Asboblar bilan jihozlash


Simlarsiz shaxsiy kompyuter



Yüklə 10,95 Mb.
səhifə12/26
tarix16.12.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#182180
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
009 asboblar bilan jihozlash

Simlarsiz shaxsiy kompyuter
Qirq tishli IDE kabeli (80 simli) CD-ROM disk yurutuvchi uchun ulanadi.

Tasma kabel. Ko‘rsatkichlar tok yo‘nalishini ko‘rsatayapti.


Pastda: qattiq disk uchun 80 tishli kabel.

Kabellar doimo 1-ajratish joyining oyoqchasi ko‘rsatadigan tarzda, bo‘yalgan bo‘ladi. Disk yurutuvchilarning ko‘pchiligi ham 1-oyoqcha uchun xuddi shunday identifikatsiya ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Agar bo‘yoqli belgi bo‘lmasa, shuni yodda tutish kerakki, 1 igna tok manbaidan o‘chiriladigan (uziladigan) joyning yonida joylashgan.




Tokni disk yurutuvchiga ulash uchun konnektorlar
5 va 12 volt uchun to‘rt qutbli konnektor. Tokdan uzish joyi kabelning o‘ng tomonida.
Tok manbalari disk yurutuvchini ta’minlash uchun kamida 5 ta uzish joyiga ega bo‘ladi. Zarurat tug‘ilgan paytda kabel tarmoqlovchidan foydalanish mumkin. Kabel tarmoqlovchi bir joydan ikkita ulanishni ta’minlaydi. Uzilish joylari va rozetkalar ulanish paytida qutblarning to‘g‘riligini ta’minlaydigan qilib ishlangan.


KENGAYTIRUVChI PLATALARNI
O‘RNATISh

Amalda zamonaviy kompyuterlarning hammasi qo‘shim-cha uskunalar o‘rnatish uchun maxsus slotlarga ega. Asosiy foydalaniladigan slotlar:


1. ISA (kamdan kam).
2. PCI.
3. AGP.
Bundan deyarli 20 yil avval ISA (Industry Standard Architecture) sanoat standarti maqomini olgan arxitekturaning joriy qilinishi IBM PS platformali kompyuterning tarixiy yutug‘i bo‘ldi. Ushbu arxitektura tizimli blokining hamma tuzilmalarini o‘zaro bog‘labgina qolmay, yangi uskunalarning standart uzulish joylari (slotlar) orqali oddiy ulanishini ham ta’minladi. Bunday arxitektura bo‘yicha bajarilgan shinaning o‘tkazish qobiliyati 5,5 Mbayt/s.ni tashkil qiladi, lekin o‘tkazish qobiliyatining pastligiga qaramay, bu shinadan kompyuterlarga nisbatan "sust" bo‘lgan tashqi uskunalarni, masalan, ovoz kartalari va modemlarni ulashda foydalanib kelinmoqda.
ISA standartining kengaytirilgan uzilish joyi – razyomlar-ning va unumdorlikning (sekundiga 32 Mbayt/s) oshganligi bilan ajralib turuvchi EISA standarti bo‘ldi. Xuddi ISA kabi bu standart ham hozir eskirgan hisoblanadi va 2000 yildan ISA va EISAlarni chiqarish to‘xtatilgan.

8 razryadli ISA shinalarning slotlari








Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin