veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
47
2022-yil 11-son
TIL VA ADABIYOT
TA’LIMI
ANGUAGE
AND LITERATURE
TEACHING
L
Я
ПРЕПОДАВАНИЕ
ЗЫКА И ЛИТЕРАТУРЫ
Kichik tadqiqot
rang-barang shakllar orasidan eng munosibini, toʻgʻri keluvchi
modulini tanlab, bizga taqdim etadi, degan xulosani chiqarish
mumkin. Biroq, bunday asarlarda integratsiyalashuv jarayoni-
ni bir xillashtirish, uni bir shaklga keltirishga aslo yoʻl qoʻyish
mumkin emas, uni har xil sivilizatsiyalar, milliy anʼanalar va
qadriyatlar oʻrtasidagi oʻzaro kelishuv orqali imkon darajasida
amalga oshirish darkor. Tabiiyki,
adabiyotda, biz hali anglab
ulgurmagan, tushunib yetmagan turli
adabiy shakllar yetilib,
tadrijiy ravishda rivojlanib boradi,
aynan noyob madaniyat,
maʼrifat, maʼnaviyat shakllari kurtak otadi, milliy adabiyotlarn-
ing universal birligi zamirida turfa rang badiiy asarlar paydo
boʻladi. Bundan qariyb ikki yuz yil muqaddam “jahon adabiy-
oti” atamasini ilmga tatbiq etgan buyuk nemis shoiri va muta-
fakkiri Gyote bashoratini inobatga olgudek boʻlsak, haqiqatga
birmuncha yaqinligimiz ravshanlashadi.
Dostları ilə paylaş: