Ushbu maqolani ham o‘qing:Yurak urish tezlashishi yoki taxikardiya qanday kasallik?
Aritmiyasi mavjud boʻlgan kishi mutlaqo oʻz-oʻzicha davolanmasligi, xususan, oʻzbilarmonlik bilan aritmiyani toʻxtatuvchi dori vositalarini isteʼmol qilmasligi kerak, chunki aritmiya boshqa xastaliklar bilan birga kechishi mumkin. Hamma aritmiyalar ham davo talab etavermaydi. Aritmiyani davolash zaruriyatini shifokor hal qiladi.
Tomir urishi qanday aniqlanadi? Tomir urishlari sonini aniqlashni har bir odam bilishi kerak. Buning uchun shifokor boʻlish shart emas. Odam bilagining barmoqlarga yaqin qismining ikki chetida ikki arteriya tomiri oʻtgan, bu tomirlar koʻrsatkich va oʻrta barmoq bilan birga asta sekinlik bilan bosib koʻrilsa, tomir urishini aniqlash mumkin. Ammo tomir hamma odamga birday kuch bilan uravermaydi. Masalan, qon bosimi baland odamlarda tomir urishlari sezilarli daraja kuchli boʻladi.
Qon bosimi past odamlarda esa tomir urishini ilgʻash biroz qiyin. Shu sababli, tomir urishini aniqlashda, eʼtibor bir joyga jamlash kerak boʻladi. Tomir urishlari sonini aniqlash uchun avval tomirni yaxshilab topib olib, soʻngra sekundomer yoqiladi. Eʼtiborni tomirga qaratib, bir daqiqadagi urishlar sonini xayolan sanaladi. Sanayotgan paytda sekundomerga kamroq qarash lozim, aks holda inson beixtiyor sekundomer ishlash ritmiga qarab sanaydi va xato qiladi. Sogʻlom odamning yuragi tinch holatda 60 tadan 90 tagacha uradi. Tomir urishi sonidan tashqari uning, bir maromda urish-urmasligini ham aniqlash kerak.
Xurujda birinchi yordam
Derazalar ochiladi, koʻylakning yoqasi yechiladi, kamar sal boʻshatiladi.
Divan yoki oʻringa qulay oʻrnashiladi.
Koʻzlar yumiladi va 10 soniya davomida koʻz olmalari ikkala koʻrsatkich barmoq bilan qattiqroq, lekin ogʻritmaydigan darajada bosiladi. Ushbu amal 1 daqiqada 3 marta bajariladi.
Chuqur nafas olinadi va ushlab turiladi; amal 5 marta takrorlanadi va 2-3 daqiqa kutib turiladi, soʻngra yana bajarish mumkin.
Oyoqni tizza boʻgʻimida bukib, oʻtirib olinadi, qorinlar songa tekkan; shu vaziyatda chuqur nafas olib soʻng, kuchaniq bajariladi.
Aritmiya (yun. a – inkor qoʻshimchasi va rythmos – ritm) – yurak qisqarishlari maromi (normal ritmi)ning buzilishi; chuqur nafas olganda yurak qisqarishining tezlashishi, nafas chikarganda kamayishi (nafasga aloqador A.), koʻproq bolalar va usmirlarda ku-zatiladi; yurakning navbatdan tashqari oldinroq qisqarib qolishi (ekstrasi-stolik A.), maromli faoliyatining izdan chiqishi (hilpillovchi A.) va boshqa A. ga yurak muskullarining kasalliklari, nevrozlar, spirtli ichimliklar va nikotindan zaharlanish sabab buladi (qarang Yurak).