Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari


Maktabgacha yoshdagi bolalarni matematik tasavvurlarini rivojlantirish



Yüklə 253,29 Kb.
səhifə47/55
tarix05.12.2023
ölçüsü253,29 Kb.
#173076
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida m-fayllar.org

Maktabgacha yoshdagi bolalarni matematik tasavvurlarini rivojlantirish

bo‘yicha eksperimental tajriba-sinov ishlanmasi (tayyorlov guruhi bo‘yicha)

Mashg‘ulot

mavzusi

Pedagogik vazifalar

Ish mazmuni

Markazda

ishlash
Intellektual
o‘yinlar hamda
mashqlar

Bolalarni bir-galikda


o‘ynash malakalarini
mus-tahkamlash,
jamoa

tuyg‘usini


rivojlantirish
Yangi mavzu
materialini
muayyan usullar
bilan turli
vaziyatlarda
bosqichma-bosqich
o‘rgatish
Qurish-yasash
va matematika
markazida
o‘ynash
Sanoq va miqdor

Bolalarni ko‘rgazmali


qurollar va multimedia
vositalari yordamida,
shuningdek, ognli va
ravon sanash, miqdoriy
o‘lchash hamda
misollarni yechishda
ritmik tezlik
o‘zgarishini yuzaga
chiqarishga o‘rgatish
Matematik
tafakkur va amaliy
faoliyatning
uyg‘unligiga
ko‘maklashish
Ilm fan va
tabiat
markazida suv,

qum va boshqa


jismlarni
o‘lchov
vositalari

yordamida


o‘lchash

Kattalik


Kattalik

tushunchasining


tushunarli bo‘lishiga
erishish, xotira va
diqqatni jamlash
malakasini
rivojlantirish
Bolalarning
matematik
o‘yinlarda
improvizatsiya
qilishga
intilishlarini
rag‘batlantirish
Qurish-yasash
va matematika
markazida lego
va kubiklar
bilan eng
baland bino
o‘yinini

o‘ynash
Geometrik shakllar


Geometrik shakl-
larning

belgilarini,


xususiyatlarini
Shakllarni so-
lishtirishning
barcha (ko‘rgaz-
Qurish-yasash
va matematika
markazida

tushungan holda


nutqda ifodali aks
ettirishni o‘rgatish
mali, og‘zaki,
amaliy) usullarni
takrorlash,
geometrik shakllar
bilan o‘ynaladigan
o‘yinlarni o‘z
vaqtida boshlash
va tugallash
oddiy va mu-
rakkab
tangrammalar

bilan jamoaviy


o‘ynash

Fazoda mo‘ljal


olish

Bolalarda fazoda


mo‘ljal olish
malakalarini shakl-
lantirish
Bolalarda oldin
o‘rgatilgan o‘ziga
va atrofdagi
buyumlarga
nisbatan mo‘ljal
olish malaka va
ko‘nikmalarini
mustahkamlash
Qurish-yasash
va matematika
markazida
o‘ynash

Vaqtga nisbatan


mo‘ljal olish
Bolalarda vaqtga
nisbatan mo‘ljal olish
malakalarini
shakllantirish
Kundalik tartib
asosida vaqtga
nisbatan mo‘ljal
olish malaka-larini
shakllantirish
Sahnalashtirish
va dramma
markazida ish-
lash
Tajriba sinov jarayonida matematik (individual, guruhli, jamoaviy)

mashg‘ulotlarda bolalarga nafaqat muayyan qoidani yod oldirish, balki, oddiy


kundalik hayotda ham sanoq va miqdor, kattalik, geometrik shakllar, fazoda mo‘ljal
olish va vaqt tushunchalarini o‘rgatish, ularni sanash imkoniyatlari bilan tanishtirish,
sodda misol va masalalarni yechishda improvizatsiya qilishga o‘rgatish orqali yaxshi
natijalarga erishildi. Mashg‘ulotlarda bolalarga turli darajadagi murakkab, oddiy
misollar va masalalar bo‘yicha ijodiy topshiriqlar berib borildi. Bolalar matematik
faollikni rivojlanish darajasi natijalari ijobiy dinamikaga ega bo‘ldi, yaxlit olganda
nazorat bosqichida matematik faollikning rivojlanish darajasi 24 %ga ortdi.
Shubhasiz, faraz tasdiqlandi: matematik amallarni o‘yinlar va interfaol usullar
bajarishni o‘rgatish intellektual faollikning rivojlanishida samarali vosita bo‘ldi.
Chunki, bolalarni matematik tasavvurlarini rivojlantirish mashg‘ulotlari tizimli tarzda
olib borildi. O‘quv yili davomida matematik misollarni yechishni o‘rgatish
natijaviyligining ko‘rsatkichlari maktabgacha yoshdagilarning har xil tadbirlar
(o‘yinlar, konkurslar, viktorinalar va h.k.)da ishtirok etishlari mumkinligidadir.
Tadqiqotning maqsadiga erishildi va vazifalari tugal bajarildi.

3.2. Tajriba-sinov ishlari natijasi.
Bolalarni matematika o‘qitish muammolarini zamonaviy tushunish ularni
faoliyat va ijodiy o‘yinlar asosida matematika bilan muloqotga jalb qilishni ko‘zda

tutadi. Matematika hamisha (harakatlar, nutq va o‘yinchoqlar bilan bir qatorda)


bolalarning umumiy rivojlanishini zaruriy sharti bo‘lib kelgan. Matematik
tasavvurlarni rivojlantirishning birmuncha muhim vositalaridan biri bolalarning
shaxsiy matematik qiziquvchanligi hisoblanadi. Maktabgacha tayyorlov guruhlarida
matematika amallarni bajarishga o‘rgatish qiziqarli va ayni vaqtda maktabgacha
ta’lim tizimida matematikaning rivojlantirishning dolzarb shakllaridan biridir.
Elementar matematika emotsional, psixologik, ijtimoiy ta’sirning katta potensialini
egallaydi. U aynan birgalikdagi matematik-ijodiy faoliyatda shakllanishi mumkin
bo‘lgan shaxsiy sifatlarning rivojlanishiga ulkan ta’sir ko‘rsatadi. Jamoaviy
intellektual mashg‘ulotlar barcha bolalarga istisnosiz bolaning o‘z matematik
rivojlanishida qanchalik tez siljishidan qat’iy nazar ijobiy natijalar beradi. Avvalo,
ular emotsional tarzda g‘oliblik olib keladi. Bolaning emotsional sohasi matematika
bilan doimiy muloqotda boyiydi. Bolalarga mashg‘ulotlarda audioyozuvlarda
namoyish etiladigan boshqotirmalarni yechish juda yoqadi, matematik tushuncha va
terminlarni eslab qoladilar. Ular o‘zlari muvaffaqiyatli bajargan har bir natijadan
samimiy quvonadilar. Ularga bayramlar, tomoshalar, ota-onalar yig‘ilishlari,
mehmonlar ishtirokidagi ochiq mashg‘ulotlar, konkurslar, festival va konsertlarda
maktabgacha ta’lim muassasasining kichik yoshdagi bolalari va xodimlari, ota-onalar
oldidagi “oshkora” chiqishlar quvonch bag‘ishlaydi. Mashg‘ulotlarning tarbiyaviy
funksiyasi ham shubhasiz, jamoaviy muloqot shakllaridan biri hisoblanadi. Bolalarda
o‘z vazifalarini to‘g‘ri ijro qilish uchun mas’uliyat, shaylik, diqqatni bir joyga
to‘plash paydo bo‘ladi.
Jamoaviy mashg‘ulotlar bolalarni birlashtiradi, irodani, qo‘yilgan vazifaga
erishishda qat’iylikni tarbiyalaydi, jur’atsizlik, tortinchoqlik, o‘z kuchiga
ishonmaslikni bartaraf qilishda yordamlashadi.
Matematika mashg‘ulotlarida misollar yechish va qurish yasash ishlarida qo‘l
barmoqlarining mayda motorikasini ham mashq qildiriladi. Ritm, fantaziya va ijodiy
tasavvur tuyg‘usini rivojlantiradi. Matematika misollarni bajarishni o‘rgangancha
bolalar o‘zlari uchun matematik raqamlar olami va ularning munosabatlarini kashf
qiladilar. Ularda o‘lchash, mo‘ljal olish va matematik hisoblash sifati yaxshilanadi.
Ko‘pchilik bolalar uchun matematik amallarni tezkorlik bilan bajarish ko‘nikmalari
yaxshilanadi. Bu nafaqat individual rivojlanish, balki tafakkur, ijodiy tashabbuslar,
bolalar o‘rtasidagi ongli munosabatlarning ham rivojlanishida vosita hisoblanadi.
Matematik va analitik qobiliyatlarning rivojlanishiga ko‘maklashadi. Buning
oqibatida bolaning idrok va tuyg‘usi mukammallashadi.
Tajribaning yetakchi pedagogik g‘oyasi maktabgacha yoshdagilarning
bolalarni intefaol va noan’anaviy usullar vositasida matematik qobiliyatlarini
rivojlantirishga ko‘maklashuvchi sharoitni yaratishdan iborat.
Ushbu sharoitlar sifatida quyidagilarni e’tirof etish mumkin:


1. Bolalarda matematik qobiliyatlarning rivojlanish darajasi, ko‘rsatkichlari,


mezonlari, komponentlari aniqlandi.
2. Maktabgacha yoshdagilarning matematik qobiliyatlarining dastlabki
darajasini aniqlash, tashhis davomida olingan natijalarni tahlil qilindi.
Tajriba-sinov ishlarida quyidagi texnologiyalardan foydalanildi. Umuman
olganda, mavzuning maqsadi turli usullar vositasida tayyorlov guruhi bolalarida
matematik tasavvurlarni rivojlantirish hisoblanadi. Bolada hisoblash malakasi,
matematik xotira, matematik tasavvur rivojlanadi, matematik misollar va masalalarni
yechish ko‘nikmasi shakllantiriladi va unda turli usullarni egallaydilar.
Mashg‘ulotlarda bolalarning matematik ijodiy qobiliyatlari misollarni

yechishda, matematika ostida ijodiy harakatlanishda, o‘yin faoliyatida


improvizatsiyada (o‘yinlar davomida matematik faollashtirishda) rivojlantiriladi.
Mashg‘ulotlarda ijro etiladigan matematik qobiliyatning eng muhim sharti
quyidagilardir:
- turli vaziyatlarda matematik muammolarini hal qilish malakalari va usullarini
egallash;
- matematik amallarning imkoniyatlarini, ularning mazmun-mohiyati va
xususiyatlarini bilish;
- matematik kompetensiyaga oid taassurotlarning muayyan zaxirasini his etish;
- matematik va umumiy qobiliyatlar majmui (tasavvur, fantaziya, obrazli
tafakkur)ning mavjudligi.
Tashhis qilish uchun individualma-individual va guruhli mashg‘ulotlar
shaklida tashkillashtirilgan ijodiy topshiriqlardan foydalanildi. Mezonlar va
baholarga muvofiq matematik qobiliyatlarning uchta darajasi ajratildi: yuqori, o‘rta
va past.
Maktabgacha yoshdagilarning matematik-ijodiy qobiliyatlarini aniqlashni
tashhis qilish bolalarning yashirin maxsus matematik qobiliyatlarini aniqlashda
yordamlashishga qodir. Tashhis qilish berilgan mezonlar kontekstida pedagog-
ekspertlar tomonidan maktabgacha yoshdagilarning shaxsiy qobiliyatlarini kreativ
tarkibiy qismlari darajasini kasbiy pedagogik jihatdan baholashdan iborat bo‘ldi.
Aniq maqbul natijani olish uchun maktabgacha yoshdagilarning matematik qobiliyati
darajasi mezonini inobatga olgach, matematik qobiliyatlarini aniqlash metodikasi
ishlab chiqildi. Metodika nafaqat joriy lahzaga tashhisiy baho berishga imkon berdi,
balki maktabgacha yoshdagi tayyorlov guruh bolalarning matematik tasavvurlarini
shakllanish dinamikasini kuzatib borish, qator parametrlar bo‘yicha umumiy tashhis
qilish imkonini berdi. Topshiriq bilimlarni baholashga emas, balki umuman olganda,
kognitiv faoliyatni va qisman matematik fikrlashga doir faoliyatni tadqiq etishga
asoslanadi. Tadqiqot davomida foydalanish mumkin bo‘lgan natijalarni taqqoslash
uchun ma’lumot olish va xulosa qilish imkonini beradi.


Tashxis mashqlar tizimini qo‘llash natijasida to‘plangan empirik materialga


asoslanadi. Mashqlar tizimi matematik tasavvurning quyidagi tuzilmaviy tarkibiy
qismlarini ochib beruvchi o‘yinli topshiriqlardan iborat:
-
yuqori tezlikdagi mantiqiy fikrlash qobiliyatni namoyon qilish;

-
emotsional sezgirlik;


-
tarbiyalanuvchilarning matematik qiziqishlarini bilish;

-
tarbiyalanuvchilarning matematik masala va misollar to‘qib chiqarishga


moyilligi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning tashxisda ishtirok etishiga o‘yinli vaziyat,
pedagog bilan ishonchli munosabat va uni o‘tkazishda psixologik jihatdan qulay
muhit hisoblanadi. Ekspertning baholovchi fikri istisno qilinadi.
Amaliy tashxis qilish topshiriqlari quyidagilardan iborat bo‘ldi. Dastlab tashxis
masalasida bir necha yo‘nalishlar belgilab olindi va ular quyidagi mavzularda
o‘rganildi.
I.
Sanoq va miqdor bo‘limini o‘rganishni tashhis qilish. Mazkur tashxis “Tanish

sonlarni aytamiz” o‘yini asosida o‘rganildi.


Sanoq va miqdor bo‘limi yuzasidan rivojlanish darajasini aniqlash bo‘yicha
ishlar amalga oshirildi (topshiriq reaktiv-metrik qobiliyatlarni aniqlash imkonini
berdi. Barcha topshiriqlar o‘rtamiyona temp (4 takt)da 4/4 o‘lchamda shakllantirildi).
O‘yin maktabgacha yoshdagi bolani matematik imkoniyatlari (o‘lchash,
hisoblash, taqqoslash, mo‘ljal olish)da oddiy vazifalarni hal etish vaziyatiga jalb
qiladi. Agar bola matematik vaziyatlarni hal etishni bilmasa yoki bajarishdan bosh
tortsa, unga stolga taqillatish yoki kaftida qarsak chalish taklif qilindi.
Algoritm:
1. Bola uchun tanish bo‘lgan oddiy usulni tanlash.
2. Bolaga ikkala qo‘l bilan ma’lum sur’atda qarsak chalish yoki chertish taklif
qilinadi. Bola tomonidan to‘g‘ri takrorlash sinaladi.
3. Natijani ijobiy baholash.
4. Natija to‘g‘ri bo‘lgan holatda tezlikka o‘zgaradi (misollarni tezroq yechish,
masalaning mazmunini tezroq tushunish).
Baholash mezonlari: tezlashish va sekinlashish bilan uchta tempda masala va
misollarni to‘g‘ri yechish tempometrning yuqori darajasi sifatida qayd qilindi;
II.

Kattalik bo‘limini o‘rganishni tashxis qilish. “Binolar” o‘yini orqali metroritmik


qobiliyatlarning rivojlanish darajasini aniqlash. Ekspert bolaga binoni qurish va
bir vaqtning o‘zida uning metrik suratini bilan ko‘rsatishni taklif qilinadi. Keyin
bolaga binoni boshqa kubiklar bilan tayyorlash taklif etiladi.
III. Geometrik shakllar bo‘limini tashhis qilish (Burchakli va burchaksiz
shakllar). “Moslik siri” o‘yini hamohang taqqoslash qobiliyatini rivojlantirish
darajasini, ya’ni burchakli va burchaksiz shakllarda burchaklar miqdorini anglash


qobiliyati, shuningdek, burchakdoshlik xarakterini aniqlash vazifalari amalga


oshirildi.
IV. Fazoda mo‘ljal olishning rivojlanish darajasini tashhis qilish. “Joyni
aniqlaymiz” o‘yini joyni bilishga oid-motorli tasavvurlarning shakllanganlik
darajasini aniqlash: o‘ngda, chapda, yuqorida, pastda, o‘rtada... Algoritm:
1.Ekspert bolaga istalgan buyumni biror joyda qo‘yib uning
fazoviyjoylashuvini aniqlashni taklif qiladi. Bola narsaning fazoviy joyini aytadi.
2. Ekspert qo‘ygan joyni takrorlash.
V. Vaqt bo‘yicha mo‘ljal olishni tashhis qilish. “Kun tartibini nomlang” o‘yini
sutka qismlarini nomlash bo‘yicha matematik qobiliyatining shakllanganlik darajasini
aniqlash.
Mazkur tajribaga Buxoro shahridagi 10-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida
2017 yildan 2018 yilgacha ishlash davomidagi shaxsiy natija bilan erishildi va bu
erishilgan natijalar 2018 yildan 2019 yilgacha ish amaliyotiga tatbiq etildi. 1-bosqich
– boshlang‘ich (tasdiqlovchi) – 2018 yil fevralidan – 2018 yil oktabrigacha
muammoni aniqlashni, tashhis materiallarini tanlash va maktabgacha yoshdagilarning
matematik qobiliyatlari darajasini aniqlashni ko‘zda tutdi. 2-bosqich – asosiy
(shakllantiruvchi) – 2018 yilning oktabridan – 2019 yilning apreligacha oraliqda
o‘tdi. Mazkur bosqichda muallif tomonidan maktabgacha yoshdagilarda bolalar
matematik malakalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ishning istiqbolli rejasi ishlab
chiqildi, matematik mashg‘ulotlar, tadbirlar, ushbu muammo bo‘yicha mashg‘ulotdan
tashqari o‘yinlar o‘tkazildi. 3-bosqich – yakuniy (nazorat) – 2019 yil aprelidan –
2019 yilning may oyigacha muddatni qamrab oldi. Yakuniy bosqichda ishga yakun
yasaldi – tashhis belgilangan pedagogik muammolarni hal qilish uchun tanlangan
usullar ta’lim shakllarining muvaffaqiyatliligini isbotladi. Tajriba ko‘lami tarbiyachi
ishining tarbiyaviy-ta’limiy tizimida aks ettirilgan va bolalarning matematik
qobiliyatlarini ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat
talablari asosida interfaol o‘yinlar va usullar vositasida rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Maktabgacha tayyorlov yoshdagilarning matematik qobiliyatlarini o‘yinlar vositasida
rivojlantirish bo‘yicha yakuniy darajasini tashhis qilishning qiyosiy diagrammasi.



Yüklə 253,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin