Arxeologiya va buxoro tarixi



Yüklə 57,89 Kb.
səhifə5/8
tarix02.06.2023
ölçüsü57,89 Kb.
#123236
1   2   3   4   5   6   7   8
Ozod O`lkashunoslik kurs ishi

«HUDUD UL-OLAM»
“Hudud ul-olam” (“Dunyoning hadlari”) tarixiy-geografik asar bo‘lib, 982-983-yillarda fors-tojik tilida noma’lum muallif tomonidan yozilgan. Asarda Yer kurrasining inson yashab turgan (to‘rtdan bir) qismidagi mamlakatlar iqlimi, tabiati, xalqlari, urf-odatlari, mashg‘ulotlari to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Qo‘lyozmani 1892-yilda taijimon Abulfazl Gulpayoganiy Buxorodan topib, 1893-yil sharqshunos AG. Tumanskiyga bergan. 1930-yili V.V.Bartold “Hudud ul-olam” matnini so‘zboshi va izohlar bilan rus tilida, 1937-yili rus sharqshunosi V.F.Minorskiy ingliz tilida nashr ettirgan. Professor H .Hasanov o‘zining “O‘rta Osiyolik geograf va sayyohlar” kitobida (Toshkent, 1964) “Hudud ul-olam” haqida kata maqola yozgan va talay qismining o‘zbekcha tarjimasini keltirgan.”Hudud ul-olam”ning mazmun-mundarijasi haqida va raqamlab chiqqan bo‘limlari nomiga qarab tasavvur hosil qilish mumkin.
Mundarijadan ko'rinadiki, “Hudud ul-olam” jahonning barcha mamlakatlarini tasvirlab bergan geografik, etnografik va iqtisodiy ma’lumotnomadir. Asarning fors tilida yozilganligi o‘sha davrda (X asr) mahalliy fors-tojik madaniyatining ancha yuksak bo‘lganidan darak beradi. “Hudud ul-olam” geografiyasidagi ayrim geografik nomlar haqida so‘z yuritamiz. Movarounnahr tog‘lari. H.Hasanov yozishicha, “Hudud ul-olam”da O‘rta Osiyoning janubidagi Bo'lur, Samarqand, Shiknon, ya’ni Xon Vaqon tog‘lari, Buttamon ichkarisidagi va Movarounnahrga yoyilgan Usrushona, Xuttalon, Chag‘oniyon tog‘lari, ularning tarmoqlari batafsil tasvirlangan. So‘ngra Movarounnahrdagi ko‘pgina tog‘ tarmoqlari nomsiz bayon etilgan. Bu yerda keltirilgan oronimlardan ba’zi birlarini izohlaymiz. Bulardan toponimika uchun eng qiziqarlisi Buttamon tog’laridir. Arab geograflarida Buttam yoki Butman shaklida tilga olingan. V.V.Bartoldning gaplariga qaraganda, Amudaryo bilan Sirdaryoning yuqori oqimlari oralig‘idagi katta tog‘li o‘lka shu nom bilan atalgan, shu bilan birga bu tog‘li o‘lkani Birinchi Buttam, O‘rta Buttam va Tashqi Buttam deb uch qismga bo’lish rasm bo‘lgan18. V.V. Bartold Birinchi Buttam hozirgi Hisor tizmasi, O‘rta Buttam Zarafshon tizmasi, Tashqi Buttam Turkiston tizmasi bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. To‘g‘risi Buttammi yoki Buttamonmi degan savolga shunday javob berish mumkin. Tog‘laming nomlari odatda ais tilida ham, fors-tojik tilida ham ko‘plikda talaffuz etiladi (-on ko‘plikni ifodalaydigan qo‘shimcha). Chunki tog’i tizimi odatda bir qancha tog1 tarmoqlaridan iborat bo'ladi. Xuddi shuningdek, Panj daryosi bilan Vaxsh daryosi oralig'i Xuttal yoki Xuttalon deb atalgan. Arab geograflarida ko'pincha Xuttal shaklida qayd qilingan. “Hudud ul-olam” muallifining o‘zi o‘rta osiyolik forsinavis olim boMganidan mazkur tog‘larni Xuttalon shaklida yozgani grammatik jihatdan to‘g‘ridir. Chag‘oniyon tog'lari Chag'oniyon tarixiy o`lkasi tegrasidagi hozirgi Bobotog‘, Boysun, Ko‘hitang tizmalaridir. Xon tog'larini H.Hasanov Janubiy Pomirdagi hozirgi Vahon tizmasi deb hisoblaydi. Usrushona tog‘lari esa Jizzax shahri bilan Xo‘jand shaharlari oralig‘idagi Molguzar tizmasi bo'lsa kerak. Shiknon tog‘lari Pomirdagi hozirgi Shug‘non tizmasi, Samarqand tog’lari esa Samarqand shahri atrofidagi tog‘lar ekanligi aniq. Movarounnahr daryolari. «Jayxun (Amu) daryosi Vahon hududidan oqib chiqadi va Bomir (Pomir) viloyati va Shig‘noni Vahon hududi orasidan o‘tib, Xorazm dengiziga quyiladi”. “Xarnob (Panj) Qasark tog‘ining g‘arbidan oqib chiqadi va Badaxshon va Porg‘ar (Parxor) orasidan o‘tib Jayxunga qo'shiladi”. “Yana bir daryoki, uni Vaxshob deydilar, Vaxsh tog'laridan chiqadi, Vaxsh (shahri) yaqinida Jayxunga quyiladi”. “Chag‘onrud.(Surxondaryo)ki, Chag‘oniyondan oqadi va Termiz yonida Jayxunga quyiladi”. “Yana biri O‘zgand suvidirki, Xallux tog‘i (orqasi)dan boshlanib, O‘zgand, Bob(Pop), Axsikat, Xo‘jand, Banokat shaharlari yonidan o‘tadi va to Choch yerlarigacha yetadi, so‘ngra Xorazm dengiziga quyiladi”. Demak, muallif Sirdaryoni O‘zgand (O‘zgan) suvi degan, Xallux(Qarluq) tog‘i—Tyanshan tog‘lari bo‘lsa kerak (ilk o‘rta asrlarda, Yettisuvda Qarluq davlati bo‘lgan). Hozirgi Axsi qishlog‘i (Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani) o‘rta asrlarda yirik shahar bo‘lgan va Farg‘ona vodiysining poytaxti hisoblangan. Bob hozirgi Pop tumanining markazi — Pop shahri. Banokat Amir Temur 1392-yilda tiklab o‘zining katta o‘g‘li Shohruh Mirzo nomi bilan Shohruhiya deb atagan shahar, xalq tilida bora-bora Sharqiya bo'lib ketgan. Ohangaron daryosining bir tarmog'i hozir ham Sharqiya deb ataladi. Shahar xarobasi Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani hududida joylashgan. “Yana bir daryo (hozirgi Qurshob daryosi) Xurshobdirki, Buttamon chekkasidan, shimoliy tog'laridan boshlanib, Xurshob shahri yaqinida O‘zgandga (Sirdaryoga) quyiladi”. “Yana boshqasi O‘sh suvidirki, O‘zgandga quyiladi”. “Yana bir daryo Qubo (suvi)dirki, Qubo shahri yaqinida O‘zgand (suvi)ga quyiladi”. Qubo—Farg'ona viloyatidagi Quva soyi va Quva shahridir. “Hudud”da Norm19 daryosi Xatlom shahri nomi bilan Xatlom deb atalgan. “Yana boshqasi Parak daryosidirki, Choch yerlaridan o‘tadi, O‘zgandga quyiladi. Bu daryolar hammasi qo‘shilgandan keyin yaxlit suv Choch daryosi deyiladi, arablar (toziyon) bu daryoni Sayxun deb ataydilar”. Parak-Chirchiq daryosi. Demak, bosh tomondagisi O‘zgand bo‘lgan, Chirchiq quyilgandan keyin Sirdaryo Choch daryosi deb atalgan. “Hudud” asarida Zarafshon Buxoro daryosi deyilgan. Shu ma’lumotlardan ko'rinadiki, daryolar ko‘pincha shaharlar yoki viloyatlar nomlari bilan atalgan. Vaxsh daryosi—Vaxsh shahri, Chag‘onrud (Chag‘oniyon), O‘zgand suvi—O‘zgand shahri, Xurshob daryosi-Xurshob shahri, Xatlom daryosi—Xatlom shahri, Choch daryosi-Choch (shahri, viloyati), O‘sh daryosi—O‘sh shahri. “Hudud ul-olam” muallifi Sirdaryoni bir o'rinda Hasart deb atagan. Shunga asoslanib, H.Hasanov bunday xulosa chiqaradi: “Sirdaryo X asrda O‘zbekiston tuprog‘ida O‘zgand va Hasan nomlari bilan atalgani ma’lum bo‘ladi. Shunday qilib, Harast mahalliy nomlardan biriki, qadimgi greklaming kitoblarida yozilgan Yaksart shakli o'shandan o‘zgartiribroq olingandir”. (H.Hasanov “Hudud ul-olam” geografiyasida tuzgan xaritada Sirdaryo Xasart deb yozilgan).

Yüklə 57,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin