Aristotelning sotsiologiya faniga qo’shgan hissasi Reja



Yüklə 196 Kb.
səhifə1/5
tarix19.01.2023
ölçüsü196 Kb.
#79717
  1   2   3   4   5
Aristotelning sotsiologiya faniga qo’shgan hissasi


Aristotelning sotsiologiya faniga qo’shgan hissasi
Reja:

  1. Aristotelning sotsiologiya faniga qo’shgan hissasi

  2. Aristotel “Siyosat” asari

Qadim yunon faylasufi Arastu (Aristotel, m.a.384-322yy.) “Siyosat” nomli asarida siyosat to‘g‘risidagi fanga asos solgan. U Aflotunni o‘zining ustozi sifatida tan olgan bo‘lsada, uning ko‘pgina fikrlarini inkor qilgan. Ammo bu ikki alloma yevropa madaniyati va sivilizatsiyasining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan. Chunki ular ilk bor davlatning qaror topishi, shakllanishi va boshqaruvidagi teologik konsepsiyalarga1 qarshi chiqib, mazkur jarayonning tabiiy ravishda kechishi g‘oyasini ilgari surgan.
Arastu o‘zining ijtimoiy qarashlarini “Metafizika” (“Birinchi falsafa”), “Jon to‘g‘risida”, “Analitika”, “Siyosat to‘g‘risida” kabi bir qator asarlarida bayon etgan.
Arastuning fikriga ko‘ra, har qanday davlat tabiiy ravishda va tarixiy rivojlanish natijasida oiladan2 boshlab shakllanadi. Arastu ham Aflotun kabi insonlarning ehtiyojlariga to‘laligicha javob beruvchi ideal davlat boshvqaruvini yaratishga intilgan. Yu.N.Davidov Arastuning ijodini o‘rganib chiqish natijasida shunday xulosaga kelgan: “o‘z asarlarida polis nomi bilan atalgan va bugungi kunda ilmiy manbalarimizda davlat sifatida tarjima qilingan tushuncha, aslida olim tomonidan jamiyat sifatida talqin qilingan va anglangan”3.
Arastuning ideal jamiyatida qul va quldorlarning mavjudligi tabiiy holat, deya baholangan. Chunki davlatni kimdir boshqarishi, kimdir esa unga bo‘ysunib, bajaruvchi vazifasini ijro etishi kerak. Olim ahloqiy fazilatlar faqat erkin kishilarga – quldorlarga xos, deb bilgan. Davlat boshqaruvida xalqni o‘z izmiga solish faqat ikki yo‘l: qo‘rqitish (qo‘rquvda saqlash) va mehr-muhabbat (g‘amho‘rlik) ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi.
Aflotun va Arastudan so‘ng T.Gobbs, J.Lokk, J.Mill, Sh.Monteske, J.J.Russo, M.Veber va boshqalar jamiyat va davlatni boshqarishdagi parlamentarizm muammolarini o‘z asarlarida ko‘rib chiqishgan4.
Qadim Rim jamiyatidagi ijtimoiy muammolar, ya'ni, tabaqalar o‘rtasidagi va fuqarolar orasidagi munosabatlarni tartibga solish masalasi jamiyatda huquq normalarining yaratilishi, qonunlarning ishlab chiqilishiga olib keldi. Huquqshunoslik fanining yaralishi qadimgi Rimda boshlangan. Qadimgi Rim huquqi yevropada huquq ilmining rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun huquq fanning rivojlanishi qadimgi Rim bilan bog‘liq. Chunki nisbatan mukammal sanalgan va xususiy mulk munosabatlariga asoslangan respublika tuzumi aynan shu diyorga ilk bor qaror topgan edi (m.a. 510-509yy.). Bu paytda Rim qonunlari quldorlar huquqi va manfaatlarini himoya qilishga va aholining kam ta'minlangan qatlamlari hamda qullarni ekspluatatsiya qilishni qonunlashtirgan bo‘lsada, keyingi davrlarda yaratilgan qonunlarning tayanch asosi hisoblanadi.
Qadimgi Rimda Yunonistondagi kabi faylasuf olimlar ko‘p bo‘lmagan. Bu diyorda asosan qonunlar ishlab chiqilgan. Rim huquqi va jamiyatini o‘rgangan mashhur olim Mark Tulliy Sitseron (m.a.106-43yy.) yunon falsafasini Rim aholisi orasida keng yoyish orqali aholining dunyoqarashini shakllantirishga harakat qilgan. U Aflotun asarlaridan ruhlanib, “Davlat haqida”, “Qonunlar haqida” nomli asarlarni yozgan (m.a.54-51yy.). Mazkur ishlarida Sitseron Rimning davlat tuzilishini o‘rganib, uni mukammallashtirish yo‘llarini qidirgan. Sitseronning fikricha, davlat (respublika) xalqning boyligidir5. Shuning uchun u xalq tushunchasi borasida quyidagilarni bildirgan: “xalq qandaydir tarzda birgalikda to‘plangan har qanday odamlarning birlashmasi emas, balki huquq va manfaatlar umumiyligi masalalarida o‘zaro bir-birlari bilan, kelishish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pchilik odamlarning qo‘shilmasidir6”. Shuningdek, mutafakkir barqaror va adolatli jamiyat qurishni orzu qilar ekan, uning markazini ideal fuqarolar tashkil etishini chuqur anglab yetgan. Ideal fuqaro burchlari sifatida Sitseron haqiqatni, adolatni anglagan, ruhiyati ulug‘vor va odob-ahloq doirasida bo‘lgan, o‘z intilishlarini faqat ezguliklarga qaratgan insonni tushunadi. Olim fuqarolarning burchlari borasida fikr yuritib, fuqaroning vatan oldidagi askar sifatida himoya qilish majburiyatini7 asosiy burchlardan biri sifatida ko‘rsatgan. D.Markovichning ta'kidlashicha, Sitseronning Rim huquqini o‘rganishdagi hissasi juda ulkan bo‘lib, buni sinfiy jamiyatni o‘rganishdagi ilk sotsiologik tadqiqot sifatida baholash mumkin8.
Aristotel “Siyosat” asarida turli masalalarni tahlil qilish paytida yakka insonning imkoniyatlari chegaralangan bo‘ladi. Jamiyatdagi ayrim voqyea va hodisalarni tushunishda ko‘pchilikning mushohadasi o‘rinliroq va samaraliroq sanaladi. Olim boylik va ilmiy asosga ega bo‘lmagan erkin fuqarolarning jamiyat hayotining qaysi jabhasini boshqarishi kerak, degan savolga javob qqidirishga intilgan. Bir tomondan, yetarlicha ko‘nikma va bilimg ega bo‘lmagan keng ommani yuqori lavozimlar ustidan nazoratini o‘rnatish u qadar xavfsiz emas. Chunki ular adolatsizlikka va noto‘g‘ri qarorlarga yo‘l qo‘yishlari mumkin. Ikkinchi tomondan, ularni hhokimiyatdan butkul chetlatish ham xavf tug‘dirishi mumkin. Chunki davlatda ko‘pchilik siyosiy huqulardan mahrum qilinsa, qashshoqlar soni ko‘p bo‘lsa, bunday davlatda norozilik va qarshilik kayfiyati kuzatilib, nizolarga sabab bo‘lishi mumkin. Aristotel mazkur yo‘nalishda fikr olib borib, oddiy xalqni yig‘inlarda va sub hokimiyatidagi huquqlarni cheklash lozimligini ko‘rsatgan.9

Yüklə 196 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin