Asboblar bilan jihozlash


TARMOQ KARTASINI O‘RNATISh



Yüklə 10,95 Mb.
səhifə19/26
tarix16.12.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#182180
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
009 asboblar bilan jihozlash

TARMOQ KARTASINI O‘RNATISh

1. Kompyuterni tarmoqdan o‘chiring.
2. O‘rnatishga xalaqit beradigan simlarning hammasini tizimli blokdan ajrating.
3. Shaxsiy kompyuterning tizimli blokini oching. Zarur ulanish joyiga, mazkur holatda esa PCI ulanish joyiga, yo‘l oching.
4. Tizimli blokni plata o‘rnatishga tayyorlang. Himoya vositani olib tashlang.
5. Tarmoq kartasini slotga o‘rnating va oxirigacha bosing, lekin avval kartani to‘g‘ri o‘rnatganingizga amin bo‘ling.
6. Tizimli blokni yoping, zarur kabellarni va tokni ulang.
7. Shaxsiy kompyuter yoqilganida yangi jihozni o‘rnatish ustasi ishga tushishi kerak. Agar u ishga tushmasa, yangi jihozni boshqaruv paneli (jihoz o‘rnatish) orqali topishga harakat qilib ko‘ring.
Agar bu holda ham tarmoq kartasi topilmasa, uning to‘g‘ri ulanganligini yana tekshirib ko‘ring.
8. Shaxsiy kompyuter tarmoq kartasini topganidan so‘ng, uskunaning to‘g‘ri ishlashi uchun drayver dasturini o‘rnatish zarur.
Agar tarmoq kartasi Plug And Play jihozlari standartiga taalluqli bo‘lsa, unda drayver avtomatik tarzda o‘rnatiladi. Agar u mazkur standartga tegishli bo’lsa, jihozga ilova qilingan drayverli diskdan foydalaning yoki shaxsiy kompyuterning amallar tizimi taklif qiladigan uskunalar ro‘yxatidan o‘zingizga zarurini tanlab oling.
Tarmoq kartasi o‘rnatildi, endi uni tarmoq talablariga mos ravishda sozlash kerak bo‘ladi. Buning uchun tarmoqli ulanish xususiyatlarini ishga solamiz.

Zarur bayonnomalarning mavjudligini tekshiramiz va zarur bo‘lganda ularni qo‘shamiz.TCP\IP bayonnomasini sozlaymiz.





Shaxsiy kompyuterni identifikatsiyalaymiz.



VIDEOKARTANI O‘RNATISh



AGP va PCI interfeysli videokartalar.
Videoadapterning ishlashi uchun quyidagi asosiy tarqibiy qismlar zarur:
- BIOS (Basic Input/Output System kirish-chiqish baza tizimi);
- ba’zan videoadapterning tizimli mantiq mikrosxemalari to‘plami deb ataluvchi grafik protsessor;
- videoxotira;
- raqam analogli o’zgartiruvchi, yani DAC - Digital to Analog converter;
- ajratish joyi (razyom);
- videodrayver.
Ko‘pgina mashhur adapterlar bugungi kunda maxsus maqsadlarga, masalan, uch o‘lchovli ob’ektlarni aks ettirishni tezlashtirishga mo‘ljallangan qo‘shimcha modullarga egadirlar.



Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin