Ashtarxoniylar davlati tashkil topishi va davlat


ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix13.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#175606
1   2   3   4
120-123

 
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
 

 

http://www.newjournal.org/

Выпуск журнала № – 19
Часть–8_ Апрель–2023
 
122 
2181-3187 
yana oʻsha mamlakat siyosiy yaxlitligini taʼminlashdan iborat edi. Chunki shayboniy 
Pir Muhammadxon zamonida zaiflashib qolgan markaziy hokimiyat sulolalar 
almashuvi bilan boglik voqealar natijasida yanada kuchsizlanib, Marv, Xorazm, Balx 
kabilardagi siyosiy kuchlar bosh- boshdoqlik yoʻlini tuta boshlaganlar. Chunonchi, 
shayboniy Abdullaxon II ning saʼy-harakatlari bilan Buxoro ixtiyoriga kiritilgan 
Xorazm uning oʻlimidan sung turkmanlar yordamida yana itoatsizlik yoʻliga oʻtadi. 
Manbada yozilishicha, mahalliy sulola namoyandasi Hoji Muhammadxon (1559-60-
1602) tez orada Amudaryo- dan Ashtarxon va Mangʻishloqqacha boʻlgan hududda oʻz 
xukmini oʻrnatishga erishadi. Boqi Muhammadxon bunga befarq qarab turolmasdi. 
Ammo ish urushgacha bormay “Boqi Muhammadxon va Hoji Muhammadxon 
oʻrtasiga oksoqollar tushib oradagi nizo va qarama-qarshilik pardasini rafu daf qilib, 
tinchlik iplari bilan bogʻlaganlar”
2
. Shundan soʻng mamlakat gʻarbiy mulklaridan 
koʻngli bir oz tasalli topgan Boqi Muhammadxon 1602 yili Balx tomon yurish 
uyushtiradi. Shunda ham ochikchasiga emas, Hisor yurishi bahonasi bilan. Mazkur 
tadbir muvaffaqiyatli tugab, Balx ham poytaxt doirasiga kiritiladi va uni Boqi 
Muhammadxon ukasi oʻsha joyda. Vali Muhammadxonga tortiq qiladi. Bu yerni “fitna 
uchogiga aylantirgan” Yer Muhammad mirzo, Sherafkan mirzo na Arab otalik kabilar 
qochib, safaviy hukmdor shox Abbos I (1587-1629) huzuriga ketadilar. Balxning yana 
markaz ixtiyoriga qaytarilishi tashabbus Boqi Muhammadxon tomonda ekanidan 
dalolat berardi. U paytni koʻldan bermay Andxud, Shibirgʻon, Chechaktu, Maymana, 
Forob - Murgʼob daryosigacha boʻlgan yerlarni hamda Baglon, Badaxshon, Hisorni 
ham asliy markaz Buxoroga buysundirtiradi. Ukasi Vali Muhammadni valiaxd deb 
eʼlon qilib, oʻzi poytaxt Buxoroga qaytadi. 
Imomqulixon davrida xon xokimiyatining mavqei oshib, ichki vaziyat, siyosiy, 
ijtimoiy va iktisodiy barkarorlik yaxshilandi. Muhammad Yusuf (ibn Xoji Bako) ning 
“Tarixi Muqumxoniy” asarida berilishicha, “Imomqulixon nochorlar ishini 
yengillashtirdi, arz bilan kelganlarni qaytarmadi. Uning zamonida na kambagʻal, na 
bechora qolmagandi. Chiqargan buyruqlari ijrosi borasida amaldorlariga qattik turdi, 
qorongʻi tushishi bilan oddiy kiyim kiyib vaziri va koʻrchi bilan bozorlaru mahallalarni 
aylanib, oddiy xalqning xaqiqiy axvolidan habardor boʻlib turardi”. Umrining ohirida 
koʻzi ojiz boʻlib qolgan Imomqulixon 1642 yilda Makkaga xaj safariga joʻnab 1644 
yilda Madinada vafot etadi. 
Imomkulixondan soʻng taxtga uning ukasi Nodirmuxammad (1642-1645 yy.) 
oʻtirdi. Nodimuhammad xon boʻlguniga qadar Balx hokimi boʻlib, uzoq vaqt taxtni 
boshqara olmadi. U hokimiyat tepasiga kelgach, mamlakatdagi axvol tezda oʻzgarib 
ketdi. Chunki xon davlat ishlarida hal qiluvchi rol oʻynaydigan zodagonlarga 
yaqinlasholmay, ular bilan til topisha olmadi. Undan tashkari Nodirmuhammadxon 
2
Abulgʻozi Bahodirxon Shajarayi turk, 157-158-betlar. 



Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin