Reja: Navoiy lirikasida mutlaq qofiya turlari.
Qofiya turlari
Ma’lumki, qofiya she’riy asarlarda badiiyatning asosiy qirralaridan biri hisoblаnib qolgan. Zero, she’riy asarlarning salohiyati ularda qo’llangan g’oyalar mazmun-mohiyati, timsollar qiyofasini ochishdagi ahаmiyati, qofiyalarning ma’naviy teranligi, ohangdorligi va jozibadorligi bilan belgilangan. Qofiyaning xilma – xil turlaridan va san’atlaridan, vazn va qofiya munosabatlaridan mahorat bilan foydalanish asarning o’qimishililigini va ta’sirchanligini ta’minlaydi. Qofiya va she’riy san’atlar haqida juda ko’p bahs va munozaralar bayon etilgan, o’nlab ilmiy asarlar yaratilgan. Mumtoz adabiyotimizda yuzdan ziyod ma’naviy, lafziy va mushtarak хаrakterdagi badiiy san’atlar mavjud. Ular asosan she’riy asarlar tarkibida ko’proq qo’llaniladi. Bizga yaxshi ma’lumki, she’rning umumiy strukturasi va qofiya bilan bog’liq poetik usullarning eng qadimiylaridan biri radd ul – qofiya yoki ito deb ataladi. Ito haqidagi mulohazalar Sakkokiyning “Miftohul - ulum”, Shamsiddin Muhammad ibn Qaysi Roziyning “Al – mo’jam fi maori ash’or ul - Ajam” (1218-1233 yillar) Nasriddin Tusiyning (vaf.072/1275/74) “Me’yor ul – ash’or”, Kamoliddin Xusayn Voiz Koshifiyning “Badoе` ul afkor fi sanoe` ul – ash’or” (1489 yillargacha yozilgan) asarlarida uchraydi. Qofiya (arab. — ergashish, izidan borish) — sheʼriy misralarning muayyan oʻrnida ohangdosh soʻz yoki soʻz birikmalarining izchil takrorlanib kelishi. Q. sheʼrning mazmuni, janri, shakli va kompozitsiyasida muhim oʻrin egallaydi. Q. hosil qiluvchi soʻzlarning ohangdoshligi oʻzak bilan oʻzak yoki qoʻshimcha bilan qoʻshimcha oʻrtasidagi uygʻunlik tufayli yuzaga keladi.
Q. sheʼr ritmi va musiqiyligini taʼminlaydi. U ritmiklik va ohangdoshlikdan tashqari, yana bir nechta vazifani bajaradi. Ana shu vazifalardan biri Q.ning sheʼr gʻoyaviy mazmuni bilan bogʻliqligidir. Shu bois u sheʼr mazmunini goʻzal va taʼsirchan ifodalashga xizmat qiladi. Q.da odatda sheʼr gʻoyasini tashuvchi soʻzlarni misraning sheʼrxon diqqatini oʻziga tortadigan oʻrniga (koʻpincha oxiriga) joylashtirish taqozo etiladi. Shu bilan birga Q. badiiy takt vazifasini ham bajaradi. Badiiy takt esa sheʼr gʻoyasining taʼsirchan va jozibali ifodalanishiga koʻmak beradi. Q.ning yana bir vazifasi sheʼr qurilishida kompo-zitsion uyushtiruvchilikdan iborat, chunki u misralarni uygʻunlik, ohang-dorlik bilan birbiriga ulaydi, bogʻlaydi, bayt yoki band kabi sheʼriy birliklarni tashkil etadi. Q.ning vazifalaridan yana biri shundaki, u sheʼr intonatsiyasini (ohangdorligini) yuzaga keltiradi. Sheʼrning poetik mazmuni, undagi soʻzlar ohang-dorligi, ritmi, vazni, band tuzilishi bilan uzviy bogʻliqlikda oʻzining intonatsion vazifasini bajaradi. Q. ritmik vazifa ham bajaradi. Bunday Q.lar sheʼrda radif boʻlmagan hollarda misralar soʻngi (chegarasi)ni taʼkidlab, izchil ritmik qatorlarni tashkil etishda yetakchi vazifani ado etadi.
Turkiy xalqlar ogʻzaki ijodida Q.ning oddiy soʻz takroridan tortib mukammal mustaqil turlarigacha boʻlgan shakllari uchraydi. Umuman, oʻzbek ogʻzaki va yozma adabiyotida Q.ning vujudga kelishida sajʼ muhim oʻrin tutadi. Bunga turkiy xalqlarning koʻplab ogʻzaki ijod turlarida, urxun-yenisey yodnomalarida, 11-asrda Mahmud Koshgʻariy tomonidan yaratilgan „Devonu lugʻotit turk“ asarida uchrovchi sheʼriy parchalardagi Q.lar misol boʻla oladi.
Arablar istilosidan keyin turkiy xalqlar sheʼriyatiga ham aruz sheʼriy tizimi kirib keladi. 9—10-asrlarda esa arab, fors va boshqa xalqlar sheʼriyatida mumtoz Q. nazariyasi yaratiladi. Bu nazariya monorim (fransuzcha topopte — yagona qofiya) q. yoki tovushlar uygʻunligiga asoslanadi. Ushbu nazariyaga koʻra, Q. yagona tovush (harf) takroriga asoslanadi va bu harf raviy (arab. — qofiyadagi undosh tovush) deb ataladi. Raviy soʻz oʻzagi, yasama soʻzlarda negiz oxiridagi undosh, choʻziq unli, baʼzan esa qisqa unlilarning aynan takrorlanishi tufayli yuzaga keladi. Mas, „gul-bul-bul“ soʻzlaridagi „l“, „tortar-ortar“ soʻzlaridagi oxirgi „r“, „vafo-jafo“ soʻzlaridagi „o“, „bahona-zamona“ soʻzlaridagi oxirgi „a“ tovush-harflari raviy hisoblanadi. Mazkur nazariya talablariga koʻra, raviysiz Q. vujudga kelmaydi.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |