Article · December 022 citations reads 323 author



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/14
tarix13.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#113139
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Tilvaadabiyottalimimaqola

Quvonch MAMIRALIYEV,
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va 
adabiyoti universiteti1-kurs tayanch doktoranti
FOLKLORIZMNING ISTIQLOL DAVRI 
SHE’RIYATIGA TA’SIRI
vchilari ijodida xalqona rivoyatlarning janr о‘zgartiruvchilik 
roli tahliliy kо‘rsatiladi. Bundan shunday xulosa chiqarish 
mumkinki, demak, folklor ham zamonaviy adabiyotdagi jan-
rlar modifikatsiyasiga omil bо‘lishi mumkin. Rivoyatlar esa 
epik tafakkurning yangilanishi, asar uslubi, obrazlar mod-
ifikatsiyasini faol ta’minlovchi vazifasini о‘taydi” [3: 193]. 
Tadqiqotchi folklor elementlarining nasriy asarlarda qо‘lla-
nishini shunday tasvirlaydi. Bizning tadqiqotimizda esa, 
she’riyat nazarda tutilgan, zero, yuqorida aytilgan jarayonlar 
nasriy asarlar bilan birga she’riyatda ham uchraydi. Miflar, 
afsonalar, rivoyatlar yoki alla, yor-yor kabi folklor janrlariga 
xos xususiyatlari goh shakliy, goh mazmuniy kо‘rinishda is-
tiqlol davri о‘zbek she’riyatida uchraydi. Tadqiqotchi Laylo 
Sharipova о‘zining ilmiy ishida folklorizmning she’riyat bi-
lan sintezlashishi haqida shunday yozadi: “XX asrning ik-
kinchi yarmi о‘zbek she’riyatida yuzaga kelgan adabiy alla, 
adabiy yor-yor, she’r-latifa janrlari folklorning alla, yor-yor, 
latifa janri xususiyatlarini о‘zlashtirish orqali yuzaga keladi”. 
Bundan kо‘rinadiki, she’riyatimizda uchraydigan alla, yor-
yor va latifa mazmunidagi she’rlar folklor janrlari asosida 
yuzaga kelgan va bu hodisani badiiy modifikatsiyaning aniq 
kо‘rinishi, deyish mumkin. Folklordan she’riyatga kо‘chgan 
bunday janrlar ijodkor individualligi va estetik ideali bilan 
yangicha mohiyat kasb etadi.
Quyida istiqlol davri о‘zbek she’riyatida folklorizm qa-
ysi ijodkorlarning ijodida uchrashini va folklor unsurlari-
ni qо‘llashdan ijodkor qanday maqsadni kо‘zda tutganini 
aniqlashga harakat qilamiz.
Avvalo, folklorizm unsurlari mumtoz adabiyotda ham 
uchrashiga e’tibor qaratsak: 
Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu,
Masaldurkim: “Charog‘ tubi qorong‘u” [4: 214].
Lutfiyning “Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu…” misrasi 
bilan boshlanuvchi ushbu g‘azali besh baytdan iborat bо‘lib, 
har bir baytda shoir bittadan maqol qо‘llaydi:


48
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
2022-yil 11-son
TIL VA ADABIYOT
TA’LIMI
ANGUAGE AND LITERATURE
TEACHING
L
Я
ПРЕПОДАВАНИЕ
ЗЫКА И ЛИТЕРАТУРЫ
Kichik tadqiqot
1-maqol: Chiroqning tubi qorong‘u.
2-maqol: Suv oqayotgan ariqqa qarab oqadi.
3-maqol: Kishining kо‘zi tarozu.
4-maqol: Hindu qayerda qon kо‘rsa qо‘rqar.
5-maqol: Tilagan tilagiga yetadi.
G‘azallarda maqol qо‘llash mumtoz adabiyotda irsoli ma-
sal san’ati deyiladi. Maqollar qо‘llangan she’rlarning ifoda 
uslubi, ritmi ham maqollarga xos ohangda bо‘ladi. Demak, 
maqollar ham she’r tabiatini, umuman, janr tabiatini о‘zgar-
tira olish xususiyatiga ega. Bundan tashqari, maqol folklorn-
ing mustaqil janri. Bu janr g‘azal tarkibida ham о‘zgarishsiz 
qо‘llanyapti. G‘azalda qо‘llangan maqollar baytning deyarli 
yarmini tashkil qiladi. Maqollardagi sо‘zlarni tushirib qoldirib 
bо‘lmaydi. Folklorshunoslar ba’zi she’rlarda tushirib qoldiril-
sa ham she’r mazmuniga putur yetmaydi, deyishadi. Ammo 
biz tahlil qilayotgan Lutfiyning ushbu g‘azalida birorta ma-
qolni tushirib bо‘lmaydi, aks holda ma’no butunlay о‘zgarib 
ketadi. Tо‘g‘ri, ba’zi she’rlarda maqol inversiyaga uchragan 
holatlarni ham kо‘rish mumkin, ammo maqolning mazmuni 
aynan saqlanib qoladi. Demak, biz yuqorida kо‘rib о‘tgan 
g‘azal ham folklor janri bilan uyg‘unlashib, badiiy modifikat-
siyaga uchragan. Bunday g‘azallarni Alisher Navoiy ijodida 
ham uchratish mumkin.
О‘qlaring kо‘nglimg‘a tushqach, kuydi ham kо‘z, ham 
badan
Kim, kuyar hо‘l-u quruq chun naysitong‘a tushti о‘q [5: 
89].
Mazkur baytda “О‘rmonga (qamishzorga) о‘t ketsa, hо‘l-u 
quruq barobar yonadi” degan maqol qо‘llangan. Ushbu ma-
qol vazn, qofiya, radifga ham ta’sir qilgan va aruzning ra-
mali musammani mahzuf vaznida yozilgan. Alisher Navoiy 
baytning birinchi misrasidagi fikrni ushbu maqol bilan isbot-
laydi va folklorga xos ifoda tarzi bilan xulosa qiladi.
Folklor ta’sirida yaratilgan she’rlarni Erkin Vohidov ijodi-
da ham kо‘rish mumkin.
Sevgi dardidan mening ham
Bо‘ldi rangim qahrabo,
Yо‘q iloj, ne naf о‘kinma
Bо‘lmasa-da kо‘zguda ayb?
Sen-ku Zuhrosan falakda
Intizoringman faqat,
Ne ajab, talpinsa kо‘nglim,
Yо‘q emish orzuda ayb [6: 22].
Ushbu g‘azalda “Yuzing xunuk bо‘lsa oynadan о‘pka-
lama”, “Orzu qilish ayb emas” kabi maqollar irsoli masal 
san’atini hosil qilgan. She’rda maqollar qofiyaga mos tushi-
shi uchun inversiyaga uchragan. Aruz vaznida yozilgan kо‘p 
g‘azallarda maqollar vazn talabi bilan inversiyaga uchraydi. 
Demak, maqollar she’r sturkturasiga, qofiyasiga ham ta’sir 
о‘tkazadi. Shu bois, biz bunday she’rlarni modifikatsiyaga 
uchragan, degan xulosaga kelamiz. Bundan tashqari, folk-
lordan yozma she’riyatga obrazlar ham kо‘chib о‘tishi mum-
kin. Masalan, Erkin Vohidov xalq og‘zaki ijodidagi Afandi 
obrazini, she’riyatda Matmusa deb о‘zgartiradi. Kulgu or-
tida aslida teran haqiqat mavjudligini о‘quvchi yaxshi bila-
di. Shoir jamiyatdagi turli illatlarni kulgu ostiga yashiradi. 
Ko‘rinadiki, shoir she’rlaridagi mazmun xalq og‘zaki ijo-
didagi latifalar, askiyalarga uyg‘un. Zero, ijodkor folklordan 
ta’sirlanadi, undan o‘zlashtiradi. 
Alqissa shu: 
Mashshoqlar — 
Qidirishni tashlasin.
Kerak pardani topgan
Matmusalar yashasin! [7: 188]
Folklor belgilari mavjud she’rlarni Abdulla Oripov ijodida 
ham kuzatish mumkin. 
Deydilar it hurar, о‘tadi karvon,
Ranj-u balolardan yonmasin joning.
Lekin alam qilar bir umr giryon
Itlar orasidan o‘tsa karvoning [8: 357].
“It hurar, karvon о‘tar” maqoli she’rda о‘ziga xos tarz-
da ifodalangan. Maqolning mazmuni boyitilgan va she’r 
aynan shu maqolga qurilgandek. Chunki maqoldagi fikr 
izchil davom ettirladi va xulosa ham bugungi kun bilan 
bog‘liq tarzda ifodalanadi. Abdulla Oripov ijodi folklorizmn-
ing turli xil kо‘rinishlariga boy: xalq maqollari, qarg‘ish va 
olqishlar, matallar, naqllar, qayroqi gaplar shoir she’riyatin-
ing xalqchilligini ta’minlaydi. Ular she’r mazmun-mohiyatiga 
singib, poetik umumlashmalar, falsafiy xulosalar beradi.
Usmon Azim ijodi ham xalqona ohanglarga yо‘g‘rilgan. 
Uning “Baxshiyona” turkumidagi she’rlari bunga yorqin 
misol bо‘la oladi. Shoirning “adabiy alla”lari bevosita xalq 
og‘zaki ijodidan suv ichgan:
Bu beshikning ichiga
Yulduz qо‘nganday bо‘ldi,
El-yurtining kо‘nglida
Qunduz qо‘nganday bо‘ldi –
Alla.
Beshigining boshiga
Falak kelib egildi,
Enasining tiliga
Yurak kelib egildi.
Alla. 
Umuman, folklorizm istiqlol davri о‘zbek she’riyatida faol 
qо‘llanib kelmoqda. Biz yuqorida kо‘rib о‘tgan she’rlardagi 
folklorizmni badiiy modifikatsiyaning bir kо‘rinishi sifatida 
tasvirladik. Chunki xalq og‘zaki ijodi janrlari (maqol, ma-
tal) bevosita yozma she’riyatda qо‘llanyapti. Albatta, bu 
hodisalarda ijodkorning individualligi va ijtimoiy, psixologik 
jarayonlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday she’rlar-
ni Shavkat Rahmon, Faxriyor, Bahrom Rо‘zimuhammad, 
Eshqobil Shukur, Zebo Mirzo ijodida ham kuzatish mumkin. 
Zero, Abdurauf Fitrat ta’biri bilan aytganda, “Adabiyot, she’r 
torlikni istamaydur, torlikda о‘smaydur”.

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin