Asinxron dvigatelning magnit maydoni, asosiy tenglamalari va energetikasi


Asinxron kodensatorli dvigatellar



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə13/16
tarix20.01.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#79866
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
2 ASINXRON DVIGATELNING MAGNIT MAYDONI, ASOSIY TENGLAMALARI VA ENERGETIKASI

Asinxron kodensatorli dvigatellar
Asinxron kondensatorli dvigatelning statorida ikki fazali cho‘lg‘am bor bo‘lib, u bir xil sondagi pazlarni egallagan va fazoda bir-biriga nisbatan 90 el. grad. siljigan ikkita bir fazali cho‘lg‘amdan iborat. Dvigatelning rotori qisqa tutashuvli qilinadi.
Ushbu dvigatelning stator cho‘lg‘ami simmetrik ikki fazali kuchlanishli tar-moqqa ulansa, u doiraviy aylanuvchi maydon xosil qiladi va dvigatelning rotori aylanishga tushadi. Bunda, stator maydoni na faqat ishga tushirish vaqtida, balki dvigatel yuklamalarning barcha diapazonida xam doiraviy bo‘ladi. Bu, ikki fazali tarmoqdan ishlovchi dvigatellarga yaxshi foydalanish xossalarga ega bo‘lishini ta’minlaydi.
Ammo, bir xil qiymat va chastotaga ega bo‘lgan, faza bo‘yicha bir-biriga nisba-tan 90 el. grad. siljigan ikki kuchlanish tizimini ifodalovchi simmetrik ikki fazali kuchlanish tizimini olish uchun maxsus qurilma – fazalar sonini o‘zgartgichi kerak bo‘ladi. Dvigatel sxemasida bunday jixozning mavjudligi, umuman olganda, quril-maning iqtisodiy ko‘rsatkichlarni kamaytiradi, sxemani murakkabroq qiladi.
Bir fazali o‘zgaruvchan tok tarmog‘idan ishlaydigan kondensatorli asinxron dvigatellar kengroq tarqalgan. Bu dvigatelda statorning bitta cho‘lg‘ami asosiy deb nomlandi, va u bevosita bir fazali tarmoqga ulanadi, boshqasi – yordamchi cho‘l-g‘am, xuddi shu tarmoqga, faqat ishchi kondensator Сish orqali ulanadi.
Ko‘rib chiqilgan bir fazali asinxron dvigateldan farqli ravishda, kondensatorli dvigatellarda yordamchi cho‘lg‘am, dvigatel ishga tushgandan so‘ng uzib qo‘yil-maydi, balki dvigatelning butun ishlash jarayonida ulangan xolda qoladi. Yordamchi cho‘lg‘am zanjiridagi sig‘im Сish, tok IA va IВ lar orasida fazalar siljishini xosil qiladi.
Shunday qilib, agar bir fazali asinxron dvigatel ishga tushirish jarayonidan so‘ng statorning pulsatsiyalanuvchi magnit maydoni bilan ishlasa, unda kondensatorli dvigatel, doiraviyga yaqin aylanuvchi magnit maydoni bilan ishlaydi. Shuning uchun, bir fazali kondensatorli dvigatellar o‘zining xossalari bo‘yicha uch fazali asinxron dvigatellarga yaqinlashadi.
Kondensatorli dvigatellarda doiraviy aylanuvchi maydon quyidagi uchta usul-lardan bir orqali olinishi mumkin.
1. Tarmoqdan berilgan kuchlanishlar U1 da transformatsiyalash koeffitsienti k va kondensator sig‘imi Сish ni to‘g‘ri tanlash yo’li bilan (4.16-rasm, a).
Bu xolda, doiraviy aylanuvchi maydonga mos sig‘im Сish, quyidagi ifoda bilan aniqlanadi
MkF, (25.1)
bunda, k – trasnformatsiya koeffitsienti, u asosiy va yordamchi cho’lg’am-larning o‘ramlarini samarali soni nisbatini tashkil etadi:
k = wBkB/(wAkA),
bu erda kA va kB – cho‘lg‘am koeffitsientlari. (25.1) ifoda bo‘yicha xisoblangan sig‘im Сish, agar k = tgφA shart bajarilsa doiraviy maydonni hosil bo’lishini ta’min-laydi, bunda φA – doiraviy maydondagi tok 1A va kuchlanish UA orasidagi fazalar-ning burchak siljishi.


Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin