2-rasm. Bank of America ning passivlari, regulyativ kapitali va uning passivlar hajmidagi salmog‘i[16], foizda 2-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 2020 yil-
da 2018 yilga nisbatan Bank of America bankining
passivlarining o‘sish sur’ati 19,7 foizni tashkil etga-
ni holda, uning regulyativ kapitalini o‘sish sur’ati
2,6 foizni tashkil etgan. Bu esa, moliyaviy barqaror-
ligini ta’minlash ta’minlash nuqtai-nazaridan salbiy
holat hisoblanadi.
2-rasmdan ko‘rish mumkinki, Bank of
Amerika passivlarining umumiy hajmida regulyativ
kapitalning salmog‘i 2020 yilda 2018 yilga nisbatan
1,7 foizli punktga pasaygan. Bu esa, uning inves-
titsion jozibadorligini ta’minlash nuqtai-nazaridan
salbiy holat hisoblanadi. Chunki, regulyativ kapital-
ning passivlar hajmidagi salmog‘i qanchalik yuqori
bo‘lsa, bankning to‘lovga qobillik darajasi shuncha-
lik yuqori bo‘ladi. Taraqqiy etgan mamlakatlar
banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda
qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar mu-
him o‘rin tutadi.
1-jadval Benk of Amerikaning (AQSH) qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalarining miqdori va darajasi [17] 2018 y. 2019 y. 2020 y. Qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar miqdori, mlrd. dollar
441
472
684
Qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalarning brutto aktivlar
hajmidagi salmog‘i, %
18,7
32,9
24,3
1-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rish
mumkinki, Benk of Amerika tomonidan qimmatli
qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar summasi 2019
yilda 2018 yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan.
Ammo, ushbu ko‘rsatkich 2020 yilda 2019 yilga
nisbatan kamaygan.
1-jadval ma’lumotlari ko‘rsatadiki, Benk of
Amerika aktivlarining tarkibida qimmatli qog‘ozlar-
ga qilingan investitsiyalar sezilarli darajada yuqori
salmoqni egallaydi. Bu esa, Benk of Amerikaning lik-
vidliligini va moliyaviy barqarorligini ta’minlashda
muhim o‘rin tutadi.
2018 y.
2019 y.
2020 y.
2354
2434
2819
265
264
272
11,3
1,08
9,6
Passivlar, mlrd. dollar
Regulyativ kapital, mlrd. dollar
Regulyativ kapitalning passivlar hajmidagi salmog`i, %