Arxeologiya o’quv amaliyoti bo’yicha hisobot


Mingo’rik arxeologik yodgorligi



Yüklə 5,94 Mb.
səhifə2/5
tarix13.12.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#175293
1   2   3   4   5
Arxeologiya o’quv amaliyoti bo’yicha hisobot

Mingo’rik arxeologik yodgorligi

  • MINGO‘RIK – arxeologik yodgorlik, qadimiy shahar xarobasi qoldig‘i (1–13-asrlar). Mahalliy aholi o‘rtasida u Afrosiyob tepasi nomi bilan ham mashhur bo‘lgan. To‘rtburchak arkka yondoshgan minora-qasr va shahristonning tepalikka aylangan hududidan iborat. 19-asrga oid shahar xaritasida maydoni 30–35 ga ekanligi ko‘rsatilgan. Toshkent temir yo‘l vokzali yaqinida, Salor kanali sohilida joylashgan; shahar xarobasi o‘rnida 19-asrda katta o‘rikzor bo‘lganligi uchun shunday atalgan. Hozir shahar qurilishi munosabati bilan Mingo‘rik hududining oldingi relyefi va yodgorlikning madaniy qatlami buzilib ketishi natijasida Mingo‘rikning bir qismigina saqlangan. Birinchi marta 1896 yil (Ye.T. Smirnov, N.S.Likoshin tomonidan), keyin 1912 yil (A.I.Dobrosmislov, Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagi a’zolari tomonidan) qayd qilingan. 20-yillarda M.Ye.Masson, 40–50-yillarda T.Mirg‘iyosov, V.I.Sprishevskiy, Yu.F.Buryakov arxeologiya kuzatish ishlari olib borgan. Birinchi qazish ishlari O‘zbekiston FA Tarix va arxeologiya instituti (Yu.F. Buryakov, D.G.Zilper, O.V. Obelchenko) tomonidan o‘tkazilgan, 1968 yildan Toshkent arxeologiya eks¬peditsiyasi mazkur arxeologik yodgorlikni o‘rganishni boshlagan.

Mingo’rik arxeologik yodgorligi

  • Mingo‘rikda olib borilgan ilmiy tekshirishlar natijasida shahriston (15 gektar) va ark (0,5 gektar) maydonlari, shahar hayotining 3 asosiy bosqichi aniqlangan.1-bosqichda o‘ziga xos xochsimon tarhli, uchta ichki gumbazli xonalari bo‘lgan mahobatli me’moriy-qurilish majmui bunyod etilgan. Bino devor bilan o‘raglan.2-bosqichda (5–6-asrlar) shahar tez sur’atda rivojlanib, aholi soni oshib borishi natijasida mustahkam ark va shahristonga ega yirik shahar markaziga aylangan. 7-asr boshida shahar Chochning poytaxti bo‘lgan.

3-bosqichda (7–8-asrlar) shahar eng yuksalgan davrda bo‘lgan. Barcha me’moriy qurilish uslublari majmuasi, ichki bezaklarda hashamatli devoriy tasvir va naqshlardan foydalanish, uy-ro‘zg‘or asbob-uskunalari, idishlar Mingo‘rikning umumso‘g‘d madaniyati asosida So‘g‘d, Farg‘ona va O‘rta Osiyoning boshqa joylari bilan mustahkam aloqada rivojlanganligidan dalolat beradi.


Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin