ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
http://www.newjournal.org/
Выпуск журнала № – 19
Часть–8_ Апрель–2023
121
2181-3187
shayboniylarning bir asrlik hukmronligiga nuqta qoʻyiladi. Mamlakat va davlat
tizginini endi yangi sulola ashtarxoniylar oʻz qoʻllariga oladilar.
Ikki ogʼiz ashtarxoniylarning kelib chiqishi haqida. Oltin Oʻrda (Joʻji ulusi)
zaiflashib borar ekan, uning bir qancha mayda xonliklarga boʻlinish
ehtimoli ham
kuchaygan. Natijada XV asrning 30-yillarida Volgaboʻyi yerlarida Ashtarxon xonligi
yuzaga keladi. “Astraxan” Ashtarxonning ruslashganidir. Ashtarxon esa aslida “Hoji
Tarxon” soʻzidan olingandir. Tarxon turkiy tilli xalqlar hayotida imtiyozli unvonlardan
hisoblanib, mashhur Xazar xoqonligi (VII—X) davri- danok maʼlum. Shu oʻrinda
oʻquvchilarda, qanday qilib turkiy tilli xalqlarga tegishli yerlardan boʻlmish Hoji
Tarxon Astraxanga aylangan, savoli tugʻilishi tabiiy. 1552 yili Rossiya Qozonni bosib
olgandan soʻng 1554 yili Ashtarxon (Hoji Tarxon) xonligiga nisbatan bosqinchilik
qiladi. Xonlikni bu vaqtda boshqarib turgan mangʻit sulolasi namoyandalari lashqari
bilan urushib yengadi va taxtga shu sulolalik Darvishalini oʻtqazadi. Maqsad uni
qaramlikda tutib, xonlikni oʻz taʼsiridan chiqarmaslik edi. Ammo koʻp utmay
Darvishali ham Moskvaga boʻysunishdan bosh tortgach, 1556 yili ruslar katta qoʻshin
bilan
yana bostirib kelib, xonlikni butunlay yoʻq qilib, bu yerlarni Rossiya
imperiyasiniki deb eʼlon qiladilar. Xuddi shu yillarda, manba tili bilan aytganda, “urus
(nomila) mashhur nasroniylar bosqini dastidan (qochib) Yer Muhammadxon
farzandlari Joni Muhammad sulton,
Abbos sulton, Tursun Muhammad sulton, Pir
Muhammad sulton va axli ayoli bilan Movarounnahrga kelgan”
1
Bu yerda Yor Muhamadxonga katta hurmat bilan qaraydilar. Chunonchi, u
Abdullaxon II ning otasi Iskandarxon bilan yaqin munosabatda boʻlgani maʼlum.
Iskandarxon uning toʻngʻich oʻgʻli Joni Muhammad sultonga qizi Zuxrabonuni
turmushga berib, oʻzaro aloqalarni karindoshlik iplari bilan mustahkamlaydi. Mazkur
nikoxdan
keyinchalik Din Muhammad, Boqi Muhammad va Vali Muhammadlar
tugʻiladilar. Xullas, Yer Muhammad va uning avlodlari shayboniylar xonadonining
eng yakinlari va tayanchlaridan biriga aylanib,
oliy xukmdorga xizmat qila
boshlaydilar. Borib-borib ularning ham mavqelari oshib, oxiri yuqorida aytilganidek,
mamlakatdagi eʼtiborli viloyatlardan Samarqandni boshqarishga erishgan Boqi
Muhammad oliy taxtni shayboniylardan tortib olishga ham muvaffaq boʻladi. Shu bilan
mamlakatda ashtarxoniylar sulolasining bir yarim asrlik hukmronlik faoliyati
boshlanadi.
Oʻzbek davlatchiligi boshqaruviga yangi sulolaning kelishi amalda biron-bir
keskin tarixiy burilishga sabab bulmagani tabiiy. Zero, boshdanoq taʼkidlab
oʻtilganidek, davlat asoslari bir, oʻzgarmas boʻlgani holda har bir yangi sulola ularga
suyangan ravishda oʻz zamonasi shart-sharoitini hisobga olib faoliyat yurgizadi. Shu
maʼnoda Boqi Muhammadxon (1601-1605) oldida turgan vazifalarning eng muhimi
1
Silsilot as-salotin, 120-124-varaqlar.