XOSIL QILISH Uch fazali kuchlanish manbaiga statorning simmetrik uch fazali cho‘lg‘amlar ulanganda, ulardan oqib o‘tayotgan tok magnit maydonini xosil qiladi. Ushbu katta-ligi bo‘yicha o‘zgarmas magnit maydoni, quyida ko‘rsatilgandek o‘zgarmas tezlik bilan aylanadi, va bu tezlik sinxron tezlik deb nomlanadi.
4.7-rasmda ko‘rsatilgandek, cho‘lg‘amlar RSRF, YSYF va BSBF deb nomlan-gan, boshlanishi va oxiri S va F deb belgilangan xamda har bir fazaga bittadan uchta bir konturli o‘tkazgichlardek tasvirlangan. Amaliyotda, cho‘lg‘amning har bir fazasi o‘z ichiga ko‘plab o‘tkazgichlarni oladi, ular stator bo‘ylab teng taqsimlanadi; bunda bir konturli ko‘rinish faqat tushinish oson bo‘lishi uchun qo‘llaniladi.
Uch fazali mashina statorida uchta cho‘lg‘am (faza) bo‘lib, fazoda ularbir-biriga nisbatan 120 el.gradus siljigan. Fazalar toki bir-biriga nisbatan vaqt bo‘yicha 1/3 davrga surilgan. Stator cho‘lg‘amlari uch fazali ta’minotga ulanganda, har bir cho‘l-g‘amdan oqib o‘tayotgan tokning kattaligi va yo‘nalishi, 4.7-rasmda ko‘rsatil-gandek, vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi.
Agar tok cho‘lg‘amning boshidan oxiriga, masalan, qizil fazada tok RS dan RF ga, ya’ni, RS boshidanva RF oxiriga oqsa, unda cho‘lg‘amdan oqayotgan tokning qiymati musbat deb faraz qilinadi.
Agar tok oxiridan boshiga qarab, ya’ni, cho‘lg‘amning oxiri ‘F’ dan cho‘lg‘am-ning boshi ‘S’ ga oqsa, unda tokning qiymati manfiy deb faraz qilinadi. 4.7-rasm, (a) da ko‘rsatilgandek, t1 vaqt momentida qizil fazadan oqayotgan tok, maksimal va musbat qiymatli xisoblanadi. Xuddi shu t1 vaqt momentida, sariq va ko‘k fazalarda oqayotgan tok esa maksimal qiymatning 0,5 ulushiga ega va ular manfiy bo‘ladi.