RUKN VA BAHR TUSHUNCHALARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
Reja:
1. Rukn va uning tuzilishi.
2. Bahrlarning tuzilishi va turlari.
3. Bir xil asliy ruknlardan tarkib topgan bahrlar.
Baytdagi hijolarning qisqa yoki cho'ziqligini o'zlashtirganimizdan so'ng rukn va bahr haqida tushuncha hosil qilib olishimiz kerak. Buning uchun avval bir baytni cho'ziq va qisqa hijolarga ajratib chiqamiz:
Latofatda yuzung ham gul emish, ham gulsiton ermish,
Halovatda labing ham jon-u, ham oromijon ermish.
(«Badoye ul-vasat», 264-g‘azal)
La
|
to
|
fat
|
da
|
Yu
|
zung
|
ham
|
gul
|
e
|
mish
|
ham
|
gul
|
si
|
ton
|
er
|
mish
|
V
|
-
—
|
-
—
|
-
—
|
V
|
-
—
|
-
—
|
-
—
|
V
|
-
—
|
-
—
|
-
—
|
V
|
-
—
|
-
—
|
-
—
|
Ha
|
lo
|
vat
|
da
|
La
|
bing
|
ham
|
jo
|
nu
|
ham
|
o
|
ro
|
mi
|
jon
|
er
|
mish
|
V
|
-
—
|
-
|
-
—
|
V
|
-
—
|
-
—
|
-
—
|
V
|
-
—
|
-
—
|
-
|
V
|
-
|
-
|
-
|
Ushbu baytning chizmasi quyidagicha ekanligiga guvoh bo'ldik:
V- - - V- - - V - - - V - - -
V- - - V- - - V - - - V - - -
E’tibor qaratilsa, baytni cho'ziq va qisqa hijolarga ajratganimizda bir qisqa hijodan keyin uchta cho'ziq hijoning takrorini ko'rish mumkin: V - - - (qisqa, cho'ziq, cho'ziq, cho'ziq). Aynan mana shu bo'lak bayt tarkibida butunicha qaytarilib kelganini kuzatamiz. Takrorlanayotgan mazkur bo'lakni biz rukn deb ataymiz. Demak, ushbu baytda to'rtta rukn mavjud. Barcha ruknlarda bitta qisqa va uchta cho'ziq hijo bor. Ruknlarning takrori ikkala misrada ham bir xil. Ushbu holat baytning ohangdorligini ta’minlayapti.
Ko'rib o‘tgan misollarimizdan kelib chiqib rukn tushunchasiga quyidagicha ta'rif berish mumkin: Rukn arabcha so'z bo'lib, o'zbek tilida1 «ustun» degan ma’noni bildiradi. Aruz tizimida esa ma’lum bir hijolarning birikuvidan hosil bo'ladigan ritmik bo'lak rukn hisoblanadi. Masalan, bir cho'ziq + bir qisqa + bir cho'ziq + bir cho'ziq (- V - -) hijolar birlashsa, foilotun deb ataluvchi rukn vujudga keladi. Foilotun so'zi «faala» so'zining o'zagidan hosil qilingan bo'lib, alohida ma’no anglatmaydi. Mazkur so'zning tarkibidagi hijolar sifatiga e'tibor qaratsak, ya’ni bo'g'inlarni cho'ziq-qisqalarga ajratsak, «fo» - cho'ziq, «i» - qisqa, «lo» - cho'ziq, «tun» - cho'ziq hijolardan iborat ekanligiga guvoh bo'lamiz.
Hijolarning takroridan ruknlar hosil bo'lgani kabi, ruknlaming muayyan tarzda takrorlanib kelishi bahrlarni vujudga keltiradi. Masalan, foilotun rukni takroridan ramal deb ataluvchi bahr, mafoiylun rukni takroridan hazaj bahri, mustaf’ilun rukni takroridan rajaz bahri hosil bo'ladi. Buni soddaroq shaklda quyidagicha tushuntirish mumkin: Aruz deganda biror oliy o'quv yurtini tushunsak, bahr deganda undagi yo'nalishlar (fakultetlar)ni tasavvur qilaylik. Bilamizki, fakultetlarning o'z nomlari bor. Demak, bahrlar ham nomlanadi. Arab aruzida 19 bahr mavjud. Turkiy aruzda esa asosan ularning 11 tasi qo'llaniladi. Shu 11 bahming ichida 4 tasi nisbatan faol bahrlardan sanaladi. Ular ramal, hazaj, rajaz, mutaqorib bahrlaridir. Har bir fakultetning tayanch fanlari bo'lgani kabi, bahrlar ham o‘z ustunlariga, ya’ni ruknlariga ega. Bular asliy ruknlar hisoblanadi, tayanch fanlar o‘z ichida yana bo'limlarga bo'linganidek, har bir asliy rukn ham tarmoq ruknlarga bo'linadi. Bu haqda keyingi mavzularda batafsilroq suhbatlashamiz. Hozircha yuqorida aytib o'tilgan 4 bahrning ruknlari, ya'ni ustunlari qanday nomlanishini bilib olishimiz zarur.
Dostları ilə paylaş: |