ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
http://www.newjournal.org/
Выпуск журнала № – 19
Часть–8_ Апрель–2023
123
2181-3187
mamlakatning ijtimoiy siyosiy hayotida muhim rol tutgan amirlar va sultonlar
mavqeini cheklash bilan birga mamlakatning asosiy viloyatlarini oʻzining olti oʻgʻli,
bir nabirasi va ikki jiyaniga boʻlib berdi. Jumladan, oʻgʻillari
Abdulaziz Sultonga
Samarqand, Xisrav Sultonga Badaxshon bilan Kunduz, Barxom Sultonga Toshkent,
Subhonquli
Sultonga Balx, Qutlugʻ Muhammad Sultonga Xisor, Abduraxmon
Sultonga Shibirgʻon va Andxud,
nabirasi Kosim Sultonga Xuzor, jiyanlari
Muxammadyor Sultonga Shaxrisabz, Soʻfi Sultonga Tolikon berildi.
3
Davlat tizimi va maʼmuriy boshqaruv. Ashtarxoniylarning davlat tizimi va
maʼmuriy boshqaruvi oʻz tuzilishi hamda mazmun mohiyatiga koʻra,
Shayboniylar
davri davlatchiligidan deyarli farq qilmas edi. Manbalarning maʼlumot berishicha
XVII-XVIII asrning birinchi yarmi davlat boshqaruvida Hokimiyat markazda ham
viloyatlarda ham asosan bir idora dargoxda mujassamlashib borgan.
Shunigdek,
shayboniylar davrida boʻlgani kabi - ashtarxoniylar davrida ham davlat tizimida oʻtroq
turmush tarzi anʼanalar bilan birga ayrim yarim koʻchmanchilarga xos udumlar ham
saqlanib kolgan. Bu davrda ham xon rasman oliy hokimiyat boshligʻi boʻlib, davlatdagi
ichki va tashqi siyosatga bogʻliq barcha masalalar uning ixtiyori bilan xal etilgan.
Barcha oliy farmonlar xon tomonidan joriy etilib, uning nomidan tangalar zarb qilinar,
xonning nomi xutbaga qoʻshib oʻqilardi. Ammo, amaldagi boshqaruvda koʻpgina
ashtarxoniy hukmdorlari saroydagi katta mavqega ega boʻlgan amaldorlar hamda yirik
ulamolar qoʻlida qoʻgʻirchok edilar. Nodirmuhammad, Subxonqulixon, Ubaydullaxon
kabi xonlar markaziy hokimiyat obroʻsini koʻtarishga, bebosh amirlar mavqeini
cheklashga xarakat qilgan boʻlsalar-da, ularning bu harakatlari deyarli samara bermadi.
Bu davrda markaziy davlat boshqaruvi saroy amaldorlari qoʻlida toʻplangan boʻlsa,
joylardagi mahalliy hokimiyat viloyat hokimlari ixtiyorida boʻlgan.
Xulosa
Xulosa qilib shularni aytish mumkinki, Ashtarxoniylar
davlati Shayboniylar
davlati kabi Oʻzbek millati madaniyatiga oʻziga xos ijobiy tasir koʻrsatadi
Ashtarxoniylar davlatida koʻplab tarixiy inshaotlar quriladi va eskilari yangitdan
tamirlanadi Subxonqulixon davrida xalqning yaxshi yashashi uchun harakatlar amalga
oshiriladi Imomqulixon hukumronligi davrida ham davlatni mustahkamlash borasida
harakatlarni amalga oshiradi Ashtarxoniylar davrida davlat boshqaruvi Shayboniylar
davridan unchalik farq qilmagan bu davrda "saroy qutvali" lavozimi tashkil etiladi bu
lavozim inshoatlar qurilishini nazorat qilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abulgʻozi Bahodirxon "Shajarayi turk"
2. Azamat Ziyo "Oʻzbek davlatchiligi tarixi" Toshkent, Sharq, 2001-yil
3. Bahodir Eshov "Oʻzbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi" T, 2012-yil
4. Sagdullayev A.S. "Oʻzbekiston Tarixi" Toshkent.2019-yil
3
Bahodir Eshov "Oʻzbekiston davlatchiligi va boshqaruv tarixi" 253-262-betlar