Arxeologiya o’quv amaliyoti bo’yicha hisobot


Yunusobod Oqtepa arxeologik yodgorligi



Yüklə 5,94 Mb.
səhifə3/5
tarix13.12.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#175293
1   2   3   4   5
Arxeologiya o’quv amaliyoti bo’yicha hisobot

Yunusobod Oqtepa arxeologik yodgorligi

  • Yunusobod Oqtepasi — oʻrta asrlar arxeologiya yodgorligi (5—13-asrlar). Toshkentning shim.sharqiy qismida, Oqtepa kanali boʻyida joylashgan. 1886 yil V.P.Nalivkin qayd qilgan. 1940— 41 yillarda A.I.Terenojkin qazishlar olib borgan. 1975-yil va 1977—85 yil Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi (M.S.Mershchiyev, M.I.Filanovich) tomonidan oʻrganilgan. Qazishmalardan maʼlum boʻlishicha, 5-asrda qasr doʻnglik ustiga urib chiqilgan paxsa tagkursi (platforma)da qadimiy koʻtargan. U uzun va keng zinapoyaga oʻxshatib qurilgan ikki qavatli binodan iborat boʻlib, uning birinchi qavatini mayd. 80x80 m va yuqori qavatining maydoni 50x50 m ga teng. Qasrning har ikkala qavatining ichkari tomoniga uzun yoʻlak — galereya bino qilingan va tashqarisi baland devor bilan oʻralgan. Tashqi devor va tomi ravoqsimon qilib yopilgan yoʻlaklar galereyasi xalq tilida "devgʻisht" deb yuritilgan paxsa bloklari (70x70x70 sm) hamda 48x24xYu sm hajmdagi uzun xom gʻishtlardan ishlangan. Yoʻlaklar halqasining kengligi 2 m, bal. 2,3 m.

Yunusobod Oqtepa arxeologik yodgorligi

  • Yodgorlikni qazish ishlari Ikkinchi jahon urush yillaridayoq boshlangan. Bu tarixiy yodgorlik qadimgi Chochning ilgari ma’lum bo‘lmagan sahifalarini ochib berdi. Qazishmalar paytida Chochning ilk o‘rta asrlarga oid turli moddiy-madaniy buyumlari, metalldan ishlangan mehnat qurollari va qurol-aslaxalar, shisha va sopol idish – tovoqlar, bezaklar, o‘yinchoqlar hamda tangalar topilgan. Ark peshtoqi va minora panjarasini bezab turgan arxitektura detallari – sopol kunguralari, naqshinkor bezak parchalari ham topilgan. Tangalar, kuchli yong‘in izlariga qaraganda ark VIII asrda vayron bo‘lgan. Ark atrofidagi qishloq azaldan mudofaa devorlari bilan o‘ralmaganligi uchun shaharga aylanib ulgurmasdan halokatga uchragan. Shahar xarobalari o‘rnida hayot VIII asrning ikkinchi yarmida qayta jonlangan. IX-XII asrlarda u Binkat viloyatining mustahamlanmagan qishloqlaridan biri bo‘lib, mo‘g‘ul bosqini tufayli XIII asrda inqirozga uchragan.

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin