 
ularning biri-biridan ustun qoʻyilmasligini ifoda etiladi. Shuningdek din yoʻlida vatanga xiyonat 
qilish ham joiz emas. 
Arab va oʻzbek xalqining Vatanga boʻlgan yuksak e’tiqodi aks etgan maqollarda ham mushtarak 
jihatlar koʻzga tashlanadi. Masalan: 
ةبرغلا ةكعك نم ريخ نطولا زبخ 
9
– Ushbu maqol quyidagi ma’noni anglatadi: Oʻz Vataningdagi non oʻzga 
yurtdagi shirinlikdan afzaldir. Mazkur maqolda inson oʻz yurtida yeydigan oddiy non ham, oʻzga 
yurtlarda musofirlikda yeyishi mumkin boʻladigan shirinlikdan afzalroq boʻlishi mumkinligi 
ifodalanadi.
XULOSA 
Shu kabi maqollar oʻzbek tilida ham mavjud: “ Oʻzga yurtda shoh boʻlguncha oʻz yurtingda gado 
boʻl”. Har ikki maqol semantik-sintaktik jihatdan turlicha shakllangan boʻlsa-da, ularda umumiy 
gʻoya ifodalangan. Yurtga shoh boʻlish, bu tuganmas boylik, dunyoning barcha noz-ne’matlariga 
ega boʻlishdir. Lekin inson shunday baxtga erishsa xam uni vatan sogʻinchi tark etmaydi. Oʻz 
yurtidagi oddiy bir non barcha noz-ne’matlardan afzal boʻlib qoladi. Shuning uchun oʻz vataningda 
gado boʻl deb be’jizga aytilmagan. 
Vatan mavzusidagi maqollar tahlili shuni koʻrsatadi-ki, arab va oʻzbek xalqi uchun Vatan muqaddas 
tushunchadir. 

Yüklə 337,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin