Asboblar bilan jihozlash


Sakkizinchi bosqich: Testdan o‘tkazish



Yüklə 10,95 Mb.
səhifə24/26
tarix16.12.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#182180
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
009 asboblar bilan jihozlash

Sakkizinchi bosqich: Testdan o‘tkazish
SiSoft SANDRA kabi diagnostika dasturlaridan foydala-nish kerak. Bu dasturlar testlashdan tashqari drayverning o‘zi tizimli BIOSdagi AGPning tezligi va xotirasi to‘g‘ri o‘rnatilganligini tekshirishga yordam beradi.
ONA PLATASI BILAN ISHLASh

Ona yoki tizimiy plata − stol kompyutermi, notbukmi yoki qurilgan tizim bo‘lishidan qat’iy nazar har qanday kompyuterni yaratish uchun zarur bo‘lgan poydevordir. Aynan ona plata o‘z mohiyati va vazifasiga ko‘ra, bir-biridan farqlanuvchi protsessor, operativ xotira, kengaytirish platasi va mavjud bo‘lgan har qanday to‘plovchilardan iborat qismlarni birlashtiradi. Aynan ona plata tufayli kompyuterga chekkadagi uskunalarni ham ulash mumkin. Holbuki, hatto agar tizimli mantiq to‘plami (chipset) turli shinalar va interfeyslarni qo‘llab-quvvatlasa ham odatdagi oddiy mikrosxemaga, masalan, printerni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulash biror odamning qo‘lidan kelishi qiyin.


Hozirgi zamon ona platasi nima degani? Tizimli plata − bu hisoblash mashinasidagi eng assosiy va katta chop etish platasidir. Chop etish platasi tayyorlanish murakkabligi bo‘yicha, ona platalar faqat eng o‘ta zamonaviy grafik tezlatgichlardan qo-lishadilar, xolos. Tipik ona plata 4-6 qatlamli tekstolit bosma plata bazasida qurilgan. Ayrim videokartalar 8 va hatto 10 qatlamli bosma plata asosida quriladi. Ko‘p qatlamli platalarni standart o‘lchamlarni saqlashda ishlatish turli xil elektr zanjirlarini ularning bir-biriga o‘zaro ta’siri eng kam bo‘lishini ta’minlab, ajratishga yordam beradi. Plataning eng ichkarisida joylashgan qatlamlar bo‘ylab, tok zanjirli va yerga ulash simlari orqali tarqatiladi, boshqalari, jumladan, ustki va pastki qatlamlarda esa signal zanjirlari yoyiladi.
Ona plataning ikkita sof elektrik parametrlariga to‘xtalamiz. Mikrosxemalar qat’iy belgilangan rejimlarda ishlashga mo‘ljallan-ganidan ularning ishonchli va uzoq muddat ishlashini ta’minlash uchun sifatli tok berilishi kerak. Bunda ona plata ulangan quvvat bloki sezilarli rol o‘ynaydi, lekin turli tarqibiy qismlarda turli xildagi quvvat kerak. Shunisi ham borki, ayrim qismlarning energiya quvvati, masalan, protsessorniki doimiy emas. Bu omillarning hammasi qo‘shimcha "ayyorliklarga" borishga majbur qiladi. Turli qismlarga zarur kuchlanishni uzatish uchun hamma zamonaviy ona palatalarda kuchlanishni mo‘tadillashtiruvchi stabilizator ishlatiladi. Ko‘pchilik hollarda u bevosita plataning o‘ziga o‘rnatiladi, lekin shunday ham bo‘ladiki, u uncha katta bo‘lmagan plata shaklida ishlanib, zarur darajada sovitilishi uchun iste’mol blokiga bevosita yaqinlikda joylashtiriladi. Kuchlanish stabilizatori qaysi kontaktlarga yuklama berilayotgani, boshqacha qilib aytganda, qaysi ulanish nuqtasiga u yoki bu uskuna, yoki plataning elementi ulanganiga qarab, avtomatik rejimda ishlaydi. Zamonaviy platalar tez-tez qo‘llab turadigan protsessorni ishga tushirish funksiyasi kuchlanishni qo‘l yordamida tartibga solishdan (tabiiyki, oqilona chegaralarda) foydalanadi. Bu foydalanuvchi uchun BIOS orqali ixtisoslashtirilgan utilita vositasida amalga oshiriladi.
Ko‘pchilik butlovchi qismlar uchun halokatli bo‘lgan kuchlanishning sakrashlari bilan zaryadlarni o‘ziga to‘plash va keyin bir tekisda tarqatib berishga qodir kondensatorlar kurashadi deb da’vat etilgandir. Shuning uchun ham ona platalarda ayniqsa, yuklamaga qarab elektr iste’mol qilishi keskin sakrab turadigan markaziy prosessor atrofida kondensatorlar-ning ko‘pligi tasodifiy emas. Aytganday, vaqt o‘tishi bilan ona plata faoliyati ishonchliligining pasayishi aynan kondensatorlar bilan bog‘liq: ularning qobig‘i boshqa komponentlarga qaraganda, xususan, yuqori darajadagi harorat ta’siri tufayli tezroq eskiradi. Oqibatda, kondensatorlarning qobig‘i tushib ketadi va ular zarbani qabul qilib, ushlab turish va sxemadagi kuchla-nishni tenglashtirish qobiliyatlarini yo‘qotadilar, bu boshqa tarqibiy qismlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va, eng yomoni, ularni ishdan chiqaradi. Shuning uchun kompyuterlarni har 3 yilda yangilariga almashtirib turish tavsiyalari faqatgina marketing nuqtai nazardan "ma’naviy eskirganlik" fikr emas, balki juda asosli ob’ektiv sabablar xulosasidir.
Ona plataning bevosita vazifalariga o‘tamiz. Bu platada majburiy tartibda tizimli shina, protsessorning ulanish joyi, operativ xotiraning modullari uchun slotlar (xotira mikrosxemalarining bevosita plataga payvandlangan varianti ham bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi), kengaytirish slotlari, turli xil nazoratchilar, shuningdek, kirish va chiqish portlari joylashtiriladi. Ko‘rib turganimizdek, tizimli plata kompyuterning ham-ma tarqibiy qism yagona tizimga birlashtiradi. Bu tizimsiz ular bir-biri bilan bog‘lanmagan butlovchi qismlarning oddiy to‘plami bo‘lib qolar edi.
Rasmda Tayvanning taniqli ASUS kompaniyasi ishlab chiqargan P5GDC-V Deluxe zamonaviy tipik ona plata aks ettirilgan. Intel tizimli mantiq to‘plami asosidagi bu plata LGA 775 korpusirovkasidagi Intel Pentium - 4 protsessoriga mo‘l-jallangan va zamonaviy stol kompyuterlarida uchraydigan deyarli barcha texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi.



Bu modelning qisqa tavsifi:


- Ichiga ("shimoliy ko‘prik") ICH6R ("Janubiy ko‘prik") grafik tezlatuvchi o‘rnatilgan chipset -915G. Pentium - 4 yoki LGA 775 korpusirovkasidagi Celeron D protsessorlarni qo‘llab-quvvatlash.
- 4G baytgacha hajmli DDR va DDR2 533 operativ xotirani qo‘llab-quvvatlash.
- PCI Express x16 va x1 shinasini qo‘llab-quvvatlash.
- PCI shinasini qo‘llab-quvvatlash.
- USB 2.0 va IEEE (Fire Wire) 1394 tezkor interfeyslarni qo‘llab-quvatlash.
- IDE va Serial ATA nazoratchilari.
- Gigabit tizim nazoratchisi.
- 8 kanalli (7.1) tovush nazoratchisi.
- ATX form-faktori (o‘lchamlari 305x244 mm).
Bu tarqibiy qismlar plataning qayerida joylashganini ko‘rib chiqamiz. Ko‘zimiz darhol protsessorning ulanish joyiga tushadi. U bir vaqtning o‘zida chipni o‘rnatishda ehtiyotkorlikka ham chaqi-ruvchi sariq himoya qog‘ozi bilan yelimlab qo‘yilgan.
Chaproqda ASUS yozuvli og‘ir radiator joylashgan. Uning ostida, eng avvalo, protsessor va operativ xotira aloqasi uchun javob beruvchi "Shimoliy ko‘prik" 915 mikrosxemasi yashirilgan. Bundan tashqari, unga Intel Graphic Media Accelerator 900 grafik nazoratchisi o‘rnatilgan. Boshqacha qilib aytganda, bu plata asosida yig‘ilgan kompyuterning ishlashi uchun videokarta o‘rnatish talab qilinmaydi. Shunisi ham borki, unga quvvati kattaroq grafik tezlatuvchi qo‘yishga hech narsa xalaqit qilmaydi.
Yanayam chaproqda va sal pastroqda ona platalar oilasi-ning ASUS firma nomi bilan ataluvchi bitta og‘ir radiatori joylashgan. Bu radiator bilan kirish-chiqish tizimi uchun javob beruvchi va o‘z tarqibiga USB-2.0 nazoratchi, shuningdek, (bizning misolimizda) RAID – nazoratchi kiritgan "Janubiy ko‘prik" ISN6R yopilgan.




Protsessor uyasi va "Shimoliy ko‘prik"dan pastda ope-rativ xotira uchun slotlar joylashgan. Biz ko‘rib chiqayotgan plata shunisi bilan farqlanadiki, unda DDR xotirasining odatdagi modullaridek, boshqa va ancha qimmatroq, ammo potensial jihatdan ancha unumdorroq DDR2 xotirasining ham modullaridan foydalanish mumkin. Ko‘rib turganimizdek, slotlar oltita va ular ranglar bilan juftliklarga ajratilgan. Bu plata ikki kanalli rejimda ishlatiluvchi operativ xotiraga mo‘ljallanganini bildiradi. Ya’ni ushbu holatda xotiraning bir xil turdagi va hajmdagi modullari juft-juft qilinib, bir xil rangdagi slotlarga o‘rnatilishi kerak. Bunda plataga DDR xotirasining 4ta modulini yoki DDR2 tipli xotiraning 2ta modulini o‘rnatish mumkin. Turli tipdagi xotiraning bir vaqtning o‘zida ishlashi qo‘llab-quvvatlanmaydi (Chunonchi, boshqa istalgan shunday tizimli platalarda ham xuddi shunday holat ro‘y beradi).






Bevosita operativ xotira slotlari ostida (chapda) to‘plov-chilar uchun IDE ajratish posti va iste’mol blokidan ona plataga tok yuboradigan sim uchun ulanish joyi joylashtirilgan.





Pentium - 4 zamonaviy protsessorlari uchun qo‘shimcha elektr toki talab qilinishi sababli plataning o‘ng tomondagi yuqori burchagida iste’mol blokiga ulanish uchun tegishli ulanish joyi ko‘zda tutilgan.



"Janubiy ko‘prik" mikrosxemasi ostida qattiq disklar ulanuvchi to‘rtta Serial ATA ajratish joyini ko‘rish mumkin. ICH6R chipi tufayli vinchesterlardan disk osti tizimining ishini tezlashtiruvchi yoki ma’lumotlarni saqlashning ishonchliligini oshiruvchi RAID massivlarini tuzish mumkin.



"Janubiy ko‘prik"dan chapda vinchesterlar yoki an’anaviy ATA parallel shina bo‘yicha optik to‘plovchilarni ulash uchun yana bitta IDE ajratish joyi joylashgan.

Kirish-chiqish baza tizimining bir nomdagi dasturi saqla-nishi uchun javob beruvchi BIOS mikrosxemasi, shuningdek, bu mikrosxemani tok bilan ta’minlovchi batareyka.



Floppi-diskyurutuvchini ulash uchun ishlatiladigan ajratish joyi plataning chap chekkasida joylashgan. Garchi hozir disketlardan kamdan-kam odam foydalanayotgan bo‘lsada, tizimli platalarni ishlab chiqaruvchilarning ko‘pchiligi bu o‘tmish qoldig‘idan voz kechishga shoshilishmayaptilar. Aftidan, ular bu platalarni boshqa zamonaviyroq vositalar bilan qo‘shib ishlatish mumkinligini hisobga olayotgan bo‘lsalar kerak. Biroq Apple kompyuterlariga floppi-disk yurutuvchilari bir necha yillardan beri qo‘yilmay kelayapti.
T izimli plataning yuqori chap qismida kengaytirish platalarini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan slotlar joylashgan. Chap chekkadagi ikkita kichik slot - bu PCI Exspress x 1 (o‘tkazishning nazariy yo‘lkasi - 250 Mbayt/s.gacha) interfeysli platalar uchun ajratish joylaridir. Bunday platalar amalda hozir bozorda yo‘q, lekin istiqbolda ishlab chiqaruvchilar odatdagi PCI lardan voz kechib, faqat mutlaqo yangi interfeysli kartochkalar chiqarishga o‘tishni mo‘ljallaganlar. Undan so‘ng uchta PCI sloti keladi, qora rang bilan esa videokartalarni o‘rnatish uchun ishlatiladigan PCI Express x 16 (o‘tkazishning nazariy yo‘lkasi - 4000 Mbayt/s.gacha) sloti ajratib ko‘rsatilgan.



Bu uncha katta bo‘lmagan mikrosxema tezkor, simli tarmoqlarga ulanish imkonini beruvchi gegabit tarmoqli nazoratchi.





Bu chip C-Media kompaniyasi ishlab chiqargan sakkiz kanalli tovushli kodek.





Bu mikrosxema - IEEE 1394 (Fire Wire) nazoratchi.

O‘ng tomondagi yuqori qismga turli xil ulanish joylari payvandlangan. Ular tizimli blokka plata o‘rnatilganidan keyin uning orqa devoriga chiqariladilar. Ularni batafsilroq ko‘rib chiqamiz. Chap tomonda ustma-ust qilib sichqoncha va klaviaturani ulash uchun ikkita PS/2 porti joylashtirilgan. Undan so‘ng parallel port, S/PDIF raqamli audiointerfeys, monitorni ulash uchun VGA (15 kontaktli D-Sub ulanish joyi) analogli videochiqish, IEEE 1394 yoku Fire Wire (yuqorida) porti, ikkita USB 2.0 porti, tarmoq porti, yana ikkita USB 2.0 porti va, nihoyat, o‘rnatilgan ovoz nazoratchisidan oltita audioport keladi.





Umid qilamizki, bizning rasm orqali yoritilgan misolimiz sizga ona platalar olamida mo‘ljalni faqat qutilar ustidagi ko‘pchilik hollarda xatolarga yo‘l qo‘yiladigan yozuvlarga qarab olmaslikka yordam beradi. Bundan tashqari, ulanish joylarning tashqi ko‘rinishini va ularning taxminiy joylashuvini (u turli xil mantiqiy to‘plamlardan tuzilgan platalarda bir-biridan jiddiy farq qiladi) ko‘rish yangi jihozni o‘rnatish vazifasini osonlashtiradi. Yangi butlovchi qismlarni o‘rnatganda diqqat va extiyotkorlik zarur: agar ajratish joyiga shteker yoki kengaytirish kartasi joylashmasa, bu mos kelmaydigan joy.





Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin