Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 1-son
42
V.Usoskinning xulosasiga ko‘ra, tijorat banki-
ni haddan ziyod kapitallashib ketishi, o‘z mablag‘la-
riga bo‘lgan ehtiyojga nisbatan ortiqcha aksiyalarni
muomalaga chiqarish tijorat bankining moliyaviy
holatiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltirishi
mumkin. Chunki, kapital moliyalashtirishning nis-
batan qimmat shakli hisoblanadi, undan ko‘ra omo-
natchilarning mablag‘larini jalb qilish arzon va qu-
lay hisoblanadi [8].
V.Usoskinning ushbu fikri O‘zbekiston bank
amaliyoti uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
Chunki, O‘zbekiston banklari passivlarining umu-
miy hajmida kapital nisbatan yuqori salmoqni egal-
laydi. Masalan, 2021 yilning 1 noyabr holatiga ko‘ra,
respublikamiz tijorat banklari passivlarining umu-
miy hajmida regulyativ kapitalning salmog‘i 16,7
foizni tashkil etdi [14].
A.Mian va A.Safining xulosasiga ko‘ra, uy
xo‘jaliklarining o‘z risklarini nazorat qilish imko-
niyatlarini firmalarnikiga qaraganda sezilarli dara-
jada cheklanganligi bois ularga berilgan kreditlarni
o‘z vaqtida qaytmaslik ehtimoli yuqoridir[4].
Dando va Skodberg tomonidan amalga oshi-
rilgan tadqiqot natijalari ko‘rsatdiki, reytinglar
o‘rtasidagi migratsiya matritsalari asosida ekstra-
polyatsiyalarni baholash yuqori reytingli kredit
portfellari uchun, shu jumladan, past defoltli kredit
portfellari uchun defolt maqomiga o‘tishni aniq
baholash imkonini beradi [5].
M.Gorsky, E.Reshulskayalar kengaytirilgan
ma'noda "moliyaviy barqarorlik" - bankning to'p-
langan likvidligi va o'z kapitali bo'yicha moliyaviy-
iqtisodiy holatining xarakteristikasi, makroiqtisodiy
sharoitlarda kreditlash va investitsiya faoliyati so-
hasida beqarorlik va tashqi (tartibga soluvchi organ
tomonidan belgilanadigan) va ichki (bankning kre-
dit strategiyasi bilan belgilanadigan) standartlarni
hisobga olgan holda moliyaviy natijaning saqlanishi
va o'sishini ta'minlaydi[11] deya ta’kidlaydi.
K.Kumar va A.Prakashlar “banklar uchun eng
ustuvor bo'lgan barqarorlik masalalari moliyaviy
qulaylik, moliyaviy savodxonlik va energiya samara-
dorligi kabi biznes operatsiyalari bilan bevosita
bog'liq va banklar muhim jihatlarga emas, balki
bank faoliyatida barqarorlikning ijtimoiy jihatini hal
qilishga ko'proq e'tibor qaratmoqda”[10] deb o`z
fikrlarini bildirib o`tgan.
O.Sattarov “bank tizimi barqarorligi-bu Mar-
kaziy va tijorat banklari faoliyati davomida o‘z
funksiyalarini to‘laqonli bajara olishini ta’minlagan
holda, rivojlanishga intilishdir” degan xulosaga kel-
gan[12].
Yo. Muxmudaliyeva “bank tizimi barqarorligi-
bu Markaziy va tijorat banklari faoliyati davomida
o‘z funksiyalarini to‘laqonli bajara olishini ta’min-
lagan holda, rivojlanishga intilishdir” degan fikrga
kelgan[13].
Dostları ilə paylaş: