Asosiy darsliklar va o„quv qo‟llanmalari ro‟yxati asosiy



Yüklə 27,3 Kb.
səhifə6/12
tarix02.01.2022
ölçüsü27,3 Kb.
#45045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
23 tema

Aloy.Aloe. O‟simlikning  quritilgan barg  shirasi-sabur katta dozada      (0, 03-0, 05)  me'da 
sekretsiyasi  susaygan  hollarda  tavsiya  etiladi.  Bundan  tashqari  biostimulyatorlar  sifatida  ham 
beriladi. 
Andiz-Devyasil. O‟simlikning 
ildizpoyasi 
va  ildizidan 
tayyorlangan  qaynatma 
yallig`lanishga qarshi, balg`am ko`chiruvchi, mikroblarga qarshi va o`t haydovchi ta'sirga ega. 
Arpabodiyon.Anis 
obыknovennыy. O‟simlik mevasi tarkibidagi efir moyi balg`am ko`chiruvchi, yallig`lanishga qar
shi va spazmolitik, mikroblarga qarshi ta'sirga ega. Shu sababdan efir moyini saqlovchi preparatl
ar (ko`krakeliksiri, novshadil-
arpabodiyon tomchisi) nafas yo`llarining yallig`lanishida qo`llanadi. 
Arslonquyruq-
Pustыrnik. O‟simlikdan tayyorlangan preparatlar (damlama, tindirma, suyuq ekstrakt) tinchlantir
uvchi, qisman gipotenziv va kardiotonik farmakologik xossaga ega. Shu sababdan ular hayajonla
nishda,uyqusizlikda, asab buzilishi holatida, gipertoniyada tavsiya etiladi. 
Bo`znoch-
Bessmertnik. O‟simlik gulidan tayyorlangan damlama, qaynatma, quruq ekstrakt va tabletka shak
lida chiqariladigan flallin preparati o`t haydovchi dori sifatida o`t qopi va o`t yo`llarining ayrim 
kasalliklarida ttavsiyaetiladi. 
Bo`ymodaron-
Tыsyachilesnik obыknovnnыy. O‟simlikning yer ustki qismidan tayyorlangan damlama va suyuq

200 
 


 ekstrakti ayrim me'da-
ichak kasalliklarida (gastrit, enterit va b) va ichki a'zolardan (bachadon, ichak, o`pka) qonketishi
da qon to`xtatuvchi vosita sifatida beriladi. Preparat qisman yallig`lanishga qarshi va spazmolitik 
ta'sirga ham ega. 
Bo`tako`z-Vasilyok siniy. O‟simlik  gulidan  tayyorlangan  damlama  peshob  haydovchi  va 
o`t  haydovchi  ta'sir  ko`rsatadi.  Buyrak  va  peshob  yo`llari,  o`t  qopi  va  yo`llari  xastaliklarida 
qo`llanadi. 
Valeriana-
Valeriana lekarstvennaya. O‟simlikning ildiz poyasi bilan ildizidan tayyorlangan damlama, tindi
rma, suyuq va quyuq ekstrakti, kompleks preparatlari markaziy nerv tizimini tinchlantiruvchi dor
i vositasi sifatidauyqusizlikda, asab buzilishi holatlarida, isteriyada, hayajonlanishda, stenokardiy
ada, gipertoniya kasalligining boshlanishida, ko`ngil aynashi va qusishda keng qo`llanadi. 
Gazanda-
Krapiva obыknovennaya. O‟simlikning bargidan tayyorlangan damlama, suyuq ekstrakt qon ivis
hini tezlashtiradigan, yallig`lanishga qarshi, o`t haydovchi va yara bitishini jonlantiruvchi ta'sir k
o`rsatadigan va ichkia'zolaridan qon ketishida, me'da va ichak yaralari kasalligida qo`llanadi. 
Gulxayri-Altey. O‟simlik  ildizidan  tayyorlangan  damlama,  sharbat,  quruq  ekstrakt  hamda 
uning  yer  ustki  qismidan  olingan  preparat  mukaltin  balg`am  ko`chiruvchi,  o`rab  oluvchi  va 
yallig`lanishga qarshi ta'sir ko`rsatib, nafas yo`llarining yallig`lanishida (traxeit, bronxit va b) va 
ayrim me'da-ichak kasalliklarida (me'da-ichak yara kasalligida, enteritda) tavsiya etiladi. 
Do`lana-Boyarishnik. Gulining  damlamasi,  tindirmasi,  suyuq  ekstrakti  va  kardiovalen 
kompleks  preparati  yurak  faoliyatini  yaxshilaydi,  bir  tekis  urishini  ta'minlaydi,  koronar  va 
boshqa  qon  tomirlarini  sezilarli  darajada  kengaytiradi.  Shu  sababdan  yurak  xastaliklarida 
(taxikardiyada,  yurak  holsizlanishida),  gipertoniyada,  ayollarda  klimaks  davri  boshlanishida 
qo`llanadi. 
 
  
51-rasm. Gazandao`t, 
  
Jag`-jag`-Postushaya  sumka  obыknovennaya. O‟simlik  preparatlari  (damlama,  suyuq 
ekstrakt)  bachadon  mushaklarining  tonusini  oshiradi,  qon  bosimini  qisman  tushiradi  va  ichak 
harakatini  jonlantiradi. Shu  sababdan tug`ruqdan keyin  bachadondan  qon ketishida  (atonik  qon 
ketish), hayz vaqtida og`riqni qoldirish maqsadida ishlatiladi. 
Zirk-Barbaris obыknovennaya.O‟simlik  bargi  va  ildizidan  tayyorlangan  preparatlar 
(damlama,  yig`ma  va  barbarin  sulfat  tabletkasi)  jigar  o`tini  haydaydi,  bachadon  mushaklari 

201 
 


tarangligini oshiradi, qon tomirlarini toraytiradi. Shu sababli ular  gemostatik sifatida akusherlik 
amaliyotida va o`t haydovchi sifatida jigar va o`t yo`llari kasalliklarida beriladi. 
Dalachoy-Zveroboy. Yer  ustki  qismidan  tayyorlangan  preparatlar  (damlama,  tindirma) 
burishtiruvchi,  spazmolitik,  mikroblarga  qarshi  va  qisman  peshob  haydovchi  ta'sirga  ega.  Shu 
sababdan stomatit, gingivit, gastro-enterokolit va boshqa kasalliklarda beriladi. Novoimanin 1 % 
spirtli  eritmasi  sirtga  qo`llash  uchun  (abtsess  va  boshqa  yiringli  yaralarda,  kuyganda, 
piodermiya va b) tavsiya etiladi. 
Zubturum-Podorojnik bolshoy. O‟simlik 
bargidan  tayyorlangan  damlama,  shirasi, 
plantaglyutsid  granulasi  balg`am  ko`chiruvchi,  spazmolitik  va  yallig`lanishga  qarshi  ta'sir 
ko`rsatadi.  Shunga  asosan  ular  nafas  yo`llarining  yallig`lanishida  (bronxit,  ko`kyo`tal),  me'da-
ichak kasalliklarida (gastrit, enterit, ko‟lit) qo`llanadi. 
Igir-Air obыknovennыy. O‟simlik  ildiz  poyasidan  tayyorlangan  kompleks  preparatlar 
(damlama,  «Vikair»,  «Vikalin»  tabletkalari)  me'da  va  o`n  ikki  barmoq  ichak  yarasi  va  boshqa 
kasalliklarida yallig`lanishga qarshi ta'sir etadi. 
Isiriq-Garmala obыknovennaya. O‟simlikning  yer  ustki  qismidan  ajratib  olingan  peganin 
va  peganol  antixolinesteraz  ta'sirga  ega.  Miorelaksantlar  (tubokurarin)  ta'sirini  cheklaydi. 
Mushaklar  qisqarishini  oshiradi.  Dezoksipeganin  gidroxlorid  nevritlarda,  miasteniyada  va 
miopatiyada qo`llanadi. 
  
 
  
52-rasm.Gulxayri. 
  
Kashnich-Koreandr posevnoy.  Osimlik  mevasidan  tayyorlangan  preparatlar  (damlama, 
yig`malar) me'da shirasini kuchaytiradi, ovqat hazm bo`lishini yaxshilaydi, el haydaydigan ta'sir 
ko`rsatadi. Sezilarli spazmolitik va o`t haydaydigan xususiyatga ega. 
Maymunjon-Malina obыknovennaya. Mevasidan  tayyorlangan  damlama  va  yig`malar 
isitma  tushiruvchi,  yallig`lanishga  qarshi  ta'sir  etadi.  Nafas  yo`llari  yallig`lanish  kasalliklarida 
keng miqyosda ishlatiladi. 
Makkajo`xori-Kukuruza. O‟simlik  popugining  qaynatmasi  va  suyuq  ekstrakti  jigar  va  o`t 
yo`li  yallig`lanishida  (gepatit,  xoletsistit,  xolangit)  o`t  haydovchi  sifatida  qo`llanadi.  Bundan 
tashqari  peshob  yo`llari  yallig`lanishida  (tsistit,  tosh  kasalligi)  va  qon  ketishida  gemostatik 
preparat sifatida tavsiya etiladi. 
  

202 
 


 

Yüklə 27,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin