Dvigatel klemmalarida а) stator cho‘lg‘amlari chqishlarining joylashishi, б) cho‘lg‘amlarini ulanish usullari S tator faza cho‘lg‘amlarining chet-lari chiqish qutichasini qisqichlariga ulangan bo‘lib, ular quyidagicha belgila-nadi: fazlarning boshlanishi – C1,C2, C3; mos fazalarning oxirlari – C4, C5, C6 (4.3-rasm, a). Yuqorida aytilgandek, tarmoq kuchlanishiga bog‘liq statorning uch fazali cho‘lg‘amini yulduzli (380 V) yoki uch burchakli (220 V) sxemada ulash mumkin (4.3-rasm, b)
Asinxron dvigatellarda katta ishga tushirish momentini olish va keng diapa-zonda aylanish tezligini rostlash uchun, faza rotorlar ham qo‘llaniladi. Bunday rotorlarning pazlarida sterjenlar emas, balki stator cho‘lg‘amlariga o‘xshash va yulduzli ulangan uch fazali cho‘lg‘am g‘altaklarining izolyasiyalangan o‘tkazgichlari joy-lashtiriladi. Rotor faza cho‘lg‘amlarining uchlari, yuzasida cho‘tkalar sirpanuvchi kontakt xalqalariga ulanadi. Kontakt xalqalari va cho‘tkalar yordamida, rotor cho‘lg‘ami tashqi ishga tushirish yoki rostlash rezistorlariga ulanadi. F aza rotorli asinxron dvigatellar tuzilishining murakkabligi sababli, ular nisbatan kam qo‘llanish-
4.4-rasm. Uch fazali asinxron dvigatelning ko‘ndalang kesimi ga egadir. Ikkala turdagi, qisqa tutashgan va faza rotorlarga ega dvigatellarning ishlash prinsipi o‘x-shashdir. Uch fazali asinxron dvigatelning ko‘nda-lang kesimi 4.4-rasmda ko‘rsatilgan.
rasmlarda qisqa tutashgan rotor-li va faza rotorli dvigatelning kesimli umumiy ko‘-rinishi ko‘rsatilgan.
Faza rotorli uch fazali asinxron dvigatelning tuzilishi: