Aristotelning sotsiologiya faniga qo’shgan hissasi
Birinchidan, jamoatchilik fikri jamiyatdagi insonlarning tafakkuri mahsuli.
Ikkinchidan, jamoatchilik fikrining shakllanishidan ijtimoiy manfaat va ehtiyojlar asosiy tanlov sharti sanaladi.
Uchinchidan, insonlarning ommaviy tafakkur mahsuli sanalagan fikrlarining ob'ektivligi turli xil darajada bo‘ladi va ba'zan xato bo‘lishi ham mumkin.
To‘rtinchidan, jamoatchilik fikri keng jamoatchilikni faoliyatga rag‘batlantiruvchi fikr snaladi.
Beshinchidan, jamoatchilik fikri jamiyatda faoliyat olib boruvchi turli bilim darajasi va ko‘nikmalarga eg bo‘lgan, yosh jihatidan va boshqa kriteriylar asosida farqlanuvchi individlar fikrlarining yig‘indisi sanaladi.
Jamoatchilik fikrining sub'ekti – keng jamoatchilik bo‘lib, o‘zining ichki strukturasiga ega bo‘ladi va uni sotsiologik jihatdan o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Ularga sinflar, tabaqalar, guruhlar, yakka shaxslar kiradi. Mazkur birliklar doirasida jamoatchilik fikri shakllanadi.
Jamoatchilik fikrining ob'ekti – bu jamoatchilik fikri nima borasida shakllanganligidir, ya'ni jamiyatdagi biror dolzarb muammo, qandaydir fakt, holat yoki shu kabilar. Ob'ekt qay darajada inson manfaatlariga tegishli bo‘lsa, jamoatchilik fikrini shu darajada relefliroq bo‘ladi. Misol uchun ekologik muammolar yoki jamiyatdagi sotsial tengsizlik masalasi.
Jamoatchilik fikrining xususiyatlari:
Jamoatchilik fikrining asos xususiyatlariga dixotomik reflektivlik (aks ettirish) va substansional yo‘nalganlik kiradi.
Jamoatchilik fikrining institutsional xususiyatlariga jamoatchilik fikrining shakllanganlik darajasi, harakatda namoyon bo‘lishi, ma'lum vazifalarga yo‘nalganligi, ma'lum vazifalarga ega bo‘lishi kiradi.
Jamoatchilik fikrining instrumental xususiyatlari, ya'ni jamoatchilik fikrining miqdoriy ko‘rsatkichlariga masshtablilik, jamoatchilikfikrining geografik tarqalganligi, o‘zaro bog‘liqligi, bir xil elementlardan tashkil topishi, intensivligi, qat'iyligi, modalligi kiradi. Modallik jamoatchilik fikri strukturasidagi asosiy baholarning taqsimlanishi va mutanosibligini belgilaydi.
Jamoatchilik fikrining strukturasi o‘z ichidagi komponentlarining o‘zaro qonuniy bog‘liqligi asosidagi joylashuvi va aloqasini nazarda tutadi. Jamoatchilik fikri tarkibidagi asosiy komponentlar besh darajaga bo‘lib o‘rganiladi.
Tarkibiy komponentlar (ma'lum ob'ektlarga nisbatan ijobiy, salbiy, neytral baholar)
Asos komponentlari (ratsional emotsional, irodaga oid komponentlar)
Sb'ekt-ob'ekt komponentlari (asosiy sotsial sub'ektlar yoki jamoatchilik fikrining egalari, jamoatchilik fikrini aks ettiruvchi ob'ektlar)
Darajali komponentlar (ichki tuzilish, ijtimoiy psixologiya va ideologiyaning mutanosibligi)
Jamoatchilik fikrining dinamik yoki diaxronik strukturasi, ya'ni jamoatchilik fikrining asosiy sikllari: genezis bosqichi, funksional bosqich, yakun topish bosqichi.
Jamoatchilik fikri o‘zining ikki asosiy vazifasiga ega. Ularning birinchisi gnoseologik vazifa bo‘lib, u o‘z ichiga atrofdagi voqyea va hodisalarni bilish hamda ularni baholash jarayonlarini qamrab oladi. Jamoatchilik fikrining sotsietal vazifasi o‘z ichiga shaxsning adaptatsiyasi, sotsiomadaniy meros, madaniyatlarning o‘zaro mutatsiyasi (qo‘shilishi), konservativ funksiya, boshqaruv funksiyasi, nazorat funksiyasi, maqsadga yetishtirish funksiyasi, himoyalash funksiyasi, boshqaruv funksiyasi kabilarni qamrab oladi. Jamoatchilik fikrining nazorat funksiyasi – hokimiyat va davlat institutlarini nazorat qiladi.
Konsultativ funksiya – hokimiyat orgnalariga maslahat beradi.
Direktiv funksiya – sotsial hayotga tegishli bo‘lgan qarorlar referendum vositasida qabul qilinadi.
Baholash funksiyasi – jamiyatda yuz yerayotgan barcha voqyea va hodisalar yuzasidan o‘zining baholovchi ijobiy yoki salbiy fikrini bildirishi.
Ba'zan jamoatchiliki fikri emotsiyalar ta'sirida shakllanadi. Ammo u konstruktiv va tahliliy tadqiqotlar asosida shakllangan bo‘lsa, maqsadga muvoffiq va ob'ektiv sanaladi. U ijobiy va salbiy mushohadalar sifatida namoyon bo‘lishi mumkin.
Sotsiologiyada “Xalq nimani o‘ylaydi va nimani istaydi?”, degan savol asosiylarida biri sanaladi. Bizning mamlakatimizda sotsiologik tadqiqotlar amaliyoti nisbatan yaqin tarixga ega. Shunga qaramay sotsiologik tadqiqotlarni o‘tkazish va ma'lumotlarni tahlili asosida tegishli xulosalarni ishlab chiqish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, desa bo‘ladi.
Jamoatchilik fikri shakllanishi davomida paydo bo‘lish, shakllanish va faoliyat bosqichlarini bosib o‘tadi. Jamoatchilik fikri stixiyali yoki ongli ravishda shakllanishi mumkin.
Jamoatchilik fikrini shakllantirishning o‘ziga xos usullari mavjud. Ularga singdirish, ishontirish, taqlid usullari kiradi. Jamoatchilik fikrini shakllantirish kanallariga esa ommaviy axborot vositalari, og‘zaki tashviqot, siyosiy targ‘ibot, shaxslararo munosabatlar kiradi.
Jaomatchilik fikrining shakllanish bosqichlari o‘z ichiga individual fikrlarning paydo bo‘lishi, fikrlar almashinuvi, ko‘plab fikrlarning o‘zaro moslashishi asosida yagona fikrning hosil bo‘lishi hamda faoliyatga kiritilishini oladi. Kundalik hayotimizda jamoatchilik fikrining shakllanish bosqichlari hammasi birgalikda amalga oshirilib, o‘ziga xos ko‘tarilish va tushishlardan iborat bo‘ladi. Har daqiqa biror yangi individual, guruhiy yoki jamoatchilik fikri shakllanadi.
Jamoatchilik fikri deyarli har doim o‘zining sardorlariga, boshchilariga ega bo‘ladi. Urug‘chilik jamoasida bu yoshi ulug‘ oqsoqollar bo‘lgan, keyinchalik esa diniy rahnamolar, zodagonlar, partiya rahbarlari va h.k. Ular o‘z ta'sir doirasi orqali jamoatchilik fikrini boshqarib, nazorat qilib turishgan.
Bugungi kunda jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi maxsus mutaxassislar – ideologlar, mafkurani targ‘ib etuvchilar mavjud. Ular jamiyatda ma'lum fikrning ustun bo‘lishini ta'minlash vazifasini bajarishadi. Bunda odatda propaganda (tashviqot), senzura, sotsial psixologiya usullaridan keng foydalaniladi.
Shakllangan jamoatchilik fikri integrativ xarakterga ega bo‘ladi. U fikrlarning umumiy yig‘indisi emas, balki umumiy ongning namoyon bo‘lgan shakli sanaladi. Shakllangan jamoatchilik fikrining tarkibini aksariyat baholar tashkil etadi. Bu baholar ba'zi hollarda aldamchi bo‘lishi ham mumkin.
Jamoatchilik firkini o‘rganishning asosini unining metodika va metodologik bazasi, jumladan so‘rovnomani tuzish usullari va yo‘llari tashkil etadi. Gellap institut tomonidan XX asrning 40 yillarida saylov kampaniyalarining yo‘nalishini va rivojlanishini bashorat qilish tajribasini o‘rganish natijasida jamoatchilik fikrini o‘rganish metodikasini takomillashtirish maqsadida besh o‘lchovli rejasini ishlab chiqilgan.
Unga ko‘ra, mazkur jarayonda eng asosiysi savolni tanlash va uni ifoda etish ekanligi aniqlandi. Mazkur sohada aniqlangan kamchiliklar to‘g‘ri qo‘yilmagan va sifatsiz savollar tufayli ekanligi aniqlandi. Misol uchun savol o‘rganilayotgan predjmet yuzasidan ma'lumotga ega bo‘lmagan pinsonlarga berilgan; savolga javobni o‘ylamasdan avtomatik beruvchilar hamda savolnio‘ylab, baholab javobberuvchilar o‘rtasidagi farq inobatga olinmagan; savollar turli guruhlar tomonidan turlicha baholanishi mumkin bo‘lgan, ya'ni ikki xil ma'noga ega bo‘lgan; ayrim savollarga bitta tugal javob berish imkoni bo‘lmagan; nima sababdan respondent ma'lum fikrni yoqlagani ex'tiborga olinmagan.
Gellappning rejasiga ko‘ra, jamoatchilik fikrining beshta xususiyati e'tiborga olinishi kerak:
respondentning so‘ralayotgan predmet yuzasidan ma'lumotga egaligi
respondentning umumiy nuqtai nazari
nima sababdan respondent ma'lum qarashlarning tarafdori ekanligi
muammoning o‘ziga xos tomonlari yuzasidan respondentning fikrlari
bildirilayotgan fikrning intensivligi, ya'ni jadalligi.
Gellappning besh o‘lchovli rejasida besh xil turdagisavollardan foydalaniladi. Bular filtr savollar, ochiq savollar, sababiy savollar, o‘ziga xos savollar, fikrning jadalligini aniqlovchi savollar. Bugungi kunga kelib sotsiologiyaning rivojlanishi tufayli uning metodika va metodologiyasida ko‘plab o‘zgarishlar yuz berdi. Jumladan, savollarning ko‘plab turlari ishlab chiqilib, ularning shakllari takomillashib bormoqda. So‘rovlar mintaqaviy va umummilliy darajada o‘tkazilmoqda. Undan tashqari buyurtmachining talabiga binoan yopiq so‘rov tadqiqotlari; turli tadqiqot institutlarining eksperimental so‘rovlari olib borilmoqda. Ularning amaliy va nazariy ahamiyati yuqori bo‘lib, jamiyat va alohida buyurtmachilarning maqsadlaridan kelib chiqqan holda jamoatchilik fikrining ma'lum jabhalarini va baholovchi fikrlarini, fikrning rivojlanish tendensiyalarini aniqlash imkonini beradi.
Shundan kelib chiqqan holda bugungi kunda jamoatchilik fikrnini o‘rganishning va qayd etishning quyidagi shakllarini ko‘rsatish mumkin14:
1. Elektoral (saylovlar paytida)
2. Plebessentar (umumxalq muhokama)
3. Kommunikativ (prezidentning xalq bilan muloqoti)
Jamoatchilik fikri sotsial hayotning shunday hodi sasi sanaladiki, uni har tomonlama o‘rganib, tahlil qilib, qat'iy ravishda aniqlashning iloji yo‘q. Shuning uchun zamonaviy ilmiy adabiyotlarda jamoatchilik fikrining bir qator ta'riflari mavjud. Mazkur ta'riflar asosida jamoatchilik fikrini sotsial jamoa ongining jamiyatdagi voqyea va hodisalarga nisbatan bo‘lgan fikrlari mahsuli sifatida belgilash mumkin. Jamoatchilik fikri jamiyat hayotida baholovchi mushohadalar va mazkur jamoaviy birliklarning amaliy xatti-harakatlari shaklida namoyon bo‘ladi.
Jamoatchilik fikri doimiy ravishda guruhiy fikrni o‘zida ifodalab ijtimoiy manfaatlarga kiruvchi masalalarni qamrab olgan bo‘ladi. O‘z mohiyatiga ko‘ra, u nazariy tasavvur, ob'ektiv bilimlar va aldamchi fikrlardan tashkil topgan bo‘ladi. Jamoatchilik fikri avvaliga individlarning emotsiya va fikrlarida namoyon bo‘ladi, so‘ng esav ularni amaliy harakatlarni bajarishga undaydi. Ko‘pchilik olimlarni ng fikricha, jamoatchilik fikri insonlarning sotsial o‘zaro harakatlarining eng muhim mexanizmlaridan biri sanaladi. Chunki har qanday sotsial guruhning amaliy xatti-harakati umumiy fikrning shakllanishiga bog‘liq bo‘ladi. Jamoatchilik fikri hodisasi jamiyatni tadqiq qiluvchi barcha mutaxassislar tomonidan o‘rganiladi. Bularga jurnalistlar, porlitexnologlar, sotsial harakatlarning faollari kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Jamoatchilik fikri jamiyat hayotida muhim o‘rin egallaydi. Shuning uchun uni o‘rganish va o‘lchash barobarida shakllantirish usullari ham mavjud.
Jamoatchilik fikrini sun'iy ravishda biror maqsad yo‘lida shakllantirish mutaxassilar tomonidan sotsial texnologiya sifatida qabul qilingan va sotsial jarayonlarni boshqarish jarayonida keng qo‘llaniladi.
Sotsium bir qator sabablarga ko‘ra, jamoatchilik fikrini o‘rganishga qiziqadi.
Birinchidan, jamoatchilik fikri jamiyat ruhiy va ma'naviy olamining o‘ziga xos hosilasi sanaladi. Shuning uchun u doimiy ravishda tegishli bo‘lgan guruhining manfaatlari va o‘ziga xos jihatlarini mujassamlashtirgan bo‘ladi. Jamoatchilik fikrining sotsial bazasi qay darajada keng bo‘lsa, uning sotsial turdagi munosabatlarni transformatsiyalash instrumenti sifatidagi ta'sir doirasi shu qadar keng bo‘ladi.
Jamoatchilik fikri jamiyatning manfaatlarini ifoda etuvchi muhim dolzarblik indikatori sifatida namoyon bo‘ladi.
Jamoatchilik fikri sotsial-psixologik fenomen sifatida ommaning yetarlicha uzoq muddatli harakatlarini rag‘batlantiruvchi va yo‘naltiruvchi omil sanaladi.
Jamoatchilik fikri sotsial texnologiya sifatida boshqaruv qarorlarining qabul qilinishida muhim o‘rin egallaydi. Uning davlat va jamiyat boshqaruvining faol sub'ekti sifatidagi o‘rni jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, texnik sharoitlaridagi o‘zgarishlar barobarida rivojlanishi oqibatida ortib boradi. Natijada jamoatchilik fikrining vazifalari ortib boradi, jamoatchilikning fikr doirasi kengayadi, fikrlarning chuqurligi va sifati ortadi. Shuning uchun jamoatchilik fikri deyilganida, jamoatchilik ongining namoyon bo‘lish shakli sifatida qabul qilishimiz mumkin. Bunda fikrlar yozma yoki og‘zaki shaklda bildirilishi, dolzarb muammolarga nisbatan oshkora yoki yashirin munosabatlarni ifodalashi mumkin.
Jamoatchilik fikrini individual fikrlarning hosilasi sifatida qabul qilish holati ham mavjud. Bu yondashuv odatda ma'lum davlat yoki mintaqa aholisining fikriga nisbatan qo‘llaniladi.
Jamoatchilik fikri jamiyat hayotining barcha jabhalarida namoyon bo‘lishi mumkin. Ularning barchasi o‘zaro bog‘liqliklarga ega. Misol uchun jamoatchilikning siyosiy baholari ularning huquqiy baholari bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Ahloqiy baholar insonlarning umum qabul qilingan normalarga muvoffiqligi bilan bog‘liq.
1 концепция – (лат. conceptio) тушуниш, тизим. Определенный способ понимания, трактовки явлений, основная точка зрения, руководящая идея для их освещения; ведущий замысел, конструктивный принцип различных видов деятельности.
2 Аристотель. Политика // Соч.: В 4 т./ Академия наук СССР: Ин-т философии. — М.: Мысль, 1984. С.377-378.
3 Давыдов Ю.Н. От «Этики» к «Политике» // История теоретической социологии: В 5 т./ Отв. ред. и состав. Ю.Н.Давыдов. - М.: Наука, 1995. -Т. 1.- Разд.2. -Гл.1. - С.61]
4Bobobеkov A. Yuqori palata va parlamеntarizm rivoj topishining asosiy yo`nalishlari. «Qonun himoyasida». 2004. 2-son. 22-b.
5 Новикова С.С. Социология: история, основы, институционализация в России. - М.: Московский психолого-социальный институт; Воронеж: Издательство НПО «МОДЭК», 2000. - С.223-224.
6 Цицерон. Диалоги о государсве, о законах. – М., 1966. С. 39.
7 Цицерон. Диалоги о государсве, о законах. – М., 1966. С. 46.
8 Маркович Д. Общая социология: [Пер. с серб.-хорв.] — Ростов н/Дону.: Изд-во Рост. ун- та, 1993. С.
9 Аристотель. Политика. — М., 2002. — С. 105.
10 Пальмиери М. О гражданской жизни // Антология мировой философии. Возрождение. — Минск, 2001. — С. 256.