(a) Current –Tok; Time –Vaqt; 1 cycle – 1 davr
(b) Stator – Stator; (d) Magnetic flux – Magnit oqimi
rasm, (b) da ko‘rsatilgandek, stator cho‘lg‘amidagi toklar shunday taqsim-lanadiki, ular cho‘lg‘am oxiridan (rasmda ⊗ ko‘rsatilgan) RS ga va bu musbat yo‘na-lishda, va cho‘lg‘am boshidan (rasmda ⊙ ko‘rsatilgan) YS va BS ga, ular manfiy yo‘nalishda oqadi deb xisoblanadi. Natijaviy magnit oqimining yo‘nalishi, rasmda ko‘rsatilgandek, “solenoidli” harakat sababli parmacha qonuni qo‘llangan xolda aniq-lanadi.
Ma’lum bir vaqtdan so‘ng, ya’ni t2 vaqtda, qizil fazadan oqayotgan tok, o‘zining maksimal qiymatining taxminan 0,87 ulushigacha kamayadi va musbat, sariq faza-dagi tok nolga teng, ko‘k fazadagi tok esa, o‘zining maksimal qiymatidan taxminan 0,87 ulushini tashkil etadi va manfiydir.
Shuning uchun, toklar va natijaviy magnit maydoni, 3.41-rasm, (c) da ko‘rsatil-gandek yo‘nalishga ega bo‘ladi. t3 vaqtda esa, qizil va sariq fazalar maksimal qiymat-dan 0,5 ulushiga ega, ko‘k fazada esa – maksimal manfiy qiymatga ega bo‘ladi. Bunda, toklar va natijaviy magnit maydoni 3.41-rasm, (d) da ko‘rsatilgandek yo‘na-lishga ega bo‘ladi.
4.8-rasm, (b), (c) va (d) larda keltirilgan kabi o‘xshash diagrammalar barcha vaqt qiymatlari uchun ko‘rsatilishi mumkin va ularda, stator kuchlanishining har bir to‘la davri uchun magnit maydoni bir marotaba aylanadi.
Tokni emas, balki magnit oqimi qiymatini xisobga olish, shuni ishonchli ko‘r-satadiki, bunda aylanayotgan magnit maydoning oqimi o‘zgarmas qiymatiga ega. 4.8-rasm, (a) da ko‘rsatilgandek, uchta cho‘lg‘amli g‘altaklar yulduz sxemasida, uch fazali ta’minot manbaiga kabi ulangan.
Faraz qilinadiki, oqim φA, φB va φC larning musbat yo‘nalishi g‘altaklardan oqayotgan toklarning mos ravishdagi yo‘nalishlarini xosil qilsin.
O qim φA, φB va φC larning yo‘nalishi o‘zgarmaydi, ammo ularning kiymatlari, har bir vaqt paytida g‘altaklardan oqayotgan tok qiymatlariga proporsionaldir.
Dostları ilə paylaş: |