Asosiy darsliklar va o„quv qo‟llanmalari ro‟yxati asosiy


Tayanch atama va iboralar



Yüklə 27,3 Kb.
səhifə5/12
tarix02.01.2022
ölçüsü27,3 Kb.
#45045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
23 tema

Tayanch atama va iboralar. Fitopreparat,sinergizm, potensiallanishi, antogonizm 
 
Nazariy qism 
O‟zbekiston  shifobaxsh  giyohlarga  ancha  boy.  Respublikada  4000  dan  ortiq  yovvoyi 
o`simliklar  o`sadi.  Shulardan  100  dan  ortig`i  tibbiyot  amaliyotida  dori  vositasi  sifatida 
qo`llaniladi.  halq  tabobatida  esa  hududimiz  o`simliklaridan  600  ga  yaqini  dorivor  hisoblanadi. 
Bemorga  davo  ko`rsatish  maqsadida  tibbiyot  amaliyotida  faqat  fitoterapiya  bilan  chegaralanib 
qolmasdan,  davo  qilishning  boshqa  mavjud  usullaridan  jumladan,  sintetik  dorilardan, 
fizioterapiya,  dietoterapiya  va  boshqalardan  foydalanish  ancha  samarali  bo`ladi.  Bu  narsa 
kasallikning turiga, uning kechishiga, bemorlarning holiga va boshqa omillarga bog`liq. Shuning 
uchun  fitoterapiyani  ma'lum  davo  usullaridan  ajratib  bo`lmaydi,  unga  kompleks  ravishda  davo 
ko`rsatish usullaridan biri deb qarash kerak. 
Ko`pchilik  dorivor  o`simliklar  ko`p  qirrali  ta'sir  xususiyatiga  ega  bo`lishiga  qaramasdan, 
bir  necha  giyohlardan  tayyorlangan  yig`malar  ancha  samarali  davo  ko`rsatadi.  Misol  qilib, 

199 
 


hozirda tibbiyot amaliyotida keng qo`llanilayotgan marelin, kardiovalen, kafiol, urolesan, vikair 
va b. keltirish mumkin. 
Dorivor o`simliklardan turli xil dori (damlama,  qaynatma, tindirma, ekstraktlar, kukun va 
boshqalar)  tayyorlanadi.  Ularni  tayyorlash  yoki  toza  dori  moddasini  va  dorivor  preparatlarni 
olish uchun ishlatiladigan o`simliklar qismi yoki shu o`simliklardan birlamchi ishlash yo`li bilan 
olingan  moddalar  (efir  moyi,  daraxt elimi  va  b) dorivor  o`simliklar  mahsuloti  deb yuritiladi. 
Odatda  ushbu  mahsulotlar  o`z  tarkibida  biologik  faol  moddalarni  ko`p  miqdorda  saqlaydi. 
Dorivor mahsulot sifatida o`simliklarning yer ustki qismi (bargi, guli, mevasi, urug`i, po`stlog`i, 
kurtagi,  o`tli  o`simliklarning  butun  yer  ustki  qismi)  yoki  yer  ostki  qismi  (ildizi),  ildizpoyasi, 
piyozi (tugunagi) ishlatiladi. 
Biologik  faol  moddalar o`simliklar  tarkibida  uchraydigan  har  xil  birikmalar  shaklida 
bo`lishi  mumkin,  xususan  alkaloid,  glikozid,  vitaminlar,  yog`lar,  yog`simon  modda,  kislota, 
kumarin,  lignan,  oshlovchi  moddalar  (tanidlar), polisaxarid,  saponin,  flavonoid,  efir  moylari 
(terpinoidlar),  fitontsidlar  va  boshqalar.  Ushbu  moddalar  o`simlik  rivojlanishi  davrining  turli 
vaqtida,  yilning  fasliga  qarab,  ko`p  miqdorda  to`planadi.  Shuning  uchun  dorivor  mahsulotlar 
o`simliklardan  turli  davrlarda  yig`iladi.  Masalan,  o`simlikning  yer  ustki  qismi  (o`ti)  o`simlik 
gullaganida,  kurtaklar  va  po`stloqlar  o`simlik  tanasida  suyuqlik  yura  boshlaganida  (erta 
bahorda), yer ostki qismlari esa odatda o`simlik uyquga kirganda (kech kuzda) va hakozo. 
Dorivor o`simliklarni yig`ishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur: 
1. Dorivor o`simlik mahsulotlari oldindan mo`ljallangan, ruxsat etilgan yerda va miqdorda 
yig`iladi 
2. Ushbu mahsulotlar muayyan qoida bo`yicha quritilishi darkor 
3.  Ko`p  yillik  dorivor  o`simliklarning er  ustki  qismi  tayyorlanishida,  ularning  ildizi 
qoldirilishi zarur 
4. Ildiz va ildizpoya kavlab olinishida ildizning bir qismi yerda qoldirilishi shart 
5.  O‟simlik  mahsulotini  tayyorlashda  yaxshi  taraqqiy  etgan,  gullab  turgan  o`simlikni 
(uning mevasi etilib urug`lari sochilib ko`payishi uchun) qoldirish zarur. 
Ushbu  qoida  va  talablarga  rioya  qilinmasa,  dorivor  o`simliklar  tabiiy  o`sish  joyida 
butunlay yo`q bo`lib ketishi mumkin. 
Dorivor  o`simliklar.  Ushbu  bandda  asosan  Markaziy  Osiyo  davlatlarida  o`sadigan, 
o`stiriladigan,  tibbiyot  amaliyotida  ko`p  qo`llanadigan,  ayrim  dorivor  o`simliklar  haqida 
qisqacha ma'lumot beriladi. 

Yüklə 27,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin