PCI shinasi
PCI interfeysi (Peripheral Component Interconnect - tashqi tarqibiy qismlarini ulash standarti) Intel Pentium protsessorlari bazasida ishlab chiqarilgan shaxsiy kompyuterlarga kiritilgan edi. Mohiyatiga ko‘ra bu ham protsessorni operativ xotirada ulaydigan lokal shinaning interfeisi sanalib, tashqi uskunalarni ulaydigan ajratish joylari operativ xotirada o‘yib o‘rnatilgan bo‘ladi.
Zamonoviy kompyuterlarda PCI ko‘prigining vazifalarini mikroprotsessor komplekti (chipset) mikrosxemalari bajaradi. Ushbu interfeys shinaning 33 MGsli chastotasini quvvatlaydi va 132 Mbayt/s o‘tkazish qobiliyatini ta’minlaydi.
Bu standart amalga oshirgan yangilik keyinchalik o‘zi o‘rnatiladigan uskunalarning sanoat standarti sifatida rasmiylashtirilgan plug-and-play deb nomlangan rejimni qo‘llab-quvvatlash bo‘ldi. Uning mohiyati shundaki, tashqi uskuna PCI shinasining ulanish joyi (razyomi)ga jisman ulanganidan so‘ng, uskuna va ona plata o‘rtasida ma’lumot almashinishi ro‘y beradi, buning natijasida uskuna avtomatik tarzda foydalanilayotgan uzilish raqamini, ulanish portining manzilini va xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l ochuvchi kanalning raqamini oladi.
AGP shinasi
Videoadapter – ma’lumotlarni o‘ta katta tezlikda oshirishni talab etuvchi uskuna. VLB lokal shinasini joriy qilish paytidagi kabi PCI lokal shinasi joriy qilinganida ham videoadapter doimo yangi shinaga "o‘ib o‘lgan" uskuna bo‘lgan. Bugungi kunda PCI shinalarining parametrlari videoadapterlarning talablariga mos kelmay qoldi. Shuning uchun AGP (Advanced Graphic Port - takomillashtirilgan grafik port)nomini olgan alohida shina ishlab chiqilgan. Bu shinaning chastotasi PSI (33 MG/s. yoki 66 MG/s.) shinasining chastotasiga mos keladi, ammo u (to‘rt karra ko‘paytirilgan rejimda) ancha baland, 1066 Mbayt/s.gacha o‘tkazish qobiliyatiga ega.
Qandaydir uskunani zarur slotga o‘rnatish uchun shaxsiy kompyuterning tizimli bloki ochiladi, uskuna ishlatadigan shinaning turi aniqlanadi, bu slot ona platada joylashgan. Bu-ning uchun plataning o‘lchamini ona platadagi tekshirish qulayroq bo‘lgan slotlar bilan solishtirib ko‘rgan ma’ul. Bunday holda installyatsiya jarayonida hech narsa ro‘y bermaydi.
Tanlangan slot oldidan blokdagi, burab ochilganida platani aloqa uchun joy ochadigan panel bilan yopilgan teshikni topish kerak bo‘ladi. Asosan, slot protsessorlarga qanchalik yaqin bo‘lsa ma’lumotlarni uzatich shuncha tezlashadi. Shuning uchun grafik platani protsessorga yaqinroq o‘rnatgan ma’quldir.
Endi installyatsiya jarayoni juda sodda. Platani slotga oldi tomoni bilan joylashtirish va uning to‘g‘ri o‘rnatilishiga e’tiborni qaratish zarur.
Plata slotda mahkam turishi kerak. Aks holda ko‘proq kuch sarflashga to‘g‘ri keladi. Plata ona plataga nisbatan perpendikulyar holda o‘rnatilishi lozim.
Agar plata o‘rnatilgan bo‘lsa, uni korpusga mustahkamlash va shaxsiy kompyuterning korpusini yopish kerak.
BIOSda ishlaganda, shinalarni sozlash uchun quyidagi paramertlarga diqqatni qaratish zarur.
Dostları ilə paylaş: |