Asboblar bilan jihozlash


Diskning bo‘limlarini Partition Magik dasturi yordamida tuzish



Yüklə 10,95 Mb.
səhifə10/26
tarix16.12.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#182180
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
009 asboblar bilan jihozlash

Diskning bo‘limlarini Partition Magik dasturi yordamida tuzish
Diskni bo‘limlarga Partition Magik dasturi yordamida ham bo‘lish mumkin. Bu dastur, shuningdek, ma’lumotlarga shikast yetkazmagan holda, bo‘limlarning o‘lchamlarini o‘zgartirish, FAT 16 fayl tizimini FAT 32 tizimiga aylantirish va aksincha qilish imkonini ham beradi. Mazkur dasturning Fdisk dasturidan sezilarli farqi – uning yuqori darajada harakat qilishidir.


Yuqori darajali formatlash
Qattiq diskni dasturiy sozlashning oxirgi bosqichi - yuqori darajali (ya’ni amallar tizimi darajasida) formatlashdir. Bu jarayonning asosiy maqsadi - Windows 9x va DOS amallar tizimlari fayllarga murojaat qila olishlari uchun fayllar joylashuvi jadvali (FAT) va kataloglar tizimini tuzishdir.
Odatda, yuqori darajali formatlash Format standart buyrug‘i yordamida amalga oshiriladi. Bu buyruqning ko‘rinishi quydagicha:
Format C: /S /V
Bu buyruq bo‘yicha C: diskning yuqori darajali formatlashi amalga oshiriladi. Uning boshlanishida amallar tizimining yopiq (tizimiy) fayllari joylashtiriladi, oxirida esa tom belgisini kiritish taklif etiladi.
Yuqori darajali formatlashda bir qator amallar bajariladi:
1. Diskning sirti, quyi darajali formatlash jarayonida nuqsonli deb belgilangan yo‘laklar va sektorlarni topish maqsadida, skanerlanadi va ularni hisoblash mumkin emasligi qayd etiladi.
2. Golovkalar birinchi bo‘linish silindiriga qaytadilar va uning birinchi sektoriga (1 golovka, 1 sektor) DOS tomi (yuklovchi sektor)ning yuklovchi yozuvi kiritiladi.
3. Keyingi sektor (1 golovka, 2-sektor)dan boshlab FAT jadvali yoziladi. Undan so‘ng darhol FATning ikkinchi nusxasi yoziladi. Bu jadvallar hozircha bo‘sh, ularda faqat sirtning nuqsonlarini ko‘zdan kechirish paytida ro‘yxati tuzilgan nuqsonli klasterlarning koordinatalari bor, xolos.
4. Bo‘sh ildiz katalogi yoziladi.
5. Agar dastur /S parametri yordamida ishga tushirilgan bo‘lsa, unda diskka Io. sys va Msdos.sys tizimli fayllari (yoki foydalaniladigan amallar tizimining turidan kelib chiqqan holda Ibmbio. com va Ibmdos.com) hamda Command.com faylining nusxalari diskga (aynan shu tartibda) ko‘chiriladi.
6. Agar dastur /V parametri yordamida ishga tushirilgan bo‘lsa, tomning belgisi (Voluma label)ni kiritish taklif qilinadi. Bu belgi ildiz katologning to‘rtinchi elementi sifatida yozib qo‘yiladi.
Endi, amallar tizimi, yozish va fayllarni sanashda diskdan foydalanishi mumkin. Bundan tashqari, disk yuklovchi diskka aylanadi.
Yuqori darajali formatlashning birinchi bosqichida diskning sirti, nuqsonlarini aniqlab topish maqsadida, skanerlanadi. Quyi darajali formatlashda belgilangan nuqsonlar endi sanalmaydigan yo‘laklar va sektorlar sifatida ko‘rinadi. Dastur bunday uchastkani aniqlagach, unda yozilgan ma’lumotlarni o‘qish uchun besh martagacha urinish qilib ko‘radi. Agarda nuqsonlar quyi darajali formatlashtirishda belgilab qo‘yilgan bo‘lsa, odatda, bu urinishlarning birortasi ham samara bermaydi.
Beshta urinishdan so‘ng format dasturi navbatdagi yo‘lak va bo‘limlarga o‘tadi. Beshta urinishdan so‘ng ham ma’lumot-larni o‘qib bo‘lmagan uchastkalar FAT jadvalida nuqsonli klasterlar sifatida qayd qilib qo‘yiladi.



Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin