Asboblar bilan jihozlash


Oltinchi bosqich: Videokartaning testlari



Yüklə 10,95 Mb.
səhifə23/26
tarix16.12.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#182180
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
009 asboblar bilan jihozlash

Oltinchi bosqich: Videokartaning testlari
Dastavval monitorni kompyuterga (videokartaga) ulash va uni ishlatish kerak. Agar shaxsiy kompyuter yuklansa va videokartani topsa, unda kompyuterni o‘chirish mumkin. Endi qolgan kabellarni ulaymiz.
Agar videokartaning ishlashi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelsa, unda kartaning texnik (jismoniy) holatini tekshirish kerak. Ona platadagi hamma simlar ulangan-ulanmaganligini tekshiring, chunki siz videokartani o‘rnatayotganingizda, tasodifan ularga tegib, uzib qo‘ygan bo‘lishingiz mumkin. Shuningdek, karta AGP yoki PCI slotiga to‘g‘ri o‘rnatilganligiga amin bo‘lish kerak. Shubhalar paydo bo‘lganida, yaxshisi kartani qaytadan o‘rnatish kerak. Agar sizda Voodoo5 karta bo‘lsa, uning yo‘riq-nomasiga qarang va talab qilinadigan hamma qo‘shimcha kuchlanish videokartaga tortib kelinganiga ishonch hosil qiling. Agar siz ona plataga integrallangan karta bilan ishlayotgan bo‘lsangiz, unda hujjatlarga yana bir ko‘z tashlang va ajratilgan videokartaga o‘tish uchun hamma uskunalar tayyor qilinganini tekshirib ko‘ring. O‘rnatilgan videokartaning faol ekanligini tekshirib ko‘rish uchun monitorning kabelini o‘rnatilgan videokarta-ning VGA chiqish joyiga ulab yoki BIOSga ayrim o‘zgartishlarni qiritib ko‘ring. Agar yuqorida sanab o‘tilganlar yordam bermasa, unda eski videokartani qaytadan o‘rnatish va u ushbu vaziyatda ishlash-ishlamasligini aniqlash kerak. Eski videokarta ishlasa, yangisi esa avvalgidek, ekranni qoraytirib chiqarayotgan bo‘lsa, bu yerda endi mahsulotning, bizning holda esa vidoyokartaning yaroqsiz ekanligi haqida so‘z yuritish hamda uni do‘konga qaytarish kerak. Bundan tashqari, eski ona platalarning ayrimlari AGP videokartasiga talab qilinganidan ko‘ra kamroq kuchlanish uzatishi mumkin. Bunday ahvol NVIDIA GeForce 256 kabi videokartalar bilan ko‘proq sodir bo‘lib turadi. Ona plataning yo‘riqnomasi bilan maslahatlashib, kartaning yaroqsizligiga sabab kuchlanishmi degan savolga javob berishi mumkin.


Yettinchi bosqich: drayver o‘rnatish
Shaxsiy kompyuter to‘liq butlanishi bilanoq uni ishga tushirish va videokartalar uchun drayverlarni o‘rnatish payti kel-di. Windows yuklanib bo‘lgach, u yangi apparat ta’minotini belgilaydi va zarur drayverlarni o‘rnatishga urinib ko‘radi. SDning avtomatik ravishda ishga tushirilishi bilan CD diskini diskyurutuvchiga kiritish va ekrandagi yo‘riqnomaga amal qi-lish kerak. Kimda avtomatik qayta tiklash uskunasi bo‘lmasa, CD ildiz katalogiga kirish va setup.exe dasturini ishga tushirish kerak. Hozirgi ona platalarning ko‘pchiligi uchun drayverlarni o‘rnatish juda oddiy jarayondir, yangilanish mahsulotlarning bitta turi (NVIDIA, Matrox va boshqalar) doirasida ro‘y bera-yotgan hollarda esa drayverlarni qayta yuklashga zarurat bo‘lmasligi ham mumkin. Kartalar masalasida ham xuddi shunday, ular uchun avval drayverlarni, keyin esa videokartani ornatish lozim, shunda Windows drayverlarni avtomatik tarzda o‘rnatadi. Shu tariqa videokartaning hamma dasturiy ta’minoti o‘rnatilishi kerak. Imkoniyatga qarab, eng yangi (oxirgi) drayverlarni o‘rnatish oqilona ish bo‘lardi.







Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin