Asboblar bilan jihozlash


Maxsus dasturiy ta‘minot yordamida yuklanuvchi СD yaratish



Yüklə 10,95 Mb.
səhifə4/26
tarix16.12.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#182180
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
009 asboblar bilan jihozlash

Maxsus dasturiy ta‘minot yordamida yuklanuvchi СD yaratish.



Yuklanuvchi СD yaratish uchun maxsus dasturiy ta’minotdan foydalanish mumkin. Hozirgi holatda biz ko‘pincha СD-ROM rusumli kompyuterlar bilan bir to‘plamda sotiladigan Nero dasturidan foydalandik.


Dasturni ishga tushirib, loyihalar menyusidan yuklanuvchi СD tuzishni tanlaymiz.



Dastur ma’lumotlarni qayerdan olishni so‘raydi. Yukla-nuvchi disketadan olish kerakligini belgilaymiz.




Zarur dasturlarni qo‘shamiz.





Yozish jarayonini boshlaymiz.



­­

Natijada tayyor yuklanuvchi СD diskini hosil qilamiz.




Yuklanuvchi disketa bilan ishlash.
Yuklanuvchi disketa yoki disk bilan ishlash uchun BIOSni disketadan yoki diskdan boshlang‘ich yuklanishini sozlash zarur.
Yuklanish jarayoni qanday o‘tadi – uning davomida BIOSda belgilangan tartibda (qattiq disk, kompakt disk yoki Floppy-disk yurutuvchi) asosiy yuklanish uskunalar so‘roq qilinadi. Amallar tizimida uskunani topamiz va uni o‘sha yerdan yuklaymiz. Tartibni o‘zimizga qulay qilib almashtirish lozim. Buning uchun BIOSning Boot sequence bo‘limidan foydalanamiz.
Boot Seguence
Tizimning boshlang‘ich yuklash ketma-ketligi. Amallar tizimini yuklash uchun to‘plovchilarni so‘roqlashning tartibi (ketma-ketligi) belgilanadi. Bu uskunalar tabiiy qattiq disk va odatdagi disk yurutuvchilar uchun harflar bilan, yoki uskunalarning nomi bilan ataladi. Masalan, CD-ROM rusumli to‘plovchilar uchun “CDROM” deiladi. LS-120, Lomega ZIP, ATAPI, CDROM, IDE uskunalari va SCSI disklari qo‘llab-quvvatlanadi.
Quyidagi belgilar qabul qilinishi mumkin:
 “A, C” – bunday tanlov faqat disketadan yuklanganda o‘zini oqlash mumkin va eski ShK (shaxsiy kompyuter)lar modellarida uchraydi.
 “A, C, SCSI”.
 “C only”.
 “C, A”.
 “C, A, SCSI”.
 “C, CD ROM, A”.
 “CDROM, C, A”.
 “D, A, SCSI” (kamida ikkita IDE qattiq diskdan foydalanish uchun mo‘ljallangan).
 “E, A, SCSI” (uchta disk uchun bir xil).
 “F, A, SCSI” (to‘rtta disk uchun bir xil).
 “LS 1 ZIP, C”.
 “SCSI, A, C”
 “SCSI, C, A”
BIOSning ayrim talqinlarida Boot sequence opsiyasi ko‘proq tanlash va ko‘proq moslashish imkoniyatiga ega bo‘lgan bir nechta opsiyaga aylangan. Bular:
 “First Boot Device”
 “Second Boot Devic”
 “Third Boot Device”
 “Boot Other Device”
Parametrlar quyidagi mazmunlarga ega bo‘lishi mumkin:
 “Floppe”
 “HDD-3”
 “CD ROM”
 “HDD-0”
 “LAN”
 “Enable”
 “HDD-1”
 “SCSI”
 “Disable”
 “HDD-2”
 “LS/ZIP”
“AMI BIOS”ning talqinlaridan biri xuddi shu opsiyalarni o‘z ichiga oladi, lekin ularning mazmuni quyidagicha:
 “Floppy”
 “Network”
 “Floptical (RS-120)”
 “IDEO”
 “CDROM”
 “IDEI”
 “SCSI Device”
 “IDE2”
Agar mavjud talqinlar foydalanuvchini qoniqtirmasa, “Yes” belgisi orqali “Try Other Boot Devices” opsiyasi yuklash talqinini qo‘shimcha tanlash imkonini beradi.
Disketadan yuklanganda “First Boot Devict-Floppy disk A” parametrini, kompakt diskdan yuklanganda esa “Second Boot Device CD-ROM” parametrini belgilash kerak.
Disketadan yuklangan paytda: DOS rejimida ishlashga taklif quydagi ko‘rinishda monitor ekranida chiqadi - A:\ . Bu esa bizning tizimga kirganimizni va “disketada ekanligimizni” bildiradi.
Qattiq diskka o‘tamiz. Buning uchun:
A:\ C: + «Enter» buyrug‘ini kiritamiz.
Shundan so‘ng taklif quyidagi ko‘rinishni oladi:
S:\-
Endi, C qattiq diskdan tizimga xizmat ko‘rsatish yoki uni qayta o‘rnatish va boshqa amallarni bajarish mumkin. Hamma harakatlar bizga ma’lum bo‘lgan MS-DOS buyruqlar yordamida amalga oshiriladi.
Yuklanuvchi CD uchun hamma amallar xuddi oldingidek, faqat zarur o‘rnatuvchi softning hammasi allaqachon kompakt diskka joylashtirib qo‘yilgan.
Buyruqlarning skrinshotlari (jarayonni ko‘rsatish uchun DOS emulyatsiyasi darchalaridan foydalanildi, Real yuklanish vaqtida hamma buyruq va harakatlar bir xil, bir-biriga aynan mos keladi).






Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin