Musammatlarning shakliy xususiyatlari mustaqil musammatlar tazmin musammatlar
Reja:
Musammatlarning shakliy xususiyatlari
Tazmin musammatlar
Musamman (arab. — sakkizlik) — 1) arab, forstojik va oʻzbek mumtoz sheʼriyatidagi sheʼriy turlardan biri. M. 8 misrali bir necha banddan tashkil topadi. Birinchi band yagona qofi-yaga ega boʻladi, keyingi bandlarning faqat 7 misrasi qofiyadosh boʻlib, 8misrasi birinchi band bilan qofiyalanadi: a-a-a-a-a-aa-a, b-b-b-b-b-b-b-a, v-v-v-v-v-v-v-a kabi; 2) aruzda har baytda bir ruknning 8-marta takrorlanishidan vazn hosil boʻlishi. Masalan,Bir pari men telbani husnigʻa moyil qilgʻudekdur,Koʻzim ichra, yer tutib, koʻngluma manzil qilgʻudekdur.
Foilotun / foilotun / foilotun / foilotun(Bobur)Har bir bahr doirasida solim (rukni butun) va zihofli (rukni qisqargan) vaznlar boʻladi. Yuqoridagi baytda "foilotun" rukni ramal bahriga butun (oʻzgarmay) kirgani uchun bu vazn "ramali musammani solim" deb ataladi. Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Bingo, blits, ajurali arra, nilufar guli, menyu, algoritm, munozara, o‘z-o‘zini nazorat.
Aruziylar «bahr»ning ma’nosini «dengiz» deb izohlaydilar. A.Rustamov «Badoe’u-s-sanoe’ tarjimasida uni «turkum» sifatida talqin qiladi3 va bu juda to‘g‘ri yo‘ldir. Chunki bahr ma’lum asl va uning far’lari majmuidan iborat bo‘lib, bunda har bir asl o‘z far’lari bilan alohida-alohida turkumlarni tashkil qilishi kuzatiladi. Binobarin, har bir turkum alohida bahrni vujudga keltiradi. Bahrlar majmu’i uning ko‘pligi bo‘lgan «buhur» so‘zi bilan ifodalanadi.
Bilgilki, bahr yo ma’lum bir asldan, yo ikki asldan tarkib topadi (Ana endi aslning ma’nosi yanada oydinlashdi. «Asl»ning ma’nosi «asos» edi. Demak, biror she’rning ohangi yo bir, yo ikki asl ohangiga mos bo‘lgani uchun ular shunday nomlangan ekan). Bu bahr asoslarini ham yod olish shart!
Bir aslga asoslangan bahrlar:
Mutaqorib (lug‘aviy ma’nosi: yaqin. Vatadlari bir-biriga yaqin bo‘lgani uchun shu nomni olgan) – «fauvlun»;
Mutadorik (lug‘aviy ma’nosi: yetishuvchi, orqadan kelib qo‘shiluvchi. Bu bahr Abul Hasan Axfash tomonidan kashf etilib, Xalil ibn Ahmadning 15 bahriga qo‘shilgani uchun shunday nomlangan degan fikrlar bor) – «foilun»;
Hazaj (lug‘aviy ma’nosi: zamzama qilish, bir xil ovozni takrorlash) – «mafoiylun»;
Ramal (lug‘aviy ma’nosi: tuyaning lo‘killashi; kuy nomi; to‘qish) – «foilotun»;
Rajaz (lug‘aviy ma’nosi: tuyaning horigan paytida bo‘ladigan qaltiroq kasali. Iztirobli ohangga ega bo‘lgani uchun shunday nomlangan) – «mustaf’ilun»;
Komil (lug‘aviy ma’nosi: yetuk) – «mutafoilun»;
Vofir (lug‘aviy ma’nosi: mo‘l. Harakatlar, qisqa unlilar unda ko‘p bo‘lgani uchun shunday nom olgan) – «mafoilatun» aslidan hosil bo‘ladi.
Ikki aslga asoslangan bahrlar:
Xafif (lug‘aviy ma’nosi: yengil) – «foilotun» va «mustaf’ilun»;
Muzore’ (lug‘aviy ma’nosi: (hazajga) o‘xshash) – «mafoiylun» va «foilotun»;
Mujtass (lug‘aviy ma’nosi: (xafifdan) yulib olingan) – «mustaf’ilun» va «foilotun»;
Dostları ilə paylaş: |