Asboblar bilan jihozlash


To‘plovchining turini avtomatik tarzda aniqlash



Yüklə 10,95 Mb.
səhifə8/26
tarix16.12.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#182180
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
009 asboblar bilan jihozlash

To‘plovchining turini avtomatik tarzda aniqlash
Zamonaviy BIOSlarda IDE to‘plovchilarning deyarli hammasi uchun, turlarni avtomatik tarzda aniqlash ko‘zda tutilgan. Ya’ni tizimning so‘roviga ko‘ra to‘plovchidan uning tavsifi va zarur paramertlari o‘qiladi. Bunday yondashilganda, parametrlar qo‘lda kiritilgan holatda yuz berishi mumkin bo‘lgan xatolar amalda istisno qilinadi.
Formatlash
Qattiq diskning unumdorligi va ishonchliligi sozlash va formatlashning to‘g‘ri bajarilishiga bog‘liq. Bu bo‘limda diskni to‘g‘ri formatlashga yordam beruvchi amallar ko‘rib chiqiladi. Kompyuterga yangi to‘plovchi o‘rnatyotganda bu amallardan foydalaning.
Qattiq diskdagi to‘plovchini formatlash uch bosqichda amalga oshiriladi:
1. Quyi darajali formatlash.
2. Bo‘limlarga mantiqiy taqsimlash.
3. Yuqori darajali formatlash.


Quyi darajali formatlash
Quyi darajali «haqiqiy» formatlashda diskda yo‘laklar va sektor (bo‘lim)lar shakllantiriladi. Bu jarayonni bajarishda xizmat axboroti diskning butun yuzasiga yoziladi. Quyi darajali formatlashni noto‘g‘ri bajarilishi, ma’lumotlarni o‘qish va yozish jarayonida ma’lumotlarni yoqolishiga yoki tez-tez xatolarga yo‘l qo‘yilishiga olib keladi. Odatda, quyi darajali formatlash diskni ishlab chiqaruvchi tomonidan amalga oshirilgan bo‘ladi va bu ishni takroran bajarish favqulodda holatlardagina zarur bo‘lishi mumkin. Quyi darajali formatlash uchun maxsus dasturlardan (eng yaxshisi ishlab chiqaruvchi-ning yoki bu ish bilan maxsus shugullanuvchilarning, masalan, Ontrack firmasining Disk Manager yoki Micro 2000 firmasining Micrascope dasturlaridan) foydalanish zarur.


Qattiq diskning bo‘limlarini tashkil qilish
To‘plovchini bo‘lish – disk sonalarini belgilashdir. Bunda amallar tizimi (AT) ularni alohida bo‘linmalar yoki tomlar sifatida ishlatadi. Diskning bo‘limlarini tashkil qilishda uning bi-rinchi sektoriga (0 – silindr, 0 – golovka, 1-sektor) bosh yuklanuvchi yozuv (Master BOOT Record-MBR) kiritiladi. Diskda mavjud bo‘limlar qaysi silindr, golovka, sektorlardan boshlanib, qaysilarida tugashi haqidagi ma’lumotlar unda qayd etiladi.
Tizimli BIOS uchun bo‘limlarning qaysi biri yuklanuvchi ekanlrigi, ya’ni amallar tizimining asosiy fayllarini qayerdan izlash lozimligi haqidagi ko‘rsatmalar ham shu yerda qayd qilinadi. Qattiq diskdagi to‘plovchilarni taqsimlash uchun Windows-98 yoki DOS amallar tizimidan olingan Fdisk dasturidan foydalanish lozim. Format dasturining normal ishlashi uchun, Fdisk dasturi bajarilishi davomida, taqsimlash jadvali yuklanuvchi sektorga (diskdagi bosh yuklanuvchi yozuvini kiritiluvchi birinchi sektor) yoziladi. Istalgan amallar tizimini o‘rnatishdan avval diskni bo‘limlarga taqsimlab olish zarur.
Fdisk (Windows va DOS) dasturlarining barcha talqinlari diskni taqsimlashning ikkita asosiy va qo‘shimcha turlarini tuzish imkonini beradi. Asosiy bo‘lim yuklanuvchi bo‘lishi mumkin, qo‘shimcha bo‘lim esa bunday bo‘la olmaydi. Agar kompyuterda bittagina qattiq disk o‘rnatilgan va kompyuter shu qattiq diskdan yuklanadigan bo‘lsa, mazkur diskning kamida bir qismi asosiy bo‘lim bo‘lishi kerak. Diskning asosiy bo‘limi C: harfi bilan, qo‘shimchalari esa – qolgan harflar bilan D: E: va h.k. belgilanadi. Bitta qo‘shimcha bo‘lim diskning bitta harfini (DOS mantiqiy diski) yoki bir nechta mantiqiy disklarni saqlashi mumkin.
«DOS mantiqiy diski» atamasi faqat DOS amallar tizimini ishlatishnigina nazarda tutmaydi. Istalgan amallar tizimi: Windows-95, 98, Me, NT, 2000, XP, Linux va h.k. ishlatilishi mumkin.
Ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida ham disklarni bo‘limlarga taqsimlash zarurdir. Diskni, masalan, quyidagi tartibda (sxemada) taqsimlash mumkin:

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin