Asinxron dvigatelning magnit maydoni, asosiy tenglamalari va energetikasi


-Phase supply–Uch fazali ta’minot; Coil–O‘ram



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə9/16
tarix20.01.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#79866
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
2 ASINXRON DVIGATELNING MAGNIT MAYDONI, ASOSIY TENGLAMALARI VA ENERGETIKASI

3-Phase supply–Uch fazali ta’minot; Coil–O‘ram;
Rotating magnetic field –Aylanuvchi magnit maydoni;
Star connection–Yulduzli ulanish


t1 vaqtda, 4.8-rasm, (b), da ko‘rsatilgandek, g‘altaklardan oqib o‘tayotgan toklar, quyi-dagicha bo‘ladi:
iB – maksimal musbat qiymat, ya’ni, oqim p nuqtaga yo‘nalgan;
iA va iC – maksimal qiymatning yarmi va manfiy, ya’ni, oqim p nuqtadan yo‘nal-gan.
Bu toklar, 4.8-rasm, (c) da ko‘rsatilgandek, qiymatlari va yo‘nalishlari bilan magnit oqim φA, φB va φC larini xosil qiladi.
Ushbu rasmda ko‘rsatilgandek, natijaviy oqim φA, φB va φC oqimlarning vektorli yig‘indisi xisoblanadi.
t2 vaqtda toklar quyidagilarga ega bo‘ladi:
iB – 0.866× maksimal musbat qiymat, iC – nol, iA esa – 0.866× maksimal manfiy qiymat.
Magnit oqimlar va natijaviy magnit oqim, 4.8-rasm, (d) da ko‘rsatilgandek yo‘nalishlarga ega.
t3 vaqtda:
iB – 0.5 × maksimal qiymat va musbat; iA –maksimal manfiy qiymat, va iC – 0.5 ×maksimal qiymat va musbat.
Bu erda magnit oqimlari va natijaviy magnit oqim, 4.8-rasm, (e) da ko‘rsatil-gandek yo‘nalishlarga ega.
(c), (d) va (e) lardagi vektorli diagrammalar shuni ko‘rsatadiki, nati-javiy magnit oqimlar, har bir xolatda o‘zgarmas va oqim φA, φB va φC larning maksi-mal qiymatini ga teng, ammo ularning yo‘nalishlari o‘zgarib turadi.
Natijaviy oqim yo‘nalishini aniqlash jarayoni har bir vaqt uchun qaytarilishi mumkin va ular shuni ko‘rsatadiki, har bir xolat uchun natijaviy oqim qiymati o‘zgar-mas, shuningdek, u o‘zgarmas tezlik bilan aylanadi, xamda ta’minot kuchlanishini har bir to‘la davri uchun bir marotaba aylanadi.
Sinxron aylanish tezligi. Fazodagi maydonning aylanish tezligi tok chastotasi va qutblar soniga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan xolatda (2p = 2), tokning bir davrdagi o‘zgarishida, maydon bir marotaba to‘la aylanadi.
O‘zgaruvchan tok chastotasi f1 (davr/s) bo‘lganda, maydon bir sekundda n1 = f1 (ayl/s) yoki bir minutda n1 = 60f1 (ayl/min) aylanishni amalga oshiradi.
Ko‘rib chiqilayotgan aylanuvchi magnit maydonini, fazoda tezlik n1 bilan ayla-nayotgan magnitning ikki qutbining maydoniga ekvivalentdir.
Ko‘rsatib o‘tilgandek, stator cho‘lg‘ami o‘tkazgichlarining ma’lum bir ulanish sxemasida, shu cho‘lg‘amdan oqib o‘tayotgan toklar, fazoda aylanayotgan to‘rtta, oltita va hokozo qutbli magnitlarning maydonlarga ekvivalent bo‘lgan, aylanuvchi magnit maydonni xosil etishi mumkin.
Shunga mos ravishda, asinxron dvigatel to‘rt qutbli (2p = 4; p = 2), olti qutbli va xoqazo nomlanadi.
O‘zgaruvchan tokni bir davri ichida, magnit maydoni fazoda ikkita qutb bo‘linishi 2τ ga, ya’ni bir juft qutbga mos burchakga buriladi.
Shunday qilib, stator cho‘lg‘amlarining juft qutblari qancha ko‘p bo‘lsa, o‘zga-ruvchan tokning bir davridagi magnit maydoning fazoviy burilish burchagi shuncha kichik bo‘ladi, demak, stator maydoning sinxron aylanish tezligi nc (n1) xam shuncha kichik bo‘ladi:

n1= nc = 60f1/p, ayl/min.

(3.16)

Sanoat chastotasi 50 Gts da, asinxron dvigatelning (2p = 2) maydoni ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan maksimal sinxron tezligi 3000 ayl/min ga tengdir. Juft qutblar soni katta bo‘lganda, mos ravishda sinxron tezlik kamayadi.


  1. Yüklə 1,96 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin