Ona platani o‘rnatish
1. Tizimli blokning korpusini yeching.
2. Mahkamlovchi boltlarning borligini tekshiring.
3. Ishlashga qulay bo‘lishi uchun shaxsiy kompyuterni yonboshiga yotqizing.
4. Ona platani korpusga mahkamlovchi maxsus boltlarni (ona plataning korpusga tegib turishiga yo‘l qo‘ymaydigan boltlarni) toping va ularni maxsus teshiklarga joylashtiring.
5. Endi PC blokining ichidagilar installyatsiyaga tayyor.
6. Ona platani korpusga joylashtiring va boltlar bilan mustahkamlang.
7. Oldi panelning qo‘shilmalari. Hamma ona platalarda funksiyalarni ta’minlash uchun oldi panelga olib chiqilgan ulanish joylari uning pastki o‘ng qismida to‘planadi. Ona plata bilan birga sotiladigan qo‘llanmada uning ta’rifi berilgan. Platada chop etilgan abreviaturalarni yoyish (rasshifrovka qi-lish) kerak.
Oldi panelning qo‘shilmalari: HDD LED (qattiq diskning yorug‘lik diodli displeyi), tokni yoqish (On/off) tugmasi va yuqori qatordagi RESET tugmasi. Pastda mini-mikrofon.
" SP, SPK yoki SPEAK: dinamik uchun chiqish. Unda 4 ta tish bor.
" RS, RE, RST yoki RESET: tugmasi. 2 tishli kabel.
" PWR, PW, PW SW, PS yoki POWER SW: tokni ulash tugmasi. 2 tishli ulanish joyiga ega.
" PW LED, PWR LED yoki Power LED: kompyuter yoqilganda korpusning oldi panelidagi yorug‘lik diodi yonadi. 2 tishli kabelga ega.
" HD, HDD LED bu ikki tish qattiq diskning ishlashini qayd qiluvchi yorug‘lik diodini yoqadigan kabel bilan ulanadi.
Ulashlar paytida qutblar haqida tashvishlanmang. "Reset" va "On/Off" tugmachalari siz ularni qanday ulaganingizdan qat’iy nazar, ishga tushadi, yorug‘lik diodlari esa, agar ularni teskari qutblar bilan ulagan bo‘lsangiz, yonmaydi. Agar qattiq disk ishga tushgan bo‘lsa-yu, yorug‘lik diodi yonmasa, razyomni agdarib qo‘yish kerak, xolos.
Dostları ilə paylaş: |