Ҳасанова манзура (бту)


Harakatli o`yinlar – o`quvchilarning jismoniy sifatlarni rivojlantirish vositasi sifatida



Yüklə 293 Kb.
səhifə4/8
tarix03.04.2023
ölçüsü293 Kb.
#92889
1   2   3   4   5   6   7   8
maloxat

Harakatli o`yinlar – o`quvchilarning jismoniy sifatlarni rivojlantirish vositasi sifatida

Bolaning umumiy o`rta ta’lim maktablarida o`qiy boshlashi uning hayotidagi o`zgarishlar bilan bog`liqdir. Bolada muhim o`zgarishlar ro`y bera boshlaydi. Bola biologik jihatdan ikkinchi «yahlitlanish» davrini boshdan kechiradi.
Maktab o`quvchilari 12 yoshdan 16 yoshgacha bo`lgan davrini o`z ichiga oladi.
5-9 sinf o`quvchilari organizimining tuzilishi va funktsiyalari bir tekisda rivojlanadi. Biroq gavda o`cish tezligining sekinlashishiga qaramay, qizlarda 12 yoshgacha, o`g`il bolalarda 13-14 yoshgacha vaznga nisbatan bo`y o`sishi tezroq bo`ladi; 11 yoshdan bolalarda skeletning suyaklanishi davom etadi, lekin uning turli qismlari har hil muddatda tugaydi.
Bu yoshdagi bolalar skeletida tog`ay to`qimalari ko`p bo`ladi. Suyak to`qimalari organik moddalarga boy va mineral tuzlar nisbatan ko`p bo`ladi, bo`g`imlar juda harakatchan, paylari oson cho`ziluvchan bo`ladi. Shuning uchun bolalarda qomatning turli hilda buzilishlari, umurtqa pog`onasining qiyshayishi, ko`krak qafasi shaklining o`zgarishi yuzaga kelishi mumkin.
Suyak tizimining rivojlanish xususiyatlariga ko`ra kichik maktab yoshida haddan tashqari jismoniy yuklanish, uzoq muddatli turg`un harakatlar qilish, balanddan va qattiq joyga sakrashlar man etiladi.
Mushak, buyrak, qon aylanish tizimida ham o`ziga hos o`zgarishlar sodir bo`ladi. Organizm qanchalik yosh bo`lsa, mushak ishi ta’sirida qonning daqiqalik hajmi ortishi kattalardagiga nisbatan shunchalik kam bo`ladi, bu hodisa yurak hajmining kichik bo`lishi va uning funktsional xususiyatlari bilan tushuntiriladi. Shuning uchun hatto uncha og`ir bo`lmagan ishlarni bajarishda ham yurakning bir daqiqadagi soni kattalardagiga nisbatan ancha yuqori bo`ladi.
5-9 sinf o`quvchilarning yuragi nisbatan katta, qon tashuvchi tomirlari kattalarnikiga qaraganda keng, tomir devorlari esa elastikroq bo`ladi. YUrak urishi (1 minutda 70-72 marta), nafas olish me’yori tez (1 minutda 20-22 marta), yuzaki bo`ladi. Shu sababli jismoniy tarbiya mashg`ulotlarida harakat ko`nikma va malakalarini tashkil toptirishda hamda jismoniy sifatlarni rivojlantirish jarayonida yoshni hisobga olish joiz. YUrak – tomir tizimining o`ziga hos xususiyatlari tortilish, og`irlik ko`tarish, qarshilikni engish bilan bog`liq bo`lgan mashqlarni bajarish talab qilinadi.
Mushak tizimi jadal ravishda rivojlanib boradi. Qo`lning mayda mushaklari rivojlanadi, innervatsion apparat yuqori rivojlanish darajasiga erishadi. Oyoqlarning mushak kuchi ortadi. Elkaning mushak paylari etarlicha rivojlangan bo`ladi. Mushaklarining kuchliligi umurtqa pog`onasining yumshoqligi bilan bir qatorda uzoq vaqt davomida qimirlamay turib yuklamani bajarish vaqtida qaddi - qomatning shakillanishiga olib kelishi mumkin.
Ma’lumki, kattalarning bevosita ta’siri natijasida, mustaqil faoliyat jarayonida, shuningdek atrof muhitdan olayotgan axborotlari ta’sirida rivojlanadi. Ular maktabda va undan tashqari sport mashg`ulotlariga qatnaydilar, harakatlanadilar va shu bilan birga atrofdagi voqealarni qiziqish bilan kuzatadilar, turli hil sport musobaqalarini kuzatadilar o`qituvchi va murabbiylarga murojat qilib ularning topshiriqlarini bajaradilar.
To`g`ri tashkil etilgan jismoniy tarbiya darslari katta yoshli o`quvchilarda tafakkur, xotira, tashabbus, tasavvur mustaqillikning rivojlanishiga gigienik ko`nikmalarning paydo bo`lishiga ko`maklashadi. Katta sinf o`quvchilari ham atrofdagi olam to`g`irsida yorqin tasavvurlarning shakllanishida hissiy tajribalari katta ahamiyatga ega bo`ladi. Bu davrda ham o`yin faoliyatining yetakchi turi hisoblanadi, lekin bu odatda ko`p vaqtini qiziqarli o`yinlar bilan o`tkazgani uchun emas, - o`yin uning ruhiyatida sifat o`zgarishini yuzaga keltiradi. 5-9 sinf o`quvchisining o`yini ancha takomillashadi: unda hayotiy tajriba qo`lga kiritiladi, muayyan maqsad aniq namoyon bo`ladi, ijodiy tasavvur ko`zga tashlanadi va rivojlanadi. Yildan yilga uning tafakkuri va aqli rivojlanishidi.
Sog`lom insonni tarbiyalashda eng muhim vositalardan biri jismoniy mashqlar, harakatli o`yinlar va sport ermak o`yinlari sanaladi. YUqori sinf o`quvchilari bilan jismoniy mashqlarni bajarganda, ularning salomatligini kuzatib borish, tashqi ko`rinishiga, kayfiyatiga charchashiga e’tibor berish juda muhim. Har bir hatto mutloqo sog`lom bola ham yilda 1-2 marta tibbiy ko`riqdan o`tkazilgani ma’qul. Bunda bolaning bo`yi og`irligi ko`krak qafasining aylanasi ko`rsatkichlarini yozib borish tavsiya etiladi, bu uning to`g`ri rivojlanishini kuzatib borish imkonini beradi.
Katta yoshli maktab o`quvchilarining asab tizimi ham takomillashadi: bosh miya po`stlog`ining analitik va sintetik funktsiyalari mukammalashadi, miyaning og`irligi sezilarli ravishda oshadi. Harakat analizatorlari jadal rivojlanadi, harakatlarni farqlay olish aniqligi tobora ortadi.
Katta yoshli maktab o`quvchilarining tomir-mushak sezgilari , ko`rish sezgilari , rangni sezuvchanlik sezgilari yaxshilanadi.
Bu davrdagi asosiy tarbiya vazifalaridan biri shaxsning ijtimoiy yo`nalganligini takomillashtirishdir. Bu davrda bolalarda idrok etarlicha aniq uyushgan va barqaror.
O`quvchining bilish faoliyatida xotira juda muhim ahamiyatga ega. 12-16 yoshdagi o`quvchi xotirasining tabiiy imkoniyatlari nihoyatda katta; ularning miyasi shunday egiluvchanlik xususiyatiga egaki, bu biror narsani oson va tez, so`zma-so`z eslab qolishga imkon beradi.
Jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish jarayonida bolada shuningdek harakat xotirasi ham rivojlanadi. Bu yoshdagi o`quvchilarning tafakkuri o`zining aniqligini saqlab qoladi. Shuning uchun uni predmetli-obrazli tafakkur, deb atash mumkin.
Jismoniy tarbiyada ta’limning asosiy vazifasi harakat maktabini tashkil etishdir: 12-16 yoshdagi o`quvchilarning egallagan ko`nikma va malakalarni takomillashtirish, ularni yangi malakalar bilan to`ldirish, harakatlarni tejamkorlik bilan bajarib, murakkab bo`lmagan harakatlarning uyg`unligini aniq bajarishga erishish.
Harakatlarni vaqt na fazoda boshqarishni o`rgatish. Bunda harakatlarni to`g`ri bajarish tehnikasining asosi jamlanadi, harakat madaniyati ta’minlanadi. 5-9 sinf o`quvchilarining harakatlarni o`ylab topishga, ularni muhokama qilib, nima uchun ular aynan shunday bajarilishi kerak, boshqacha emas, hatolarini aniqlab, bajarilish sifatini baholay bilishga o`rgatish lozim.
Jismoniy sifatlarni rivojlantirish jarayonida yangi ko`nikma va malakalar shakllanadi. Maktab o`quvchilari uchun harakatlarni bajarish va harakatlar uyg`unligini takomillashtirishning negizi bo`lib hisoblanadi.
Harakat uyg`unligi butun maktab davri davomida xususan kichik yoshdan boshlab rivojlanadi.
SHy davrda alohida tashkil etilgan va yo`naltirilgan pedagogik ta’sir etish yaxshi samaradorlikni ta’minlaydi.
Jismoniy tarbiya va sport sohasining ko`pgina olimlari fikricha, o`sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy tarbiyalashdan maqsad shaxsning jismoniy va ma’naviy madaniyati asoslarini shakllantirish, salomatlik zahiralarini sog`lom turmush tarzida faol hamda uzoq muddat davomida amalga oshirilayotgan qadriyatlar tizimi sifatida yuksaltirilishidan iboratdir. Ularning mulohazalaridan kelib chiqsak, katta maktab yoshidagi o`quvchilariga nisbatan tatbiq etilsa, jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan tarkib topadi.
- o`quvchilarda salomatlik, jismoniy tarbiya va sport qadriyatlarini o`zlashtirishda ongli ehtiyojni shakllantirish;
- o`quvchilardagi jismoniy sifatlar, harakat ko`nikma va malakalari rivojining zarur hamda etarli darajasini ta’minlovchi jismoniy imkoniyatlarning tabiiylikka muvofiq va individual - mos rivojlantirilishi;
- katta maktab yoshidagi o`quvchilariga umumiy jismoniy ma’lumotlarni berish, bunda ularning jismoniy tarbiyasiga oid aqliy, tehnologik, ahloqiy, etik va estetik qadriyatlarni o`zlashtirishga erishish;
- bilimlarning mustaqil mashg`ulotlar o`tkazish ko`nikmalari darajasida dolzarblashuvi.
Katta maktab yoshidagi o`quvchilar jismoniy tarbiyasi tizimi, tuzulishining innovatsion qo`shimchalariga hos asosiy muammolar quyidagilardir:
A) o`quvchilarning har tomonlama rivojlantirish jarayonini maqbullashtirish uchun jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanish imkoniyatlari;
B) maktab o`quvchilarini jismoniy sifatlarini rivojlantirish va asosiy harakatlarini shakllantirishning yosh xususiyatlari;
V) maktab o`quvchilarini jismoniy tarbiyasining metadologik muammolari;
G) maktab o`quvchilariqq jismoniy tarbiya mutahassislarini tayyorlashning tashkiliy mazmuniy asoslari.
5-6 sinf o`kuvchilari (11-12 yosh) o`zlaridan oldingi sinflarga nisbatan ko`proq murakkab o`yinlar bilan shug`ullanishga qiziqadilar. Buni ba’zi bir darajada tushuntiriladiki, ya’ni bolalar bu davrda katta chidamlilikni o`pka sig`imini kattaligiga ega bo`ladi, garchi nafas olish sistemasi ham etarlicha rivojlanmagan bo`ladi.
Mushaklar asta sekin o`sadi va mustahkamlanadi, biroq kuch ko`rsatkichlari ham etarli darajada rivojlanmagan shuning uchun organizm uzoq davam etadigan kuchli taranglashishlarga va birtomonlama yuklamalarga etarli darajada tayyor emas. Nafas olish sistemasi bir muncha ko`proq rivojlangan kichik maktab yoshidagilarga qaraganda biroq nafas olishni chuqurligi ham etarli emas. Nerv sistemasi takomillashib boradi. Miya sistemasini moyilikni funktsional imkoniyati o`sib boradi.
11-12 yoshli bolalarda 7-10 yoshli bolalar nisbatan ko`proq sezgir va epchillikni rivojlanishiga va takomillashtirishiga qaratilgan. Ularni o`yinda o`zini tutish taktikasi malakasi ortib boradi.
1-4 sinflarda o`yin va gimnastika mashg`ulotlarida egallagan, malakalaridan keng foydalaniladi.
O`quvchilarda tormozlanish funktsiyasi kichik maktab yoshidagi bolalarga nisbatan bir muncha yaxshi rivojlangan, iroda doirasi esa kuchli rivojlangan. O`yin vaqti bo`yicha ko`proq davom etadigan va murakkab harakatlarga boy bo`lib bu esa o`quvchilarda chidamlilikni tarbiyalashga yordam beradi.
Bolalar bu yoshda o`yinga juda ham qiziqadilar ular bu o`yinlarda o`zlarini harakatlarini takomillashtiradi. Ularni o`yin jarayoniga o`zlari qiziqadilar, ular o`zlarini tezligini, epchilligini, meragnligini, kuchni va ziyrakligini namoyon qilishi yoqadi.
Ayrim holatda tezkorlik va kuch qobiliyatlariga ta’sir etishga ko`proq yo`naltirilgan o`yinlar namoyon bo`ladi, biroq imkon boricha zo`r berishni talab qilmaydigan, shu bilan birga bu zo`r berish tsiklik yoki davriy xarakterga ega bo`ladi (“Poygachi”, “CHavandoz sportchilar”, “YAshirilgan koptoklar”, “Katakdagi qushlar”, “Pir-r etdi”, “Doiraga tushirish”, “Hushyor soqchi”, “To`pni oshirish”, “To`plarni uzatish”, “CHiziqlar bo`ylab sakrash”, “Kartoshka ekish”, “Ikki ayoz”, “Tulki bilan na’matak” va b.q).
Kichik o`quvchilar obrazlardan tashqariga chiqib ko`proq tanqidiy va umumiy ravishda fikirlaydilar, sezgini tasavvur etish va idrok qilishni afzal ko`rishga tayanadi. Fikirlashni qabul qilmaslik qobiliyati, harakat tajribasi va egallagan zahiradagi bilim bilan murakkab o`zaro munosabatdagi va ko`psonli o`yin qoidalari bilan ularga kichik maktab yoshidagi o`kuvchilarga ko`ra ko`proq murakkab o`yinlarni egallashga imkon beradi. (“Otishma”, “To`p uchun kurash”, “To`p nishonga” va b.q).
O`qituvchining tushintirishi va tanbeh berishlari ko`proq qisqa va aniq hakamlik esa-ko`proq qa’tiy bo`lishi kerak.
Bolalar bu davrda sinfdagi va boshqa ishlarga faol kirishadilar. O`quvchilar o`yinda asosiy o`rinni komandali o`yinlar egallaydi, shuning uchun ham aynan shu davrda ularda ayniqsa jamoatchilik sezgisi rivojlanadi va namoyon bo`ladi.
Kichik o`quvchilar o`yini juda ham sevadilar ularni har biri eng yaxshi usullari bilan o`zlarini shaxsiy imkoniyati va ular o`zi jamoasini diqqat e’tiboriga qaratadilar. (“Raqam chaqirish”, “Oq terakmi ko`k terak”, “Qoravullar va izquvarlar”).
O`yinni barchasi shartli bo`lganligi uchun bolalar tushina boshlaydilar. Faqatgina joylarda o`ynaladigan o`yinlarda mazmuni saqlanib qolinadi. Rivojlanish jarayonini tezlashtirish bilan bog`liq bo`lganligi sababli ko`proq erta balog`atga etadi. Qizlarda bu aynan shu davrda (10-12 yoshda) boshlanadi.
Olimlarimizni bergan ma’lumotlariga ko`ra jismoniy rivojlanish jarayoni ruhiy rivojlanish bilan paralel boradi. Hozirgi zamon bolalari oldingilariga qaraganda ko`proq rivojlanganlar.
Yuqori-qon tomir sistemasi va nervni fiziologik funktsiyasini garmoniyasini buzilishini kuzatilishi jinsiy etilishini tezlanishi bilan bog`liq bo`ladi. Vegetativ nerv sistemalarini funktsiyasini buzilishi qayd qilinadi (bosh aylanish, yurak urishi, tovushlarga, hidlarga nisbatan sezgirlikni oshib borishi va b.q).
Bolalarga o`yinda bularni barchasi ta’sir etadi. Bolalar psixologik jihatdan bir hil turmaydigan, o`yin jarayonida o`zini his tuyg`usini jo`shib namayon qiladi. Shu bilan birga o`yin qoidalariga qa’tii talab qilishni oshirish zarur, haddan tashqari asabiylashganda yoki hayajonlangan vaqtda o`yinda tanaffus berish mumkin.
Bu davrda o`g`il va qiz bolalar o`yinlarida ayrim o`ziga hos xususiyatlarga ega bo`ladi. O`g`il bolalar qiz bolalarga ko`ra tezlik bilan yugurishda, kurash elementlari, uzoqqa uloqtirish bilan o`ynaladigan o`yinlarda ayrim afzalikka ega bo`ladilar.
O`g`il va qiz bolalarni bu imkoniyatlaridagi farqni hisobga olib yugurish bilan o`ynaladigan komandali o`yinlarda o`g`il va qiz bolalarni soni bir hil bo`lishni kuzatib borilishi zarur. Chidamlilikni rivojlantirishga oid qarshilik ko`rsatish bilan o`tkaziladigan o`yinlarda jinsiga qarab o`g`il va qiz bolalarga bo`lish kerak va har bir komanda bilan mustaqil o`yin o`tkazilishi kerak (“Doiraga tort”, “Juft-juft bo`lib tortish” va b.q).
Qarshilik-kursatish bilan juft-juft bo`lib o`tkaziladigan (“Ho`rozlar jangi”, “Juft-juft bo`lib tortishish”) juftlikda o`ynaydigan o`yinchilar bir hil jinisda bo`lishlari shart (o`g`il yoki qiz bolalar).
Qiz bolalar bu davrda badiy gimnastika elementilari bilan muzika jo`rligida o`tkaziladigan o`yinlarga qiziqa boshlaydilar. O`g`il bolalar esa kuch, chidamlilik, tez yugurish bilan bajariladigan o`yinlarga ko`proq qiziqadilar.
Ayrim o`quvchilar bilan suzish bo`yicha mashg`ulot o`tkazilsa iloji boricha suvda o`yin o`tkazishni kiritish kerak.
Kichik yoshdagi o`quvchilar esa kattalarga o`hshash uchun harakat qiladilar. O`qituvchi, yetakchi, tarbiyachi buni hisobga olish zarur va har doim bolalar uchun namuna bo`lishi kerak.
Kichik yoshdagi o`quvchilarda o`rtoqlari bilan yaxshi munosabatda bo`lishga harakat qilishni yorqin ifodasi namayon bo`ladi. Shu bilan bir qatorda o`rtog`ini yomon hati harakatni muhokama qilishga o`zini bilimli qilib ko`rsatish, kuch, qo`rqmaslik va intizomini buzganda o`zini hissiyotiga qarshi chiqishi moyilligi namayon bo`ladi.
O`zining “Men” degan so`zini mustahkamlash uchun o`g`il bolalar tez-tez kuch ishlatadilar, u ko`pincha janjalni kelib chiqishiga olib keladi.
Bunday vaqtda o`g`il va qiz bolalar o`zlarini tengqurlari bilan aralashib yuradilar. O`g`il va qiz bolalar o`rtasida do`stlik boshlanadi fizkultura va sport mashg`ulotlari bilan shug`ullanish ishtiyoqi paydo bo`laboshlaydi. Pedagog bu qizikishni maqsadga yo`naltirilgan holda foydalanishi zarur. Bu davrda ko`pchilik bolalar sport sektsiyalarida shug`ullanishni boshlaydilar, jumladan sport o`yinlari bilan (basketbol, voleybol, qo`l to`pi, futbol va b.q).
Ayrim harakatli o`yinlar sport qoidalariga qa’tiy chegaralangan holda kiritiladi. Bu o`yinlar bo`yicha sinflar o`rtasida, maktab birinchiligi, maktablararo, tuman birinchiligi musobaqalar o`tkaziladi. Misol tariqasida shunday o`yinlarni ko`rsatishimiz mumkin. “Pionerbola”, “To`p uchun kurash”, “To`p kapitanga”, “To`pni to`rt tomonga uzatish” va b.q.
Bunday vaqtda harakatli o`yinlarga ko`proq kichik yoshdagi bolalarni jalb qilish bilan musobaqalar o`tkaziladi (“Quvnoq startlar” va b.q).
Kichik yoshdagi o`quvchilar o`rtasida o`tkaziladigan harakatli o`yinlar ularni keyinchalik hartomonlama garmonik rivojlanishiga va jismoniy ta’limni olishga yordam beradi.
Bolalar hayotidagi bu davrda (13-15 yosh, 7-8 sinf o`kuvchilari)o`sishni tez sur’ati o`ziga hos xususiyatini ko`rsatib turadi. Buning natijasida o`quvchilarni harakat koordinatsiyasi bir muncha buziladi.o`g`il bolalar bu yoshda jinsiy rivojlanishi boshlanadi, qiz bolalarda esa u tugallanadi.
Ya’ni o`quvchini yurak-qontomir sistemasi jinsiy balog`atga etishi bilan kuchli ta’sirchanligiga qaramasdan chidamlilik va tez bajariladigan mashqlarga yaxshi moslanishi isbot qilingan. Bu uzoq davom etadigan yugurish qarshilik ko`rsatishga va kurashish chidamlilikka oid harakatli o`yinlardan foydalanishga imkoniyat beradi, biroq buni pedagog va tibbiyot hodimi tomonidan muntazam ravishda nazorat qilib borishlari kerak.
Tog`ay to`qmalarini suyakka aylanishi davom etadi, bo`g`imlarni harakatchanligi kamayadi mushakni hajmi va uni kuchi birmuncha ortadi.
O`g`il va qiz bolalarni kuchayishi va tez yugurish imkoniyatlari o`rtasidagi farq yana ham kattalashib boradi. Shuning uchun o`rtadagi bu farqni hisobga olish zarur va kuchli o`yinlarda o`quvchilarni jinsiga qarab bo`lish kerak. Qiz bolalar ko`proq muzika jo`rligida, o`g`il bolalar – kuch bilan bajariladigan o`yinlar qiziktiradi. Tez yugurishga, to`siqlardan oshib o`tishga, uzoqqa uloqtirish bilan o`tkaziladigan turli-tuman o`yinlarda har bir komanda o`g`il va qiz bolalarni sonini bir hil bo`lishini qa’tiy nazorat qilish kerak, ayrim holatlarda bunday o`yinlarni alohida o`tkazilgani maqul bo`ladi.
O`quvchilarda o`yin doirasi borgan sari torayib boradi. Chunki bu yoshda ularga shunday o`yinlar yoqadiki ya’ni ular o`zlarini eng yaxshi tomonlarini ko`rsatishlari mumkin.
O`quvchilar ko`proq komandali o`yinlarga qizikadilar. Shu bilan birga komandalarga bo`lish oldingilarga o`hshab o`ng`ay emas, rollarni tabaqalashtirishlari bilan murakkabdir. Xarakterini bejiz emasligi, balki o`quvchida doimiy komandali o`yinlarga qiziqishi ortib boradi.
O`quvchilarga mazmunli o`yinga qiziqishi mutlaqo yo`qoladi, chunki o`yinlarni tashkil qilish tizimiga qarab va harakatga soluvchi mazmunli asosiy o`rinni egallaydi.
O`quvchilarda sport o`yinlari va sportga tayyorlash o`yinlaridan keng foydalaniladi.
O`quvchilar sport uchun zarur bo`lgan, o`yinda alohida malakalarni trenirovka qilishni yaxshi ko`radilar. Ular uni foydasini tushunadilar va to`p bilan o`ynaladigan o`yinlarni ayniqsa basketbol, voleybol, futbol, qo`l to`piga tayyorlaydigan o`yinlarni ishtiyoq bilan o`ynaydilar. Bu o`yinda ularni qiziqtiradigan narsa o`yinda o`zini tuta bilish ahloqi taktikasi va o`yin tehnikasi malakalarini trenirovka qilish hammadan ko`proq esa o`yin jarayoni o`zi.
O`quvchilar qa’tiy holisona hakamlik qilishni sevadilar va o`yin qoidalariga rioya qilishga harakat qiladilar.
Bu yoshdagi o`kuvchilar uchun o`ziga hosligi o`zlarini kuchlarini haddan tashqari oshirib baholashga moylligidir.
O`quvchilarda suvda suzish bilan shug`ullanganda va kurash elementlari bilan o`ynaladigan o`yinlarga yana ham ko`proq o`rin egallaydi.
Oddiy harakatli o`yinlar qisman sport o`yinlari bilan almashtiriladi ayniqsa o`quvchilar bilan maktabdan tashqari sharoitda va sinfdan tashqari vaqtda o`tkaziladi, chunki o`yinchilarni soniga qarab chegaralangan o`yin qoidalari va uni o`tkazish uchun ko`p vaqt talab qilinadi. Darsda ularni o`tkazish qa’tiy bo`ladi. Agarda u o`tkaziladigan bo`lsa unda soddalashtirilgan qoidalar bo`yicha o`tkaziladi.
Harakatli o`yinlar bo`yicha to`siqlardan oshib o`tish bilan estafeta, kurash, uloqtirish, sakrash, tirmashib chiqish va oshib o`tish bilan shuningdek yarim sport o`yinlari bo`yicha musobaqalar keng qo`llaniladi.




    1. Yüklə 293 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin