Audiotizimning tarkibiy qismlari Audiotizimni tanlashda uning tarkibiy qismlari parametrlarini hisobga olish lozim.
Ovoz platalarining ulanish joylari. Ovoz platalarining ko‘pchiligi bir xil ulanish joy (razyom)ga ega bo‘ladi. Bu ixcham (faylning sakkizdan bir bo‘lagi) ulanish joylari orqali platadan akustika tizimiga va start tizimning kirish joyiga signallar beriladi. Xuddi shunday uzulish joylariga mikrofon, kompakt disklarning proigrivateli va magnitofon ulanadi. Platada to‘rt turdagi ulanish joyi o‘rnatilgan bo‘ladi (yoki o‘rnatilgan bo‘lishi lozim).
Plataning chiziqli chiqishi. Bu ulash joyidan signalni hamma tashqi uskunalar - akustik tizim, naushniklar yoki stereo kuchaytirgichlarga uzatish mumkin. Stereokuchaytirgich yordamida signalni ma’lum darajagacha kuchaytirish mumkin. Ba’zi ovoz platalarida 2ta chiqish uyasi bo‘ladi: bittasi chap kanalning signali uchun, boshqasi esa o‘ng kanalniki uchun.
Plataning chiziqli kirishi. Bu kiruvchi ulanish joydan audiotizimdan qattiq diskka kelayotgan tovush signalini yozish paytida foydalaniladi.
Akustik tizim va naushniklar uchun ulanish joyi. Bu ulanish joyi hamma platalarda ham mavjud emas. Akustik tizimga signallar stereokuchaytirgichga kirishdagi o‘sha ulanish joyi (chiziqli kirish)dan uzatiladi. Agar platada chiquvchi ikkita ulanish joyi bo‘lsa, ularning akustik tizimlar va naushniklarga mo‘ljallanganida signal kuchliroq bo‘ladi - u naushniklar va uncha katta bo‘lmagan akustik tizimlar uchun normal ovoz balandligi darajasini ta’minlashi kerak.
Ko‘pchilik ovoz platalarining chiqish quvvati taxminan 4 Vt.ni tashkil qiladi. Bunda chiziqli chiqishdagi signal kuchaytiruvchi tizimdan o‘tmaydi va shuning uchun undagi ovozning sifati yuqori bo‘ladi.
Mikrofon yoki monofonik signalning kirishi. Bu ulash joyiga diskka ovoz yoki boshqa tovushlarni yozish uchun mikrofon ulanadi. Mikrofondan amalga oshirilgan yozuv monofonik yozuv bo‘ladi.
Signalning sifatini ko‘tarish uchun ko‘pchilik ovoz platalarida kuchaytirishni tartibga solishning avtomatik usulidan foydalanilgan (Automatic Gain Control - AGC). Bunda kirish signalining darajasi muntazam va qayta tashkil etish uchun eng mobul qilib ushlab turiladi. Yozish uchun eng yaxshisi elekt-rodinamik mikrofondan yoki yuklanishni qarshiligi 600 Omdan 10 kiloOmgacha mo‘ljallangan kondensatorli mikrofondan foydalanish kerak. Ayrim arzon ovoz platalarida mikrofon chiziqli kirishga ulanadi.
MIDI Djoystik uchun ulanish joyi. Djoystikni ulash uchun 15 kontaktli D-simon ulanish joyidan foydalaniladi. Uning ikkita kontaktidan MIDI uskunasi, masalan, klavishli sintezatorni boshqarish uchun foydalanish mumkin (bunday holda Y-simon kabel zarur bo‘ladi).
MIDI uskunalari uchun ayrim ovoz platalari alohida ajratish joyiga ega bo‘ladi. Ayrim zamonaviy kompyuterlarda djoystik uchun port tizimli platada yoki alohida kengaytirish platasida joylashgan bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda o‘yin kontrollerini ulash paytida amallar tizimining joriy konfiguratsiyasida aynan qaysisini ishlatish kerakligini aniqlab olish zarur bo‘ladi.
MIDI ilanish joyi. Audioadapterlar, odatda, MIDI ulanish joyi foydalanadigan djoystik portini ishlatadilar. Ajratish joyidagi ikkita kontakt MIDI uskunasi (masalan, klavishli sintezator)ga va undan signal yuborishga mo‘ljallangan. Ko‘pchilik holatlarda audioadapterni ishlab chiqaruvchidan MIDI uchun alohida bo‘lgan va djoystik portiga ulanadigan joyini sotib olgan ma’qul. Bunday ulanish joyi 5 kontaktli 2 ta dumaloq DIN razyomlariga ega bo‘lib, ulardan MIDI uskunalarini ulashda, shuningdek, djoystik uchun ulanish joyi sifatida foydalaniladi. MIDI uskunalari va djoystik uchun signallar har xil kontaktlardan yuborilishi sababli, ularni bir vaqtda ulash mumkin. Shunday qilib, MIDIning tashqi uskunalarini shaxsiy kompyuterga ulash uchun faqat shu ulanish joyi kerak bo‘ladi. WEB serverlaridan olinadigan MIDI fayllarini esa ovoz platasining ichki sintezatori yordamida qayta tiklash mumkin.
Ichki kontakt ulanish joyi. Ko‘pchilik ovoz platalarida CD-ROM ichki to‘plovchiga ulash uchun maxsus ulanish joyi bor. Bu ovozni kompakt disklardan ovoz platasiga ulangan akustik tizim orqali tiklashga imkon beradi.
Bu ulanish joyi CD-ROM kontrollerini ovoz platasiga ulash uchun ishlatiladigan ulanish joyidan farq qiladi, chunki u orqali ma’lumotlar kompyuter shinasiga uzatilmaydi. Lekin, hatto bu ulanish joyi bo‘lmasa ham, tashqi chiqish kabeli yordamida ovoz kartasining chiziqli kirishini CD-ROMga tortib kelingan, tarmoqning naushniklar uchun mo‘ljallangan ulanish joyiga ulab audiokompakt diskni akustik tizim orqali eshitib ko‘rish mumkin.
Harakatlar tartibi:
1. Shaxsiy kompyuterni tarmoqdan o‘chiring.
2. Shaxsiy kompyuterning korpusini oching.
3. Ovoz kartasini o‘rnatish uchun zarur slotni toping.
4. Ovoz kartasini kerakli slotga joylashtiring va karta slotga to‘gri joylashguniga qadar kartani bosib turing.
Agar karta slotga kirmasa, uni bosmang, yaxshisi, hamma bajarganlaringiz to‘g‘ri ekanligini tekshirib chiqing.
5. O‘rnatishning to‘g‘riligini tekshiring.
6. Tizimli blokning qopqog‘ini yoping.
7. Shaxsiy kompyuterni ishga tushiring.
8. O‘rnatish to‘g‘ri bajarilganida, yangi jihozning uskuna ustasi ishga tushishi kerak. Agar bu hol ro‘y bermasa, uni qo‘l yordamida ishga tushiring.
9. Ovoz kartasiga moljallangan drayver dasturli diskni tayyorlang (odatda, u sotish to‘plamiga kiradi).
10. O‘rnatgandan so‘ng, ovoz kartasi uskunalar ro‘yxatida paydo bo‘lgan-bo‘lmaganligini tekshirib ko‘ring.