Asboblar bilan jihozlash



Yüklə 10,95 Mb.
səhifə15/26
tarix16.12.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#182180
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
009 asboblar bilan jihozlash

PCI IRQ Activated by
Uzilishlar ……… bo‘yicha faollashadi.
PCI shinasidagi uskunadan uzilish haqida tushgan so‘rovni uzilish nazoratchi uning yordamida aniqlaydigan usulni tanlash. Opsiyaning mohiyat-mazmuni shinani "bosib olish" va uskunadan axborotni bundan buyon uzatish vaqtini imkon darajasida kamaytirish - minimizatsiya qilish. Sukut saqlash bo‘yicha "Level" belgisi taklif qilinadi va uni, uskunani boshqarish yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan xodisa ro‘y berganda, zarurat tug‘ilmasa, almashtirish kerak emas. Parametr quyidagi belgilarni qabul qilishi mumkin:
- "Level" (daraja) - uzilish nazoratchi faqat signalning darajasiga javob beradi.
- "Edge" (keskin tushib ketish, yoki ko‘tarilish) - uzilish nazoratchi faqat signal daragasining keskin tushib ketishi yoki ko‘tarilib ketishiga javob beradi.


PCI Bus Parking
PCI shinasidagi uskunalarning "parkovka" rejimini yoqish (o‘chirish) opsiyasi. "Parkovka" rejimi - "Bus - Master" rejimining ko‘rinishlaridan biri. Bu rejim yoqilganida (Enabled) PCI shinasida "parkovka" qilingan uskunalar, ma’lum bir qisqa muddat davomida shina ustidan to‘liq nazorat olib boradi. Bu mazkur uskunaning unumdorligini oshiradi, lekin boshqa uskunalarning ishini to‘xtatib qo‘yadi. Ushbu rejim qattiq diskli nazoratchilar bilan ancha yaxshi ishlaydi.


PCI master accesses shadow RAM
Tizimning tez harakat qilishini oshirish uchun tezligi kattaroq operativ xotiraga PZU shinasining nusxa ko‘chirish imkoniyatlarini ulash (o‘chirish) opsiyasi. Quyidagi belgilarni qabul qilishi mumkin:
- Enabled - ruxsat etilgan.
- Disabled - taqiqlangan.


PCI IDE IRQ Map to
IDE nazoratchining PCIdagi uzilishi……..da aks etadi. Agar ona platada uzilishlar bo‘lmasa, (yoki taqiqlangan bo‘lsa) IDE kontrollerlari PCI shinasida egallagan uzilishlarni bo‘shatish va ularni ISA shinasidagi uskunalarga berish imkonini yaratadi. ISA uchun standart uzilishlar - birinchi kanal uchun IRQ 14 va ikkinchi kanal uchun IRQ 15. Quyidagi belgilarni qabul qilishi mumkin:
- PCI IDE IRQ mapping (PCI IDE uchun ishlatiladi).
- PSAT (ISA) (ISA uchun ishlatiladi).



Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin