Hastimom — Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik (16—20-asrlar); majmua imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali Ismoil ash-Qaffol Shoshiy qabri atrofida shakllangan. Qabr va uning atrofida vujudga kelgan qabriston va meʼmoriy yodgorlik majmuasi Hazrati imom nomi bilan ataladi. Dastlab Baroqxon madrasasi, keyinroq Qaffol Shoshiy maqbarasi, 16-asr oxirlarida Suyunchxoʻjaxon va nomaʼlum maqbara, 1579 yilda Abdullaxon II mablagʻiga qoʻsh uslubida Shayx bobohoji maqbarasi qurilgan (saqlan-magan). 16-asrda majmua tarkibida sayrgoh bogʻ barpo etilgan, ayvonlar qurilgan, hovuz atrofi koʻkalamzorlashtirilgan, xalq sayillari oʻtkazilgan. 19-asr oʻrtalarida Toshkent namozgohi (Tillashayx masjidi), Moʻyi Muborak madrasasi, Jome masjidi (saqlanmagan) bunyod etilgan. 20-asr boshlarida Tillashayx masjidi qayta qurilgan. Eshon Boboxon ham shu joyda dafn etilgan. Hazrati Imom majmuasim.da Oʻzbekiston musulmonlari idorasi joylashgan.