Aristotelning sotsiologiya faniga qo’shgan hissasi Reja



Yüklə 196 Kb.
səhifə3/5
tarix19.01.2023
ölçüsü196 Kb.
#79717
1   2   3   4   5
Aristotelning sotsiologiya faniga qo’shgan hissasi

Kapitalizm davrida jamoatchilik fikri fenomenining nazariy jihatdan anglash, uning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rnini o‘rganish uchun asoslar va imkoniyatlar yaratila boshlandi.
Italiyalik mutafakkir Makiavelli o‘zining “Xukmdor” asarida jamoatchilik fikrining ko‘pqirrali ekanligini aytib o‘tadi. Siyosiy ong va siyosiy xatti-harakatni yoritish maqsadida olim jamoatchilik fikrini ham o‘rganadi. U xalqni ulkan kuch sifatida ta'riflab, u xukmdorning mustahkam asosi bo‘lishi mumkinligini ta'kidlaydi. U shunday yozgan: “tashqi dushmanlaridan ko‘ra o‘z xalqidan ko‘proq qo‘rqqan xukmdor uchun qal'ani o‘rab turuvchi devorlar foyda berishi mumkin, ammo o‘z xalqidan emas, balki tashqi dushmanlardan xadiksragan xukmdor uchun qal'alarning keragi yo‘q... ularning eng katta himoyasi xalqining muhabbatidir”.
Makiavelli jamoatchilik fikrida xukmdorning aks etuvchi ba'zi sotsial-psixologik xususiyatlarini ta'kidlab o‘tgan: “Har birimizning ko‘zimiz borligi uchun insonlar eng avvalo tashqi ko‘rinish asosida baho berishadi, qo‘l bilan tegib ko‘rish imkoni esa hammaga berilmagan va seni tashqi qiyofang asosida biluvchilarning soni seni ichki olaming asosida biluvchilar sonidan ancha ko‘p. Ko‘pchilikni tashkil etuvchilarning fikriga hamisha ozchilik ergashadi. Ko‘pchilikning fikrini davlat qo‘llab-quvvatlaydi”.
Yangi davr. Mazkur davrda jamoatchilik fikri borasida A. Smit, F. Bekon, Dj.Lokk, T.Gobbs kabi olimlar o‘z fikrlarini bildirishgan.
Jamoatchilik fikrini amaliy sotsiologik jihatdan o‘lchash va o‘rganish jarayoni X1X asrda AQShda boshlangan bo‘lib, ular jamiyatda iqtisodiy muammolar va siyosiy vaziyat, ya'ni saylovlar va partiyalarning faoliyati borasida axborot olishga bo‘lgan katta ehtiyoj tufayli yuzaga kelgan.
Jamoatchilik fikri sotssiologiyasi sotsiologiyaning eng ko‘p talab qilinayotgan yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, uning asosiy maqsadi jamoatchilik fikrini o‘rganishdagi samarador mexanizm va texnologiyalarni yaratishdan tashqari, uni tashkil etish va dinamikasini aniqlashdan iborat. Bunda jamoatchilik fikrining ob'ekti va sub'ektini o‘rganish, muhim sotsial institut sifatidagi faoliyatining muhim tendensiyalarini ochib berish muhim kahamiyat kasb etadi.
Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi nisbaatn yosh yo‘nalitshlardan biri bo‘lib, u fuqarolik jamiyatining rivojlanishidan darak beradi. XXasrning o‘rtalaridan boshlab fanda jamoatchilik fikri va uning haqqoniyligi kabi masalalarga nisbatan shubha bilan qarash urf bo‘lgan. Bu jamoatchilik fikrii sotsiololgiyasining o‘rganish doirasini qator yangi muammolar bilan boyitib, tadqiqot uchun zamin yaratmoqda. Ko‘p hollarda oddiy xalq va olimlar o‘rtasida ham jamoatchilik fikrining muhimligi va haqqoniyligi juda past baholanishi kuzatilmoqda. Misol uchun P.Burdening “Jamoatchilik fikri mavjud emas” nomli dokladi yoki U.Lippmanning “jamoatchilik fikri ratsional emas, yetarlicha emotsional va voqyealar rivojidan ortda qoladi, shuning uchun jamoatchilik fikrini boshqaruv qarorlarini qabul qilish paytida asos sifatida qabul qilib bo‘lmaydi”, degan fikrlari13
.XX asrda jamoatchilik fikri sotsiologiyasi boshqa sotsiologiya yo‘nalishlari orasida o‘zining mustahkam o‘rnini egallab oldi. AQShda jamoatchilik fikrini o‘rganuvchi firmalar tarmog‘i shakllarndi. Ularning eng yirigi Djordj Gellappning xalqaro tarmog‘i sanaladi. yevropada Germaniyada faoliyat olib boruvchi demoskopiya Instituti mashhur. Fransiyada J.Stetsel jamoatchilik fikrini o‘rganish masalasini institutlashuviga yirik hissa qo‘shgan bo‘lib, ko‘p yillar davomida “Zondaj” nomli jurnalni chop ettirgan. Bugungi kunda “Gellapp interneyshnl” xalqaro tarmog‘i Shimoliy Amerika va yevropaning deyarli barcha mamlakatlarini qamrab olgan va ularda faoliyat olib boradi.
Jamoatchilik sotsiologiyasi XX asrda sotsiologik bilimning tarmog‘i sifatida shakllangan. Sotsiologik nuqtai nazardan jamoatchilik fikri murakkab sotsial kompleks bo‘lib, uni o‘rganishda uch xil yondashuv nuqtai nazaridan amalga oshiriladi.

  • Ma'naviy hayotning mental komponenti.

  • O‘ziga xos sotsial jarayon.

  • O‘ziga xos sotsial institut.

Jamoatchilik fikri – ommaviy ongning o‘ziga xos shakli bo‘lib, u orqali jamiyatda sodir bo‘layotgan jarayonlar, hodisalar, muammolar, davlat arboblari, faktlarga nisbatan ijtimoiy bahoni, xalq manfaatlarini hamda ma'naviy-amaliy yondashuvini bilish mumkin.
Jamoatchilik fikrining mohiyati quyidagi holatlarda o‘z aksini topadi.

Yüklə 196 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin